54
Panel tashuvchilar (5.6-rasm, a)
avtoshatakchiga moslashgan
yarim tirkama ko’rinishida tayyorlanadi va vertikal yoki o’ta qiya
vaziyatda, devor panellari, yopmalar, pardevorlar, plita,
zina va shunga
o’xshaganlarni tashish uchun xizmat kiladi. Ular fermali va ramali yarim
tirkama – panel tashuvchilarga bo’linadi. Fermali panel tashuvchilarning
yuk ko’taruvchi qismlari trapetsiya yoki to’g’ri to’rtburchak kesimlarga
ega bo’lgan fazoviy fermaga o’xshatib (5.7-rasm, b) yoki oldingi va
ketingi tayanch maydonlar va gorizontal bog’lovchilar bilan o’zaro
biriktirilgan ikkita tekis bo’ylama ferma (5.6-rasm, b) ko’rinishida
tayyorlanadi. Ayrim panel tashuvchilarning tuzilishi qisqa panellarni bir
qator qilib tashishga mo’ljallangan, ular qo’shimcha yon qiya
kassetalarga ega bo’ladi (5.6-rasm, b)
.
5.6-rasm. Panel tashuvchilar.
a) fermali panel tashuvchi; b) ramali tirkama-panel tashuvchilar.
Ramali tirkama-panel tashuvchilar (5.6-rasm, b)
rama va asosiy
kuchni qabul qiluvchi yuk ko’taruvchi kassetadan iborat. Hozirgi yarim
tirkama-panel tashuvchilar boshqariladigan gidravlik tayanchlar bilan
jihozlangan, ular avtomobil gidrosistemasidan ishlaydi. Yarim tirkama
panel tashuvchilar 9...22 t yuk ko’taradi.
Fermali va ramali panel
tashuvchilarning platforma turida yarim tirkamaga qayta sozlab, plita,
balka, poydevor bloklari va qurilish konstruktsiyalarini tashish mumkin.
Uzun bazali yarim tirkama-ferma tashuvchilar (5.7-rasm), ish
vaziyatiga yaqin qilib o’rnatilgan va mahkamlangan, balandligi 2,5 m
hamda uzunligi 12...30 m bo’lgan
fermalarni tashish uchun
mo’ljallangan. Tor qurilish maydonlarida ishlash uchun aravachasi
gidravlik boshqariladigan yarim tirkama-ferma tashuvchilar qo’llanadi,
55
ularda har bir g’ildirak, avtopoezdning burilishiga qarab,
tegishli
burchakka burilaveradi. Rasmda ko’rsatilganidek, yarim tirkamaning
ramasi 2 kasseta turidagi fermadan iborat, uning old qismi shatakchining
tirkash qurilmasiga, orqa tomoni esa ikki o’qli boshqariladigan aravacha
4 ga tayanib turadi. Aravachaning g’ildiraklari avtomatik ravishda
gidravlik yuritmali kuzatish sistemasi orqali boshqariladi.
Oldingi
ko’zg’aluvchan tayanch 5, tashiladigan yukning o’lchamiga qarab, qo’l
kuchi bilan ishlaydigan chig’ir 1 yordamida ramaning uzunligi bo’ylab
o’rnatilishi mumkin. Ferma 3 ramaning yuk maydonchalariga tiranib
turadi, uning yuqorigi belbog’iga qisuvchi vintlar yordamida mahkamlab
qo’yiladi. Yarim tirkama – ferma tashuvchilarning yuk ko’tarish
qobiliyati 10 – 22 t atrofida.
Dostları ilə paylaş: