47
mashinalari – ekskavator, kran, yuklagich, buldozer, skreperlar, yer
qazuvchi
va
ustun
qoziq
qoquvchi
qurilmalar
uchun
unifikatsiyalashgan baza sifatida ham xizmat qiladi. Avtomobil, traktor
va shatakchilarning alohida yig’ish birliklari va mexanizmlaridan juda
ko’p boshqa qurilish mashinalarida foydalaniladi.
Yuk avtomobillari g’ildirak formulasi AXB bilan belgilanadi, bu
yerda: A – g’ildiraklarning umumiy soni, B – yetaklovchi g’ildiraklar
soni, ketingi ko’priklardagi juft g’ildiraklar bitta g’ildirak hisoblanadi.
Mamlakatimiz sanoati bortli avtomobil va shatakchilarni quyidagi
formulalarda ishlab chiqaradi: ikki o’qli 4 X 2 va 4 X 4 , uch o’qli 6 X 4
va 6 x6 , 4 x 2 va 6 x 4 formuladagi avtomobillarning o’tag’onligi
chegaralangan hisoblanib, asfalt, beton va yaxshi grunt yo’llarda
ishlatiladi. 4 X 4 va 6x 6 formuladagi avtomobillar esa yuqori
o’tag’onlik qobiliyatiga ega bo’lib, ular o’nqir-cho’nqir yo’l sharoitlari
va yo’l yo’q joylarda ham ishlashi mumkin.
Yuk avtomobillari asosiy qismlariga dvigatel 1, kuzov 2 va shassi
3 kiradi (5.1-rasm).
a)
Dostları ilə paylaş: