O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

5.3-rasm. Avtomobil – samosvallar. 
1 – shassi, 2 – gidrotsilindr, 3 – kuzov. 
Keramzit va shunga o’xshash sochiluvchan yuklarni tashish uchun 
kuzovlarining o’lchamlari kattalashtirilgan, yuk ko’tarish qobiliyati 12 t 
bo’lgan maxsus tirkama va yarim tirkamalar qo’llanadi. Qurilish 
ob’ektlariga mayda dokali va idishdagi yuklarni (sanitariya-texnika va 
shamollatish apparatlari, pardozlash, izolyatsiyalash va tom yopish 
materiallari, g’isht, oyna va eshik bloklari, uncha og’ir va katta 
bo’lmagan temir-beton konstruktsiyalar va shunga o’xshashlar) yetkazib 
berish uchun konteynerlash va paketlash keng tarqalmoqda. Konteyner 
va paketlarni tashish uchun bortli avtomobillar, tirkama va yarim 
tirkamalar, o’zi yuklab oluvchi avtomobillar va konteyner tashuvchilar 
qo’llanadi. 
O’zi yuklab oluvchi avtomobillar o’zlariga o’rnatilgan gidravlik 
yuklash-tashish qurilmasi yordamida yuklarni o’zi yuklab, o’zi tushirishi 
hamda yaqin turgan avtomobil va tirkamalarga ham yuklab-tushirib 
berishi mumkin. 
Gidravlik strelali kranga ega bo’lgan o’zi yuklab oluvchi 
avtomobil (5.4-rasm, a) planda 200
0
ga aylana oladigan ilgak 
3
ga ega 
bo’lgan strelali ko’tarish, tushirish, taxlash, chiqarish-kiritish uchun 


52 
xizmat qiladigan gidrotsilindrga ega bo’lgan teleskopik strela 
2
dan 
iborat. 
Strela 
avtomobilning 
kuzovi 
bilan 
kabinasi 
o’rtasiga 
joylashtirilgan buriladigan koloinaga sharnirli mahkamlanadi. Bunday 
kranlarning yuk ko’tarishi strelaning eng kam chiqarilgan paytida 1...2,5 
t ni tashkil etadi. 
 
b) 
v)
5.4-rasm. O’zini yuklab oluvchi va konteyner tashuvchi 
avtomobillar. 
Tebranuvchi portalli (yoniga yoki orqasiga joylashgan bo’lishi 
mumkin 5.4-rasm, b) o’zi yuklab oluvchi avtomobillar og’irligi 3 t 
gacha bo’lgan konteynerlarni tashish, yuklash va tushirish uchun 
mo’ljallangan. Ish jihozi – tebranuvchan portal 5 konteynerlar 
o’rnatiladigan platforma bilan sharnirli bog’langan va sinxron ishlovchi 
ikkita uzun yo’lli gidrotsilindr 6 yordamida vertikal tekislik bo’ylab 
120
0
burilishi mumkin. 
Katta og’irlikdagi (20 t va undan ortiq) yuklarni tashish, yuklash-
tashish uchun yon tomonda joylashgan gidravlik yuklagichlarga ega 
bo’lgan tirkama va yarim tirkamalardan (5.4-rasm, v) foydalaniladi. 
O’zi yuklab oluvchi va konteyner tashuvchi avtomobillar chiqariluvchi 
yoki ag’darib qo’yiladigan tayanchlar 4 ga ega. Ular turg’unlikni 
yaxshilaydi va yurish qismini yuk ortib ketishidan saqlaydi. 
Suyuq qovushoq materiallarni qaynoq holida (bitum, gidron, 
emulsiya) markaziy tayyorlash tsexlaridan tom yopish, izolyatsiyalash 


53 
va yo’l ishlari bajarilayotgan ob’ektlarga olib borish uchun, olib 
boriladigan materiallar issiqligini 200
0
S atrofida ushlab turuvchi isitish 
sistemasi bilan jihozlangan bitum tashuvchilar va avtogidranatorlar 
qo’llanadi. Ularning sisternalarining sig’imi: gidronatorlarda – 
3500...7000 l, bitum tashuvchilarda 4000....15000 l bo’ladi. 
Uzunligi 6...12 m, diametri 1420 mm gacha bo’lgan trubalar va 
uzunligi 24 – 36 m bo’lgan trubalardan tayyorlangan payvand 
sektsiyalarni tashish uchun maxsus avtopoezdlar – truba va plita 
tashuvchilar qo’llanadi. 5.5-rasm, a da 7 t yuk ko’tara oladigan ikkita 
(orqa va oldingi) yuk tushiruvchi mexanizm bilan jihozlangan yarim 
tirkama 5 ga ega bo’lgan shatakchi 1 ko’rsatilgan. Yarim tirkamaning 
ramasi qo’zg’aluvchan, oldi va orqa qismlarida yog’ochdan yasalgan 
tayanch yuzalar va yon tirgaklarga ega. Trubalar 4 ni tashish paytida o’q 
bo’ylab qimirlamasligi uchun tirkamalar oldi va orqasi metall to’siq 3 lar 
bilan jihozlangan bo’ladi. Tushirish mexanizmi (5.5-rasm, v) vertikal 
tekislikda joylashgan, yuk qamragichlarga ega bo’lgan, strelani burash 
uchun mo’ljallangan bir-biriga kirishadigan tsilindrlar va ikkita 
teleskopik gidrotsilindr 7 dan tashkil topgan teleskopik strela 9 dan 
tuzilgan. 5.5-rasm, b, v da strelaning yukni tushirishdan oldingi va 
tushirishdan keyingi vaziyatlari ko’rsatilgan. Yuk tushirish paytida 
avtopoezdning turg’unligi tayanchlar 6 yordamida ta’minlanadi. 
Mexanizmni boshqarish pulti yarim tirkamaning old qismiga joylashti-
rilgan. Truba va o’ram tashuvchilar gabarit signallari bilan jihozlangan 
bo’ladi. Truba tashuvchilarning yuk ko’tarishi 9...12 t, o’ram 
tashuvchilarniki 6...19 t bo’ladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin