7.7-rasm. Cho’michli elevatorlar.
a) lentaga kovsh o’rnatilgan elevator; b) zanjirga cho’mich o’rnatilgan
elevator; v) birlashtirilgan kovshli elevator; g) qiya joylashtirilgan
elevator; d) donali yuklar uchun kajavali elevator.
1-etaklovchi baraban, 2-birlashtirilgan lenta, 3-cho’mich, 4-yulduzcha.
Cho’michli elevatorlar konstruktsiyasining joylanish holatiga ko’ra
vertikal (7.7 – rasm) va qiya konveyerlarga bo’linadi.
Cho’michli elevator (7.7–rasm) yuritma, harakatlantiruvchi
baraban 1, yulduzcha 4, ustki qopqoq, tushuriluvchi organ, tortuvchi ish
98
organi, cho’mich 3, korpus 7 va taranglovchi 8 hamda yuklovchi 9
moslamalardan tashkil topadi. Cho’mich materialga botirib to’ldiriladi
yoki yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to’ldiriladi.
Tortish organi 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va cho’michlar
yirik joylashgan hollardagina cho’michni shunday to’ldirish mumkin.
Cho’michdan yukni to’kish uchun u to’ntariladi (gravitatsion to’kish) va
yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to’kiladi. Markazdan qochma
kuch yordamida to’kishda cho’michlari bir-biridan uzoqroq joylashgan
va tortish organi 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan
foydalaniladi.
Bu elevatorlarning afzalligiga ko’ndalang kesimining kichikligi,
yukni ancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi kiradi.
Kamchiligiga esa yukni bir xil uzatib turish kerakligi,
yuklanishning o’zgartirib turishi kiradi. Cho’michning konstruktsiyasi
(turi) tashilayotgan yukning tarkibiga va yuklash hamda bo’shatish turi
bo’yicha aniqlanadi. Elevatorlarda asosan 3 xil cho’mich o’rnatiladi:
chuqur, sayoz va yo’naltiruvchi.
Chuqur
cho’michlar asosan quruq, oson bo’shaydigan,
changsimon, donali va mayda donali sochiluvchan materiallarni (don,
qum, mayda ko’mir) tashish uchun, sayoz cho’michlar nam, yomon
bo’shaydigan, changsimon, donali va mayda donali sochiluvchan
materiallarni tashish uchun, yo’naltiruvchi bortli cho’mich sekin
yuruvchi tasmali va zanjirli elevatorlarda yaxshi bo’shaluvchi quruq
mayda donali materiallarni tashish uchun ishlatiladi.
Tortuvchi organ. Cho’michli elevatorlarda tortuvchi organ sifatida
tasma yoki zanjir ishlatiladi.
Tasma.
Rezinalangan
tasma
ishlatiladi,
xuddi
tasmali
konveyerlardagidek ularning eni kichik (300 mm), bo’ladi. Cho’mich
tasmaga maxsus kallakli bolt bilan qotiriladi, chunki tasma aylanib
barabanga borganda bolt xalaqit bermasligi kerak, shuning uchun
cho’michning orqa devori oz yeyiladi. Tasmaning eni cho’michning
enidan 25-150 mm ortiq qilib olinadi.
Zanjirlar bir plastinkali, vtulkali, vtulka-rolikli, vtulka-katokli va
payvandlangan bo’ladi (diametri 16-28 mm) li po’lat simdan
tayyorlanib, payvandlanadi. Cho’mich zanjirga burchakli yoki fasonli
zvenolar yordamida bolt yoki parchin mixlar bilan qotiriladi. Zanjirlar
asosan ish unumdorligi katta elevatorlarda, ko’tarish balandligi katta,
og’ir donali shuningdek, issiq yuklarni tashishda, ya’ni rezinalangan
tasmada tashish mumkin bo’lmagan yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
99
Yuritma elektrodvigateli, uzatish mexanizmi, baraban yoki
yulduzcha, shuningdek, yukli tasma yoki zanjir, o’z-o’zidan orqaga
harakatlanmasligi uchun to’xtatuvchi qurilmalar bilan ta’min-lanadi.
To’xtatuvchi qurilma sifatida xropovikli yoki yulduzcha valiga yoxud
elastik muftaga o’rnatiladi.
Taranglovchi qurilma. Cho’michli elevatorlarda vintli yoki yukli
taranglovchi qurilma ishlatiladi. Ular asosan tortuvchi organ turiga,
yuritmaga va elevatorning balandligiga qarab tanlanadi. Taranglovchi
qurilma yetaklovchi baraban yoki yulduzcha valiga joylashtirilib,
elevator boshmog’ining chetki devorlariga qotiriladi. Taranglash
masofasi 200…500 mm ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |