O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

8.2.
Tebranuvchi konveyerlar 
Tebranuvchi konveyerlar asosan ikki turga bo’linadi: inertsion va 
vibratsion. 
Inertsion va vibratsion konveyerlar sochiluvchan va kamdan-kam 
donali materiallarni 50 m gacha, ayrim hollarda 100 m gacha masofaga 
gorizontal, bir oz (10…15°) qiya, shuningdek vertikal yo’nalishda 
siljitish uchun ishlatiladi. Bularning ish unumdorligi 400 m
3
/soat gacha 
boradi. 
Tebranuvchi konveyerlar nov harakatining rejimi va yuk 
harakatining tasnifiga qarab, inertsion va vibratsiyali turlarga bo’linadi. 
Yuk harakatining tasnifiga ko’ra bular boshqa konveyerlardan printsipial 
Vint 
diametri, 
D, mm 
100 125 160 200 250 320 400 500 630 800 
Vint 
qadami, 
mm 
100 
80 
125 
100 
160 
125 
200 
160 
250 
200 
320 
250 
400 
320 
500 
400 
630 
500 
800 
620 


106 
farq qiladi. Inertsion konveyerlarda inertsiya kuchi ta’sirida yuk novda 
sirpanib harakat qiladi. 
Novga o’zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inertsion konveyer 
(8.3-rasm, a) tebranuvchi tayanch 2 ga o’rnatilgan va krivoshipli 
mexanizmlar 3 ta’sirida harakatlanuvchi nov yoki quvur 1 dan iborat. 
Tayanch stoykalar nov tomon burchak ostida o’rnatilib, yuk nov bilan 
birga oldinga harakatlanganda yuk bir qancha olg’a siljib, harakat 
orqaga qaytganda tushadi. 
8.3 – rasm. Inertsion konveyerlar. 
1-quvur, 2-tayanch, 3-krivoship. 
Bu konveyerda tsikllar soni 1 minutda 300…400, o’rtacha tezligi 
0,15…0,2 m/s va yukning qalinligi esa 100 mm dan oshmaydi. 
Novga doimiy yuk bosimi tushadigan inertsion konveyerning (8.3-
rasm, b), o’zgaruvchan yuk bosimi tushadigan inertsion konveyerdan 
farqi shuki, nov 2 ularda rolikli yoki sharikli tayanch 3 da o’rnatiladi va 
u krivoshipli mexanizm yordamida bo’ylama ilgarilama-qaytma harakat 
qiladi. Bu mexanizm sharnirli to’rt zvenoli OAVS konturli mexanizm 
bo’lib, bunda OA krivoship bir xil tezlikda aylanadi va VS krivoship esa 
notekis aylanib, tebranish harakatini tortqi 1 orqali nov 2 ga uzatadi. Bu 
konveyerlarda yukning qalinligi 50…100 mm gacha bo’ladi. 
Tebranuvchi konveyerlarning afzalligi: konstruktsiyasi oddiy: quritish, 
sovutish va boshqa har xil texnologik operatsiyalarda ishlatiladi va 
germetik bo’lganligi sababli zaharli, issiq va changsimon materiallarni 
tashish mumkin, shuningdek 1 t materialni 1 m masofaga tashish uchun 
sarflanadigan elektr energiya miqdori kam bo’ladi. Kamchiligi: yuk 
yuqoriga tashilganda ish unumdorligi va tezlik kamayadi; qirrali 
materiallar (asosan inertsionli konveyerlarda) tashilganda nov yoki 
quvur tez yeyiladi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin