111
9 – BOB. PNEVMOTRANSPORT VA GIDROTRANSPORT
USULLARIDA TRANSPORTLOVCHI MASHINALAR
9.1. Pnevmotransport qurilmalari tasnifi
Pnevmatik transport qurilmalari sement, qum,
qirindi va mayda
materiallarni siqilgan yoki siyrak bosimda gorizontal va tik yo’nalishda
tashish uchun ishlatiladi. Bu qurilma yuklarni tushirish, ortish va tashish
ishlarida qo’llanilganda ish unumdorligi sezilarli oshadi va materiallarni
ifloslanishdan saqlaydi.
Qurilma to’liq avtomatlashgan va material minimal isroflangan
holda
quvurlar ichida harakatlanadi, shuning uchun qurilmalarning ish
unumdorligi juda yuqori. Qurilish materiallarini tashish uchun o’rta
diametrli quvurlardan foydalaniladi.
Pnevmatik tashishning ikki – so’rish va purkash turi bor.
Pnevmatik qurilma quyidagi kamchiliklarga ega:
elektr quvvati va
havoni ko’p sarflaydi, o’tkir qirrali materiallarni
tashishda qurilma
moslama qismlari tez yemiriladi, yopishqoq va nam materiallarni tashiy
olmaydi.
9.2. So’ruvchi pnevmotransport qurilmalari
So’rish usulida material tashish quvuriga beriladi va u vakuum
nasos hosil qilgan havoning siyraklanishi hisobiga siljiydi.
So’ruvchi qurilmalarda (9.1 – rasm, a) material vakuum-nasos 8,
hosil qilgan havo bosimida soplo 1 quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3
ga tushadi. Material zatvor 4 orqali bunker 5
ga havo esa qisman
material bilan birgalikda filtr 6 ga tushadi. Filtr havoni materialdan
ajratib vakuum-nasosga va undan quvur
orqali atmosferaga chiqarib
yuboradi. Bunday qurilma materiallarni qisqa masofaga tashish uchun
qo’llaniladi, bu qurilmalarda bosim 0,03-0,04 MPa bo’ladi. So’ruvchi
qurilmaning
soplo qismida havo bosimi past, vakuum-nasosda esa
yuqoridir.