107
Vibratsion konveyer yuk tushuvchi elementning mahkamlanish
bo’yicha osma va tayanchli; quvur yoki nov
soniga qarab bir va ikki
quvurli bo’ladi. Tebranish markazdan qochma yoki elektromagnitli
vibrator va ekstsentrikli yuritmalar yordamida hosil qilinadi.
8.4-rasm. Vibratsion konveyerlar.
a) osma vibratsion konveyer; b) tayanchli vibratsion konveyer; v) ikki
quvurli tebranuvchi konveyerlar.
1-nov, 2-prujina, 3-tushurish moslamasi.
Osma vibratsion konveyer (8.4 – rasm, a) nov quvur 1, prujinalar
2, vibrator, yuklovchi va bo’shatuvchi 3 moslamalardan iborat.
Tayanchli vibratsion konveyer (8.4 – rasm, b)
nov yoki quvur,
elastik tirgagich, vibrator, amortizator, yuklovchi va bo’shatuvchi
moslamadan iborat. Elastik tirgagichlar ressora, spiral prujinalar, rezina
konstruktsiyalar yoki richag-tebrangichlar ko’rinishida ishlanadi.
Tayanchli vibratsion konveyerlarning uzunligi 10…35 m gacha,
quvur
diametri 150…400 mm yoki eni 200…1000 mm gacha, ish unumdorligi
6 dan 200 m
3
/soat gacha bo’ladi.
Vibratsion konveyerning tebranuvchi konveyerlardan asosiy farqi
shundaki, agar tebranuvchi konveyerlarda yuk novdan ajralmasdan
sirpansa, vibratsion konveyerlarda esa
yuk shunday tezlanish bilan
harakatlanadiki, bu tezlanishning vertikal teng ta’sir etuvchisi erkin
tushish tezlanishidan katta bo’ladi.
Muvozanatlovchi balkali ikki quvurli tebranuvchi konveyerlar (8.4
– rasm, v). Bu konveyerlarda bir-biri bilan richag-tebrangich va elastik
tirgakka 6 orqali bog’langan ikki quvur va ikki quvur orasida joylashgan
108
ekstsentrikli yuritma, yuklovchi va bo’shatuvchi moslamalardan iborat.
Richag-tebrangich, quvurlarga va markaziy inertsiya sistemalar
chizig’ida joylashgan tayanch o’qlarga o’rnatilgan
tebrangichlar elastik
rezina vtulkalar bilan ta’minlangan. Bu konveyerlarda quvur diametri
160…400 mm, uzunligi 50 m gacha va ish unumdorligi esa 125 m
3
/soat
gacha bo’ladi.
Bir jinsli, kukunsimon, donali va
mayda donali sochiluvchan
materiallarni tashish, vibratsion konveyerlarning asosiy afzalligiga
kiradi. Ularning gorizontal yo’nalishda tashish tezligi 0,25 dan 0,3 m/m
va ayrim hollarda esa 0,5 m/s gacha, tebranish chastotasi minutiga 3000
gacha va amplitudasi mm ning ulushigacha bo’ladi. CHangsimon,
shuningdek, har xil jinsli materiallarni
nisbatan yomon tashiydi va
ularning tezligi 3…5 marta kam bo’ladi. Qiya konveyerlar materialni
balandga ko’targanda (tashiganda) tezligi va ko’tarish qiyaligi har 1
gradusga ortganda ish unumdorligi 3…5% ga kamayadi, yuklarni pastga
yo’naltirilganda ish unumdorligi shu qiymatga oshadi.
Dostları ilə paylaş: