O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


–rasm. Osma arqon yo’llarning tashkiliy elementlari



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

7.4–rasm. Osma arqon yo’llarning tashkiliy elementlari. 
a,b) yurish aravachali vagonetka; v) kuzovi ag’daraladigan vagonetka;
g) tubi ochiladigan; d) osma yo’l tayanchining yuqori qismi. 
7.2.1. Osma arqon yo’llarini hisoblash 
Osma arqon yo’llar unumdorligi quyidagi tenglama yordamida 
aniqlanadi: 
U = 3600 G/t , t/soat , (7.17)
bu yerda: G – vagonetka yuk ko’tarish qobiliyati; t = 30…40 sek – 
vagonetkani bo’shatgandan so’ng arqonga ulanadigan vaqt. 
Osma arqon yo’llarining afzalliklari – hudud relefiga bog’liq 
emasligi, to’lik avtomatlashtirish imkoniyati, ularga xizmat qilish uchun 
kam mehnat sarfi; ularning kamchiliklari – nisbiy kichik unumdorligi, 
vagonetkalar muvozanati yon shamolga bog’liqligi, katta kapital sarflar.
7.3. Kovshli konveyerlar. Elevatorlar 
Kovshli konveyerlar sochiluvchan materiallarni tashish uchun 
ishlatiladi. Ularning ish unumdorligi 5 dan 400 t/soatgacha, kovsh hajmi 
400 l gacha va harakat tezligi 0,16...0,4 m/s gacha bo’ladi. Kovshli 
konveyerlarning eng asosiy parametri kovshning eni hisoblanadi va u 
400, 500, 650, 800 va 1000 mm qilib qabul qilinadi. Eni 500, 650 va 800 
mm li kovshlar ko’proq ishlatiladi.
Kovshli konveyerlar (7.5-rasm) taranglovchi yulduzcha 5, 
tortuvchi organ 2, yo’naltiruvchi 3, kovsh 6, yetaklovchi yulduzcha 4, 
bo’shatish qurilmasi 7, lentali konveyer 8, zanjir 1 dan iborat. 


95 
7.5-rasm. Kovshli konveyer sxemasi. 
Konveyerlar yuruvchi qismidagi kovshlarning o’zaro joylashuvi 
bo’yicha – jips va ajratib joylashtirilgan kovshli konveyerlarga 
bo’linadi. 
Jips kovshlar yukni to’xtovsiz uzatish uchun ishlatiladi. Ajratib 
joylashtirilgan kovshlar yukni portsiyalab uzatishda ishlatiladi. Kovshli 
konveyerlarning afzalligi: yeyilishining kamligi va undagi yukning 
maydalanmasligi, gorizontal uchastkaning kerakli joyida bo’shatish 
mumkinligi va oddiyligi. Kamchiligi: konstruktsiyasi murakkabligi, 
yuruvchi qismining o’z og’irligi qattiqligi, qimmat turishi, tez yurganda 
konveyerlarni chayqalishi, yuklanishga o’ta sezgirligi. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin