O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

7.2. Osma arqon yo’llar 


92 
Bunday transportlovchi vositalarda materiallar vagonetkalarda yer 
ostidagi tayanchlarga tayanuvchi arqonlar yordamida tashiladi. Osma 
arqon yo’llar ko’pincha karerlardan xom ashyoni maydalash-saralash 
tsexlariga yetkazishda ishlatiladi. Bu ayniqsa tog’li hamda yerda ko’p 
kommunikatsiyalar (masalan, avtomobil va temir yo’llar, gaz yoki neft 
trassalar va x.k.) bor hududlarda samarali. 
Osma arqon yo’llar tuzilishi bo’yicha bir arqonli va ikki arqonli, 
vagonetkalar harakati bo’yicha esa – halqasimon va mayatnikli bo’ladi. 
Ikki arqonli osma arqon yo’llarda ikki arqon ko’zda tutilgan: bittasi-yuk 
ko’taruvchi, u bo’ylab vagonetkalar g’ildiraklari harakat qiladi
ikkinchisi esa – tortuvchi. Bir arqonli osma arqon yo’llarda bitta arqon 
bir vaqtning o’zida ham yuk ko’taruvchi, ham tortuvchi a’zo. Osma 
arqon yo’llar vagonetkalar harakati bo’yicha halqasimon va mayatnikli 
harakatda bo’ladi. Birinchisida arqon uzluksiz halqaga aylantirilgan 
bo’lib, bitta yo’lida material bilan to’ldirilgan vagonetkalar, 
ikkinchisidan 
bo’sh 
vagonetkalar 
harakatlanadi. 
Mayatnikli 
harakatdagisida esa vagonetka tortuvchi arqonga ko’zg’almas holda 
mahkamlanadi va u yo’lning boshlang’ich va oxirgi nuqtalari o’rtasida 
reversiv harakat qiladi. Ish unumdorligini oshirish maqsadida mayatnikli 
osma arqon yo’llar 2-yo’lli qilinadi. 
7.3-rasm. Osma konveyer sxemasi. 
1-arqon, 2-tortuvchi shkiv, 3-bunker, 4-tarang arqon, 5-bashmak, 6-
osma idish, 7-etaklanuvchi shkiv, 8,9-yordamchi yuk, 10-bo’sh arqon, 
11-tayanch roliklari, 12-tashqi tayanch, 13- ankerga mahkamlangan 
qism, 14-yuritma. 
Ikki arqonli osma arqon yo’li (7.3-rasm) boshlang’ich (yuklovchi), 
oxirgi (bo’shatuvchi) va o’rta stantsiyalardan iborat, ular orasida yuk 
tashuvchi arqonlar 4 tortilgan. CHegaraviy stantsiyalarda arqonlar 
relslardan tayyorlangan yarim halqalar 1 ga almashtirilgan. Ular yuzasi 
bo’ylab vagonetkalar 6 osma itaruvchi konveyerlar yoki o’zining 


93 
inertsiyasi bo’yicha harakatlanadi. Yuklovchi stantsiyada material 
vagonetkalarga bunker 3 dan solinadi. Vagonetkalarni avtomatik 
ravishda to’ldirish vaznli va hajmli miqdorlagichlar yordamida amalga 
oshiriladi. Bo’shatuvchi stantsiyada material vagonetkalarning 
avtomatik ravishda ag’darilishi evaziga amalga oshiriladi, ularni ishchi 
holatga qaytarish maxsus spiral yordamida bajariladi. Tortuvchi arqonlar 
10 ga vagonetkalar avtomatik ravishda ulanadi. 
Odatda osma arqon yo’lining kengligi metrni tashkil etadi.
Tayanchlarning tepa qismi konsoliga tortuvchi arqon rolikli tayanchlari 
va boshmoqlar mahkamlangan, oxirgilarda yuk tashuvchi arqonlar 
uchun kanavkalar qilingan. Tarangligini ta’minlash uchun har bir yuk 
ko’taruvchi arqon bir uchidan ankerlarga, ikkinchi uchidan yukga 
mahkamlangan. Tortuvchi arqon esa tortuvchi shkiv va yuk yordamida 
taranglanadi. Harakatga tortuvchi arqon yuritma va shkiv yordamida 
keltiriladi. Tortuvchilar sifatida 26 – 32 mm diametrli arqonlar, yuk 
ko’taruvchilar sifatida esa 30 – 50 mm diametrli arqonlar qo’llaniladi. 
Vagonetkalar (7.4-rasm, a,b) kuzov 1, osmasi 2 hamda ikki yoki 
to’rt g’ildirakli yurish aravacha 3 dan tashkil topgan. 
Bo’shatish usuliga qarab vagonetkalar 2 turga bo’linadi: kuzovi 
ag’dariladigan (7.4-rasm, v) va tubi ochiladigan (7.4-rasm, g). 
Halqasimon osma arqon yo’llar vagonetkalar kuzovi hajmi 0,3 – 1,6 m
3

yuk ko’tarish qobiliyati esa 1 – 3 t. Vagonetkalar yurish tezligi 0,8 – 
3,15 m/s. 
Osma arqon yo’llar tayanchlari metall yoki temir-betondan 
tayyorlanadi (7.4-rasm, d). Tayanchning yuqori qismida yuk ko’taruvchi 
arqonlar uchun boshmoqlar 4, tortuvchi arqon uchun roliklar 5 va 
saqlovchi moslamalar 6 o’rnatilgan. Tayanchlar balandligi amalda 10-15 
metrni, ular orasidagi masofa 80 – 120 metrni, tog’ hududlarda 600 
metrni, ayrim o’ta muhim hollarda 1500 metrni tashkil etadi. 


94 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin