2.3. Mitoxondriyalarda Ca2+ transport tezligini aniqlash Mitoxondriyada kalsiy ionlari transportini 2H+/Ca2+-almashinuv asosida pH- metrik usul yordamida qayd qilindi. Mitoxondriya suspenziyasiga kalsiy xlaridi eritmasidan bir necha marta qo'shilganda, mitoxondriya kalsiy ionlarini yutadi. Kalsiyga to'yinish sodir bo'lganda esa Ca2+ mitoxondriyadan chiqa boshlaydi. Ca2+ ionlarining bunday chiqishi mitoxondriya membranasining shikastlanishi bilan bog'liq. Kalsiy ionlarining yuqori konsentrasiyasi endogen fosfolipaza A2 ning faollashuviga, oksidlanishli fosforlanishning buzllishlga, membrana o'tkazuvchanligining o'zgarishiga shuningdek, SsA-sezgir poralaming ochilishiga olib keladi. Shu munosabat bilan mitoxondriyalarda Ca2+ transport tezligi 2H+/Ca2+-almashinuv asosida o'rganildi. Tajribalarda inkubasiya muhiti quyidagicha tarkibga ega bo'ldi: KCl 120 mM, tris-HCl 10 mM, suksinat 5 mM, rotenon 1 mkr/ml, fosfat 1 mM, pH7.4. Muhitni ma'lum konsentrasiyali HCl eritmasi bilan kalibrovka qlldik.
2.4. Lipidlarni perekisli oksidlanish induksiyasi va malon dialdegidining hosil bo'lishini o'rganish Fe2+ / askorbat ga bog'liq lipidlaming perekisli oksidlanishining nefermentativ faollashuvi inkubasiya muhitiga (IM tarkibi: 125 mM KCI, lOmM Tris-HCI, pH 7,5) 10-5M FeS04 ва 2∙10-4 M askorbat qo'shish orqali chaqirildi va 1 ml ajratish muhitida 8 mg oqsil borligi hisoblab topildi. Inkubasiya 37 °C haroratli suv hammomida doimiy aralashtirib turilgan holatda amalga oshirildi.
LPO ni GPK (gidroperekis kumol) ning turli konsentrasiya (yuqori konsentrasiya 4∙10-3M) larini qo'shish orqali chaqirildi. 1M da oqsilning konsentrasiyasi taxminan 8 mg/ ml ni tashkil etdi. 0,2 ml 70 % li TXUK qo'shish orqali reaksiya to'xtatildi. Shundan so'ng ushbu namunani 15 minut davomida 6000g tezlikda sentrifugalandi. Keyin 2 ml qoldiqni ajratib oldik va 1 ml TBK qo'shdik. Kontrol probirkaga 2 ml suv va 1 ml TBK qo'shdik. Aralashmani 15 minut davomida qizdirdik.
Hosil bo'lgan malon dialdegidi miqdori molyar ekstinksii koeffisienti (e = 1,56 105 M-1 sm-1) dan foydalanib, quyidagi formulaga asosan (nmol МDА/ mg belka= D/1.56x30) hisoblanadi