O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


MAVZU: TUSHUNTIRISH XATI, TILXAT, ISHONCH XATI VA ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə25/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

MAVZU: TUSHUNTIRISH XATI, TILXAT, ISHONCH XATI VA ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.


Dars maqsadi: Talabalarni tushuntirish xati, tilxat, ishonch xati kabi hujjatlar, ularning vazifasi va ularda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlar bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: tushuntirish xati, tilxat, ishonch xati
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, tushuntirish xati, tilxat, ishonch xati kabi hujjatlar namunalari, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
REJA:

  1. Tushuntirish xati, uning vazifasi va unda aks etihshi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari.

  2. Tilxat, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

  3. Ishonch xati, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

Tushuntirish xati
Ish qog‘ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo‘llanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.
Tushuntirish xati ham ko‘proq shaxsiy mazmunga ega bo‘lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti-harakatlar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
- hujjat yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;
- tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- hujjat nomi - tushuntirish xati;
- matn (unda yuz bergan voqea-hodisa, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
- tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.
NAMUNA
Guliston davlat universiteti
filologiya fakulteti dekani
dots. F. Sharipovga
O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi
7-14guruh talabasi
Ch.Eshonqulovadan

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin