ISHONCH XATI Men, Guliston shahridagi 16-sonli o‘rta umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Erdonova Gulbahor Farmonovna, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomli o‘qituvchilar malakasini oshirish instititiga ikki oylik malaka oshirish kursiga yuborilganligim tufayli 2017-yil fevral-mart oylari uchun oylik maoshimni turmush o‘rtog‘im Bo‘riyev Fayzulla Xudayberdiyevichning olishiga ishonch bildiraman.
2017.12.01. imzo Erdonova G.F.
Biologiya fani o‘qituvchisi G.F.Erdonovaning imzosini tasdiqlayman. Guliston shahar
16-umumta’lim maktabi direktori imzo Polvonova D.S. 2017.15.01.
Topshiriqlar 1. Mavzu bo‘yicha tushunchalaringizni og‘zaki bayon eting.
2. Tilxat va ishonch xatining o‘xshash hamda farqli jihatlarini aytib bering.
Mustaqil ish topshiriqlari: Quyidagi mavzularda tushuntirish xati namunalarini yozing: darsga kech qolganligingizning sababi, darsga kela olmaganligingizning sababi, berilgan topshiriqning o‘z vaqtida bajarilmaganligining sababi, shanbalikda belgilangan vazifalarning tugallanmay qolganligining sababi, maxsulot tayyorlashdagi uzilishlarning sabablari va hokazo.
Quyidagi mavzularda tilxat namunalarini yozing: guruh sardorii sifatida talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o‘rtog‘ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganligingiz haqida, qo‘shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo.
Quyidagi mavzularda ishonch xati namunalarini yozing: sizning nomingizga kelgan pochta jo‘natmasini olish uchun o‘rtog‘ingizning nomiga ishonch xati yozing, xizmat safariga ketayotganligingiz munosabati bilan oylik maoshingizni olishi uchun turmush o‘rtog‘ingiz nomiga ishonch xati yozing, malaka oshirish uchun o‘qishga ketayotganligingiz munosabati bilan oylik maoshingizni olishi uchun akangiz nomiga ishonch xati yozing va hokazo.