O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


O‘zbek xalqi hozirga qadar qanday alfavitlardan o‘z yozuvi sifatida foydalangan ?



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə30/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

3.O‘zbek xalqi hozirga qadar qanday alfavitlardan o‘z yozuvi sifatida foydalangan ?

  1. Qadimgi yozma yodgorliklar , arab yozuvi , lotin yozuviga asoslangan alifbo , kirill , lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi

  1. Oromiy , arab , lotin , kirill.

  1. Arab, lotin yozuviga asoslangan alifbo ,kirill.

  1. To‘g‘ri javob yo‘q.




  1. 4.Poygir nima ?

  1. Kelgusi sahifadagi birinchi so‘zni tugallanayotgan sahifa tagiga yozib qo‘yish.

  1. Harflarning son qiymati bilan ifodalanishi.

  1. Izofa.

  1. Qisqa unlilarni belgilar bilan ifodalash.

  1. 5.Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi. By...

  1. . Atamalar

  1. Shakldoshlar

  1. Ko‘p ma’noli so‘zlar

  1. Bir ma’noli so‘zlar

Adabiyotlar:



  1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish . Amaliy qo‘llanma. – T.: O‘z MI, 2000.

  2. Karimov S.A., Mahmatmurodov Sh.M., Karimova O.N. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  3. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – T.: Fan, 1985.

  4. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.


MAVZU: E’LON, BUYRUQ, MA’LUMOTNOMA, ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.


Dars maqsadi: Talabalarni reklama, buyruq, ma’lumotnoma, e’lon kabi hujjatlar, ularning vazifasi va ularning zaruriy qismlari bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: reklama, xos qog‘oz, buyruq, e’lon, ma’lumotnoma.
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, buyruq, ma’lumotnoma, e’lon kabi hujjatlar namunasi, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
REJA:

  1. Buyruq, uning vazifasi va unda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari.

  2. Ma’lumotnoma, uning vazifasi va zaruriy qismlari.

  3. E’lon va reklama ularning vazifasi, zaruriy qismlari.

Buyruq
Buyruq korxona, tashkilot, muassasa rahbari tomonidan chiqariladigan rasmiy hujjat. Uning asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus xos qog‘oz(blank)ga rasmiylashtiriladi. Dastlab, mutasaddi shaxs tomonidan tegishli mavzuga doir buyruq loyihasi tayyorlanadi va unga soha bo‘yicha javobgar shaxslar, mutaxassislarning roziligini ifodalovchi yozuvlar bilan imzolari to‘planadi. Korxona rahbari buyruq loyihasini "buyruqqa", "buyruq uchun" deb imzolagandan so‘ng devonxona yoki xodimlar bo‘limida ro‘yxatga olingan sana va tartib raqami bilan buyruq chiqariladi va u qonuniy kuchga kiradi. Yuqori tashkilotning buyrug‘i quyi tashkilotlar uchun, tashkilotning o‘zida chiqarilgan buyruqlar uning barcha xodimlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir. Zarurat bo‘lganda chiqarilgan buyruqdan ko‘chirma berilishi mumkin.
Buyruqda korxonada amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar hamda kundalik vazifalar o‘z aksini topadi.
Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Korxona faoliyatiga doir buyruqlar. 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar.
Har ikki turdagi buyruqlar ham ketma-ket tartibda sana va raqamlar bilan rasmiylashtirib boriladi. Birinchi turdagi buyruqlarda korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha ishlarni tashkil etish, ularni amalga oshirish, nazorat qilish, mablag‘ bilan ta’minlash, rejalashtirish, hisobot va hokazolar o‘z ifodasini topadi. Buyruqlar vazifasiga ko‘ra raqamlar bilan bir qatorda maxsus qisqartmalar bilan ham yuritiladi. Masalan, xizmat safarlari (XS) haqida bo‘lsa, 00-XS, ijro(IJ) etish to‘g‘risida bo‘lsa, 00-IJ, moliyaviy(M) masalalar bo‘yicha bo‘lsa, 00-M, kadrlar – xodimlar(K yoki X) shaxsiy tarkibiga oid bulsa, 00-K, talabalar(T) haqida bo‘lsa 00-T kabi va hokazo.
Shaxsiy tarkibga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, boshqa lavozim yoki ishga o‘tkazish, rag‘batlantirish, mehnat ta’tili berish, mehnat ta’tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi. Buyruqning zaruriy qismlari:
- davlat gerbi, vazirlik nomi va korxona nomi yozilgan xos qog‘oz;
- buyruqning nima haqdaligi yoki buyruqning sarlavhasi;
- rasmiylashtirilgan sana, buyruq tartib raqami va joyi;
- hujjat nomi – buyruq;
- matn (buyruq mazmuni va shu asosda bajariladigan vazifalar, qo‘yiladigan talablar va hokazo);
- buyruq ijrosini nazorat qiluvchi;
- buyruq uchun asos bo‘lgan hujjatlar;
- buyruq loyihasini tayyorlovchining lavozimi, familiyasi, ismi;
- korxona rahbarining lavozimi, imzosi, munosabat belgisi, familiyasi, ismi;
- buyruqqa rozilik bildirgan mutasaddilarning imzolari, familiyasi, ismi (huquqshunos, bosh hisobchi, bosh iqtisodchi, moliya-rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, rahbar o‘rinbosarlari va boshqalar).
NAMUNA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Samarqand davlat universiteti
2005-yil 2-may Samarqand shahri
99-IJ raqamli
BUYRUQ
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori,
professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash
to‘g‘risida.

Samarqand viloyat hokimligining 2005-yil 22-martdagi 66-K raqamli “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda taniqli adabiyotshunos olim Nuriddin Shukurov tavalludining 75 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida



Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin