O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor professor M.Q.Muhiddinovga topshirilsin. Asos



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə32/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

9. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor professor M.Q.Muhiddinovga topshirilsin.
Asos: ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.To‘xtayev tayyorlagan buyruq loyihasi, prorektorlar: Muhiddinov M.Q., Soliyev A.S., Qodirov M.Q., Pardayev I.R., huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo‘jayevalarning roziliklari va rektor T.Sh.Shirinovning munosabat belgisi.

Rektor imzo SHirinov T. Sh.




E’lon
Ma’lumki, bir korxona, muassasa, tashkilotda o‘tkaziladigan biror-bir tadbir, yig‘ilish, majlis, uchrashuv, kecha, konsert, anjuman, suhbat, ma’ruza, shuningdek o‘qishga, ishga, hunar o‘rganishga qabul qilish, xizmat turlarini tavsiya etish va boshqa shu kabilardan ishchi-xodimlarni, talabalar va o‘quvchilarni, keng aholini xabardor qilish uchun qo‘llanadigan yozma hamda og‘zaki axborot turi.
E’lonlarni ham mazmuni va vazifasiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin. 1. Xizmat e’lonlari. 2. Shaxsiy mavzudagi e’lonlar. Bugungi kunda radio, televideniye, Internet, gazeta, jurnallarni reklama va e’lonlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularda ijtimoiy-ommabop xizmat e’lonlari bilan bir qatorda shaxsiy mazmundagi e’lonlar ham kam emas. E’lon va reklamalar ko‘rsatiladigan xizmat, bajariladigan ish, amalga oshiriladigan tadbirlar, sotiladigan, almashtiriladigan mahsulotlar haqida tezkor va muhim ma’lumotlar beribgina qolmasdan, turdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot, muassasalar o‘rtasida ijobiy raqobat yuzaga kelishi uchun ham xizmat qiladi. Matbuot sahifalarida beriladigan yoki jamoat joylarida chiqarib qo‘yiladigan e’lonlar mazmunan va hajman turli-tuman bo‘lsa-da, ular uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlar mavjud. Ular quyidagilar:
- axborot nomi - e’lon;
- e’lon qilinayotgan tadbirning o‘tkazilishi vaqti va joyi;
- tadbir haqida qisqacha ma’lumot;
- e’lon beruvchi tashkilot nomi, manzili, telefoni.
NAMUNA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 4-sonli va 2001-yil 6-iyuldagi qarorlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovini
E’LON QILADI.
Tanlov quyidagi o‘quv fanlari bloklari bo‘yicha o‘tkaziladi:
- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;
- matematik va tabiiy-ilmiy;
- umumkasbiy;
- ixtisoslik.
Tanlov talablari:
- tanlovga taqdim etilayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma, jumladan, elektron darslik va elektron o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan so‘ng nashr qilingan bo‘lishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga mos kelishi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq yaratilgan bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasi va qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayonida kamida bir o‘quv yili davomida qo‘llanilgan va ijobiy taqrizlar bilan e’tirof etilgan bo‘lishi;
- ko‘zda tutilgan ta’lim turi uchun belgilangan o‘quv-uslubiy va didaktik talablarga to‘liq javob berishi hamda aniq va ravshan tilda yozilgan bo‘lishi;
- Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari grifi bilan nashr etilgan bo‘lishi;
- darslik va o‘quv qo‘llanmasi mazmunan yangi, tegishli fanning so‘nggi uch yilda nashr etilgan yutuqlarini qamrab olishi, tavsiya etilgan adabiyotlarda xorijiy manbalar, web saytlar bo‘lishi;
- matbaa standartlariga javob berishi zarur.
Taqdim etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanma ilmiy, g‘oyaviy va tarbiyaviy mazmuni jahatidan, O‘zbekistonning ma’naviy va etnopsixologik merosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini chuqur anglashga ko‘maklashishi lozim.
Tanlovda tasarruflikdan qat’i nazar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimiga taalluqli barcha ta’lim va ilmiy muassasalar, vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar hamda ayrim olimlar va pedagoglar, amaliyotchilar ishtirok etishlari mumkin.
Oldingi yillari tanlovda qatnashib, “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyotlari mualliflari” respublika tanlovi g‘oliblari bo‘lgan o‘quv adabiyotlari tanlovga tavsiya etilmaydi.
Tanlovga darslik va o‘quv qo‘llanmalarning 2 ta asl nusxasi yo‘llanma xat yoki ariza va taqrizlar bilan qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblariga quyidagi mukofotlar belgilangan:
1-mukofot (I darajali diplom va eng kam ish haqqining 50 barobari miqdorida pul).
2-mukofot (II darajali diplom va eng kam ish haqqining 25 barobari miqdorida pul).
3-mukofot (III darajali diplom va eng kam ish haqqining 15 barobari miqdorida pul).
Tanlov g‘oliblarining darslik yoki o‘quv qo‘llanmalari ikkinchi va undan keyingi nashrdan chiqqan taqdirda, ularga ilmiy unvon va ilmiy darajalar berishga tavsiya qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan adabiyotlar ro‘yxati 2004-yil 15-avgustgacha,tanlov natijalari esa 2004-yil 1-oktabrgacha,”O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar tegishli hujjatlar bilan joriy yilning
1-avgustigacha tanlov komissiyasiga taqdim etilishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari instituti.
Telefonlar: 144-89-64, 144-52-89, 41-13-01.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin