O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə36/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

NAMUNA
MEHNAT SHARTNOMASI
2010-yil 18-avgust Guliston shahri.
Sirdaryo viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Guliston davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich(bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda ushbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo‘yicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a’zolari, notarial idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hisoblanadi.
I. Ish beruvchi:
I.1. Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan o‘quv-ish dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notarial va FHDYO xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tish uchun barcha shartlarni yaratadi, tinglovchilarning to‘liq ishtirokini ta’minlaydi.
I.2. Ish bajaruvchiga o‘tilgan har bir soatlik amaliy mashg‘ulot uchun oliy o‘quv yurtlari talabalaiga o‘tiladigan darslarga soatbay asosida to‘lanadigan ish haqiga ellik foiz miqdorida ustama qo‘shib to‘laydi.
II. Ish bajaruvchi:
II.1. Amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tegishli o‘quv dasturi va ish rejasiga asosan, ish beruvchi tasdiqlagan dars jadvaliga binoan sifatli o‘tilishini ta’minlaydi.
II.2. Guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining natijalari yuzasidan har bir xodimning olgan bilim darajasi, yangi alifbo va imloda qay darajada ish qog‘ozlari yurita olish malakasi to‘g‘risida ish beruvchiga yozma ravishda axborot beradi.
II.3. Ushbu mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilgan bo‘lib, unda ko‘rsatilgan shartlar to‘liq bajarilgunga qadar kuchda bo‘ladi.
II.4. Shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyat va vazifalarning bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonun va qoidalar asosida hal etiladi.
Sirdaryo viloyat hokimligi GulDU filologiya
adliya boshqarmasi boshlig‘i: fakulteti o‘zbek tilshunosligi
Xudoyqulov O kafedrasi katta o‘qituvchisi
Berdiyev H.X.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin