O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə48/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2004-yil 27-sentabr.


DEPUTAT BO‘LISH OSONMI?
Hokimiyat vakillik organlarini, xususan, mamlakat parlamenti Qonunchilik palatasini shakllantirish davlat va jamiyat hayotida ham, xalq, millat hayotida ham muhim voqea hisoblanadi. Chunki vakillik organlariga xalq nomidan ish ko‘ruvchi, xalq, millat manfaatlarini ifodalovchi noiblar saylanadilar.
Saylovning o‘zi demokratiyaning muhim belgisi, ixtiyoriy tanlash imkoniyati sifatida muhim bo‘lsa, deputatlik o‘rinlariga qanday nomzodlarning ko‘rsatilishi ham ayni shu darajada muhimdir.
Bugun butun mamlakat bo‘lajak saylovlar taraddudi bilan yashayotgan, targ‘ibot-tashviqot ishlari avj olib, nomzodlar ko‘rsatishga sanoqli kunlar qolganida bu to‘g‘rida chuqurroq mulohaza yuritmoq joizdir. Nega deganda, oshpaz nechog‘li mahoratli bo‘lmasin, quruq suyakdan mazali taom pishira olmaydi. Binobarin, bir o‘ringa ko‘rsatiladigan ikki, uch yoki bundan-da ko‘p nomzodning deyarli har biri zimmasiga qanday mas’uliyat olayotganini yaxshi anglagan, bordi-yu ishonch bildirilsa, ishni eplab keta oladigan darajada bo‘lmog‘i darkor. Mana shunday bo‘lgandagina saylovchi uchun tanlov imkoniyati mavjud bo‘ladi. Saylovchi ular orasidan eng munosibiga, tayyorgarlik darajasi boshqalarga nisbatan balandrog‘iga ovoz beradi.
Bu yilgi saylovning avvalgilaridan farqi nimada?
Bu savolning aniq javobi mamlakatimizda ikki palatali parlamentga o‘tilishi munosabati bilan qabul qilingan qonunlarda, tegishli me’yoriy hujjatlarda o‘zining aniq ifodasini topgan. Ammo Qonun hujjatlarida aks etmagan boshqa bir jihatlar ham borki, ularni xalq vakili bo‘lishdek sharafli nom uchun kurashga otlanayotganlar ham, oddiy saylovchi sifatida siz-u biz ham aniq ravshan tushunib olmog‘imiz darkor.
Bu jihatlarni, eng avvalo, yangi parlament Qonunchilik palatasining yangicha maqomida ko‘rish mumkin. Ya’ni bu palata a’zolari asosan qonunlarni takomillashtirish, qonun tilini sodda va ixchamlashtirish, uzoq muddatlarga dosh bera oladigan, huquqiy va mantiqiy asoslari baquvvat, demokratik xarakteri mustahkam xalqchil qonunlar yaratish bilan shug‘ulanadilar. Qonun, garchi u nechog‘li kuchli va adolatli bo‘lmasin, amaliyotga tatbiq etish mexanizmi yaratilmasa, ishlamaydi, chala va mavhum qarorday, qog‘ozda qolib ketaveradi.
Bundan anglashiladiki, deputatlikka nomzodlarni tanlashda avvalgi saylovlarda bo‘lganidek, ularning gaz tushirib berish, ichimlik suvi olib kelish, yo‘llarni ta’mirlash, falon chaqirim joyga asfalt yotqizish yoki biror bir qurilishni boshlab yuborishdek havoyi va’dalariga uchmaslik kerak. Bunday muammolar joylarda mavjudligi sir emas, ammo ularni hal etishi lozim bo‘lgan o‘z mutasaddilari bor.
Shunday ekan, saylovoldi uchrashuvlarni qo‘li uzunlikni namoyish etish musobaqasiga aylantirmaslik lozim bo‘ladi. Nomzod, eng avvalo, ikki palatali parlamentning mohiyatidan, huquqiy jamiyat qurish, mamlakat ini rivojlantirish muammolaridan, jahon davlatlari parlamentlarining ish faoliyatidan, davlatlararo munosabatlardan yaxshi xabardorligini namoyish etsin. Ertaga u ayni shu mavzularda qonun loyihalari bilan ishlaydi. Demak, biz ovoz beradigan nomzod mamlakat ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tegishli sohalar bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishi darkor.
Saylovoldi uchrashuvlarida avvalgi “an’analar”ga binoan, nomzodlar “Agar menga ishoch bildirsangiz, sizlarning, shu joyning, shu tuman, shu viloyatning manfaatlarini himoya qilaman, sizlar uchun kurashaman”, deya jo‘shib ketishlari mumkin. Yangi parlamentning yangi tarkibi xalqimizning, millatning umummanfaatlarini himoya qiladi va bu umumiylikda jamiki saylovchilarning umumiy manfaatlari o‘z ifodasini topadi.
Parlament saylovlari siyosiy partiyalar uchun ham jiddiy imtihon bo‘lishi tayin. Qonunchilik palatasida o‘z siyosiy fraksiyasiga ega bo‘lmagan partiya juda katta imkoniyatlardan mahrum bo‘ladi. Fraksiya tuzish uchun esa u yoki bu partiyaning kamida 9 ta nomzodi deputatlikka saylanishi zarur. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to‘g‘risidagi qonun talabi shunday. Ayni kunlarda partiyalar faoliyati birmuncha kuchayayotganini ayni shu holat bilan izohlash mumkin.
Shu o‘rinda bir mulohazaga ehtiyoj bor. Siyosiy partiya va harakatlar faqat saylov arafasida emas, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida, madaniy-ma’naviy tadbirlarda, yoshlar orasida bundan buyon hamisha faol bo‘lishlari talab etiladi. Har qanday partiya o‘z saflariga g‘ayrat-shijoatli, erkin fikrli, tadbirkor yoshlarni nechog‘li ko‘p jalb eta olsa, nazariy ma’ruzalar, da’vatkor shiorlar bilan emas, ibratli amallar bilan maydonga chiqa olsa, shundagina ishonchga kiradi.
Bo‘lajak saylovlarni ko‘pdan ko‘p xorijiy ekspertlar, saylov mutaxassislari, ommaviy axborot vositalarining vakillari kuzatib boradilar. Maqsad – saylovlarning to‘la erkin va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligiga ishonch hosil qilish. Lekin, asosiy kuzatuvchi bizning o‘zimiz bo‘lmog‘imiz darkor. Chunki 26-dekabr kuni biz nafaqat nomzodlar ichida eng maqbullarini tanlaymiz, ayni chog‘da jamiyat taraqqiyotining bundan buyongi bosh yo‘nalishlarini ham belgilab olamiz. Shu kuni har birimizning shaxsiy hayotimizga, ertangi kunimizga, farzandlarimizning kelajagiga bevosita daxldor poydevor qo‘yiladi. Uning nechog‘li mustahkamligi biz tanlagan yo‘lga, ovozimizga bog‘liq.
O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2004-yil 15-oktabr, 41-son.



Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin