1. Til va tafakkur, til va nutq, jamiyat va shaxs tushunchalari haqidagi fikrlaringizni yozma bayon eting.
2. Yozuv va nutq, yozuv va jamiyat, yozuv va adabiyot tushunchalari haqidagi fikr-mulohalaringizni yozma bayon qiling.
3. Nutq va xoslangan uslublar, hujjatlar leksikasining o‘ziga xos tomonlari haqidagi tushunchalaringizni yozma bayon eting.
4. Kirill va lotin yozuviga asoslangan alifbolar bo‘yicha tuzilgan imlo qoidalari haqidagi fikrlaringizni og‘zaki bayon eting.
5. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan imlo qoidalari va uning ayrim bandlari bo‘yicha fikrlaringizni og‘zaki bayon eting.
ADABIYOTLAR
1. Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. o‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002.
2. Aminov M., Madvaliyev., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘z ME, 2000.
3. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
4. Karimov S. O‘zbek tilining badiiy uslubi. – Samarqand: Zarafshon, 1992.
5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
6.Sodiqov . Uyg‘ur yozuvi tarixi. – Toshkent: Ma’naviyat, 1997.
7. O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati. – Toshkent: Sharq, 1999.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida Madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda hal etish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va barkamol shaxslarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat tuyg‘usini singdirish, aholining madaniy va estetik talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, shuningdek, madaniyat va sport sohasini boshqarishni takomillashtirish, bu sohada davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini ko‘tarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi tugatilib, ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilinsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilansin:
- madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqaning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar mobaynida shakllangan yuksak ma’naviyatni, xalq an’analarini va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni voyaga yetkazish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda, aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, fizkultura-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;
- teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
- madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g‘oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z talant va iste’dodlarini to‘la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
- Olimpiya o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va Yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash maqsadida olimpiya zahirasi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- xalq o‘yinlari, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish;
- turar-joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, fizkultura-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini o‘tkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va yordam ko‘rsatish;
- davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferensiya, ko‘rgazma va sport musobaqalari o‘tkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga xorijiy investitsiya va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
- madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, obyekt va inshootlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan imkoniyat darajasida to‘la va samarali foydalanishni ta’minlash;
- madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniya-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, o‘quv yurtlarini Yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
- professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng ko‘lamda targ‘ib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
4. “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi PF-360-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.