O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə15/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

TOPSHIRIQLAR


1. Terminga qo‘yiladigan me’yoriy talablar to‘g‘risidagi fikrlaringizni bayon eting.
2. Terminning struktur tarkibi nechta lug‘aviy qatlamni o‘z ichiga oladi?
3. Nima sababdan bizda umumiy terminologiyaga qaraganda, sohaviy terminologiya ko‘proq o‘rganilganligi haqida fikrlaringizni yozma bayon eting.
Testlar:

  1. 1.Terminga nisbatan funksional yondashuv vakillarini toping?

  1. G.O.Vinokur, V.V.Vinogradov, A.A.Reformatskiy

  1. D.P.Gorskiy, K.A.Levkovskaya, A.S.Gerd

  1. Zvegensev, Reformatskiy, L.A.Kapanadze

  1. Ye.M.Galkina – Fedoruk, P.S.Popov

  1. 2.Terminga qo‘yiladigan me’yoriy talablar kim tomonidan ishlab chiqilgan.?

  1. D.S.Lotte

  1. G.O.Vinokur

  1. A.S.Gerd

  1. A.A.Reformatskiy

  1. 3.Terminotizim qanday tizimlilikka ega –?

  1. mantiqiy tizimlilik va lisoniy tizimlilik.

  1. mantiqiy tizimlilik va shakliy tizimlilik

  1. mantiqiy tizimlilik va tartib tizimlilik.

  1. mantiqiy tizimlilik va izchil tizimlilik

  1. 4.Termin ma’nosining kontekstga qarab turlanib turishi terminologiyaning eng jiddiy kamchiliklaridan biridir deb kim aytgan.

  1. D.S.Lotte

  1. G.O.Vinokur

  1. A.S.Gerd

  1. A.A.Reformatskiy

  1. 5.Terminning struktur tarkibi, V.P.Danilenkoning ko‘rsatishicha,qaysi lug‘aviy qatlamni o‘z ichiga oladi?

  1. noterminologik leksika, umumilmiy leksika, terminologik leksika

  1. noterminologik leksika.

  1. umumilmiy leksika

  1. terminologik leksika

  1. 6.“Nomenklatura” so‘zi qaysi tidan olingan?

  1. Lotin

  1. Arab

  1. fors.

  1. Rus

  1. 7.“Termin” so‘zi qaysi tidan olingan?

  1. Lotin

  1. Arab

  1. fors.

  1. Rus

  1. 8.‘’Nomenklatura” so‘ziqanday ma’noni anlatadi?

  1. ro‘yxat’

  1. chegara

  1. maklatura

  1. tipik

  1. 9.So‘z va so‘z birikmasi narsa-hodisaning umumiy va xususiy nomi bo‘lsa, termin nimaning nomidir?

  1. Tushunchaning

  1. Narsaning

  1. Hodisaning

  1. Atamaning



ADABIYOTLAR


  1. Abdullayev M. va boshqalar. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug‘at. –T.: Sharq, 1998.

  2. Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti. –T.: O‘zbekiston, 2002.

3. Abu Bakr ar-Roziy. Kasalliklar tarixi. –T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994.

  1. Bekmuhammedov X.Yu. Tarix terminlarining izohli lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1986.

  2. Boliyev M.N. Lotin tili va tibbiyot terminologiyasi. –T.: “Zarqalam”, 2005.



MAVZU: HUJJATLAR, ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.
REJA:

    1. Tarjimayi hol, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

    2. Tavsifnoma, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

    3. Tavsiyanoma, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

Darsning maqsadi: Talabalarni ish yuritish hujjatlari, ularning vazifasi, zaruriy qismlari bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: hujjat, rasmiy, badiiy tarjimayi hol, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviya, tavsifnoma", "Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" tavsiyanoma.
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, tarjimayi hol, tavsifnoma va tavsiyanoma namunalari, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
Tarjimayi hol
Shaxsning butun hayoti va mehnat faoliyati bilan bog‘liq muhim sanalar, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli bayon etiladigan rasmiy hujjat. Tarjimayi holning rasmiy va badiiy turlari mavjud. Rasmiy tarjimayi hol o‘qish yoki ishga kirayotganda har qanday shaxs tomonidan yozilishi mumkin. Badiiy tarjimayi hol esa mashhur so‘z san’atkorlari – shoir va yozuvchilar, olmlar tomonidan yozilishi mumkin. Bunday tarjimayi hollar sirasiga Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar", Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Ko‘rgan-kechirganlarim" kabi biografik-memuar asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, umumta’lim maktablarning o‘quv qo‘llanmalari, darsliklari, majmualari uchun taniqli shoirlar, yozuvchilar tomonidan taqdim etilgan tarjimayi hollarni ham bu hujjatning badiiy turiga kiritish mumkin. Tarjimayi holning qat’iy bir andozasi belgilanmagan. Tarjimayi hol talabga ko‘ra to‘liq yoki qisqacha tarzda yozilishi mumkin. Shunga qaramasdan, tarjimayi holda qayd etilishi lozim bo‘lgan shunday ma’lumotlar borki, o‘z tarjimayi holini yozayotgan har bir kishi ulardan xabardor bo‘lishi kerak. Quyidagilarni tarjimayi holning zaruriy qismlariga kiritish mumkin:·
Hujjat nomi - tarjimayi hol.
· Shaxs hayoti va ish faoliyatini qamrab oluvchi matn:
- shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- uning tug‘ilgan yili, kuni, oyi va manzili;
- ijtimoiy kelib chiqishi, milliati;
- ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi (ularning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, ma’lumoti, ish joyi, lavozimi);
- o‘zining ma’lumoti ( o‘qigan maktabi, o‘quv yurti, tahsil olgan yillari, mutaxassisligi);
- ish faoliyatining turlari, oxirgi ish joyi, lavozimi;
- rag‘batlantirilganligi va olgan mukofotlari haqida ma’lumot;
- ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoatchilik ishlari;
- oilaviy ahvoli ( xotini yoki eri, bolalari, familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, mashg‘uloti);
- yashash joyi ( viloyat, shahar, tuman, ko‘cha, hovli yoki xonadoni, telefoni);
- yozilgan sana, muallifning imzosi va familiyasi.
Tarjimayi hol ko‘pincha oddiy qog‘ozga qo‘lda yoziladi. Ba’zan o‘qishga yoki ishga kirayotganda maxsus ish qog‘oziga to‘ldiriladi. Matn birinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Unda yil, oy, kunlarga doir ma’lumotlar qat’iy davriylik asosida yoritiladi. Tarjimayi holda keltirilgan ma’lumotlar aniq, bayon etilayotgan fikrlar esa barchaga tushunarli va ravon uslubda bo‘lishi lozim.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin