O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 486,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix08.05.2023
ölçüsü486,66 Kb.
#109564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-kurs ishi

Birinchi bandda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, mavzuning ilmiy va uslubiy 
jihatlariga qaratiladi. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo„lgan nazariy yondoshuvlar, masalaning 
mohiyati, muammoni echishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo„lgan 
munosabati bildiriladi. 
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida savollarda mavzuga oid muayyan uslubiy 
masalalarni ham ko„rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va 
uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og„ir. Ammo, mavzuda ko„rib chiqilayotgan masalalarni echimiga 
oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho 
berib ketish mumkin.
Ikkinchi bandda odatda muayyan mavzu bo„yicha o„rganilayotgan muammoning umumiy 
holatini tahlil etishga bag„ishlanadi. O„rganilayotgan ob‟ektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini 
tahlil etish etarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy 
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma‟lumotlari tahlili asos qilib 
olinishi lozim.
Savollarning yoritilishi korxonaga oid umumiy ma‟lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish 
sharoitlarini tahlil etish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati, 
ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko„rsatkichlarni tahlil etishda 
ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog„liq holda ochib berish maqsadga muvofiq. 
Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o„zgarishlar, ularning 
iqtisodiy samaradorlikka ta‟siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni 
keltirib chiqargan sabablarga keng o„rin berish lozim.
Tahlillar olib borilgan ob‟ekt misolida ilmiy mavzu tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar, 
grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi.
Uchinchi bandda muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo„yicha takliflar va 
tavsiyalar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan takliflar amaliy jihatdan asoslanadi. 
Eslatma: Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, 
zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or 
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan 
yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin.

Yüklə 486,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin