Yakuniy nazorat: talaba 40 ta yozma test savolga javob berishi lozim. Har bir savolga 1 ball ajratiladi. Yozma ish esa har bir savol (4 ta savol) 10.0 ballgacha baholanib hisoblanadi. (yozma 4 ta savol x10 40 ball ).
Eslatma:Talabaning umumiy bali hisoblanganda yaxlitlab olinadi.
Baho
Baholash mezonlari
To‘plangan Ball
A’lo
Etarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni mustaqil echgan. Berilgan savollarga to‘liq javob beradi. Masalaning mohiyatiga to‘liq tushunadi. Auditoriyada faol. O‘quv tartib intizomiga to‘liq rioya qiladi. Topshiriqlarni namunali rasmiylashtirgan.
90-100
Yaxshi
Etarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni echgan. Berilgan savollarga etarli javob beradi. Masalaning mohiyatini tushunadi. O‘quv tartib intizomiga to‘liq rioya qiladi.
70-89
Qoniqarli
Topshiriqlarni echishga harakat qiladi. Berilgan savollarga javob berishga harakat qiladi. Masalaning mohiyatini chala tushungan. O‘quv tartib intizomiga rioya qiladi.
60-69
Qoniqarsiz
Talaba amaliy mashg‘ulot darsi mavzusiga nazariy tayyorlanib kelmasa, mavzu bo‘yicha masala, misol va savollariga javob bera olmasa, darsga sust qatnashsa bilim darajasi qoniqarsiz baholanadi