Qonning ximoya xossalari. Gemostaz. Qon guruhlari. Qonning rezus mansubligi.
13
2
4
4
3
5
Yurakning gemodinamik vazifasi. Yurak muskulining asosiy fiziologik xossalari. Yurak faoliyatining boshqarilishi.
21
2
6
2
11
6
Gemodinamika asoslari. Qonning tomirlarda harakatlanishi. Arterial qon bosimi.
18
2
4
12
7
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi.
13
2
4
7
8
Nafas tizimining funktsional xususiyatlari. Gazlarning qon bilan tashilishi. Nafasning boshqarilishi.
12
2
4
2
6
Jami
120
16
36
12
56
2.MAXSUS KURSINING MAZMUNI: 2.1. Maruza mavzulari va ko’riladigan masalalar 1-mavzu. Fiziologiyaga kirish. Qo’zg’aluvchan to’qimalarda bioelektr xodisalar. Fiziologiya biologik fanlarninng eng muhim bo’limlaridan biri bo’lib, tirik organizm, uning organlari, to’qimalari, hujayralari, hujayra tarkibiy elementlarining funktsiyalarini, ya’ni ularning hayot faoliyatini o’rganadi.Fiziologiyaning vazifasi odam yoki hayvon organizmida ro’y berib turadigan hayotiy jarayonlarni o’zaro bog’langan holda tekshirish, hodisalar o’rtasidagi sababli bog’lanishlarni ochib tashlash, ularga asos bulgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash va bu qonuniyatlarning evolyutsiyasini ko’zdan kechirish, hayvonot dunyosi taraqqiyotining turli bosqichlarida fiziologik jarayonlarning sifat jihatidan qanday farqi bo’lishini ko’rsatib berishdan iboratdir. Ba’zi hujayra va to’qimalar ta’sirotga tez reaktsiya ko’rsatishga maxsus ixtisoslashgan. Bunday hujayra va to’qimlar qo’zg’aluvchan deb ataladi. Qo’zg’aluvchan to’qimalarga nerv, muskul va bez to’qimalari kiradi. Bu to’qimalar ta’sirotga javoban fiziologik tinchlik holatidan qo’zg’alish holatiga o’ta oladi. Qo’zg’aluvchan to’qimalarni ta’sirotga qo’zg’alish bilan javob qaytarish hodisasi esa qo’uzgaluvchanlik deb ataladi.Qo’zg’alish vaqtida tirik hujayralarda elektrik, issiqlik, kimyoviy, funktsional va struktur o’zgarishlar ro’y beradi, Bu o’zgarishlar orasida bioelektrik hodislar alohida ahamiyatga ega.
3(32-60)