O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 118,08 Kb.
səhifə9/14
tarix17.05.2023
ölçüsü118,08 Kb.
#115611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
portal.guldu.uz-Fan dasturi

Laboratoriya ishi. Sog’lom odam EKG sining analizi. Arterial bosimni (AB) o’lchash.

Одамда қон босимини Рива-Роччи усулида ўлчаш
Одамда қон босимини Коротков усулида аниқлаш
ЭКГдаги P-Q, Q-T, QRS, S-T, T-P интервалларни, P, R, T тишлар амплитудасини хисобланг.
QT/RR (меъёрида 0,38) формуласи бўйича систолик кўрсаткични хисоблаб топинг.

5(176-177)

17

Yurak faoliyatini boshqarilishi.

Yurakning ishi juda o’zgaruvchan bo’lib, organizmning qon aylanishiga bo’lgan ehtiyojiga doim moslashib turadi. Ushbu moslanishni bir qancha idora etish mexanizmlari ta’minlaydi. Yurak faoliyatini boshqaruvchi mexanizmlar 2 guruhga bo’linadi:

  1. Intrakardial (yurak ichi) boshqaruv mexanizmlari.

  2. Ekstrakardial (yurakdan tashqari) boshqaruv mexanizmlari.

Yurakning o’zi bilan bog’liq intrakardial mexanizmlarga quyidagilar kiradi:
1). Hujayra ichi boshqaruv mexanizmlari;
2). Xujayralar aro munosabatlarni idora qilish mexanizmlari;
3). Yurak ichi periferik reflekslari.



1 (387-391),
6 (144-146)

18

Mikrotsirkulyator havzada qon aylanishi.

Gemodinamika – tomirlarda qonning harakatlanishi haqidagi ta’limot. Gemodinamika qonunlari gidrodinamikaning, ya’ni suyuqliklar harakati haqidagi ta’limot qonunlari bilan bir xil. Yurakdan oqib ketayotgan qonning miqdori unga oqib kelayotgan qon miqdoriga teng. Bu demak, qon aylanishi katta va kichik doirasining butun arterial sistemasi yoki barcha arteriolalari orqali yohud barcha kapillyarlari yoki butun venoz sistemasi orqali 1 minutda o’tgan qon hajmi bir xil. Tomirlar sistemasining har qanday umumiy ko’ndalang kesimidan o’tgan qonning hajmi doimiy bo’lgan holda, qon oqimining chiziqli tezligi bir xil bo’lmasligi kerak. Buni yuqoridagi jadvaldan ko’rish mumkin.

1 (411-414),
2 (155-158)

19

Tomirlar tonusining boshqarilishi. Qon tomirlar tizimini faoliy tekshirish.

Tomirlarning retseptor elementlarga boy bo’lgan shu qismlari qon tomir refleksogen zonalari deb ataladi. Ushbu zonalardagi retseptorlar bosim o’zgarganda qo’zg’alishi tufayli ularni pressoretseptorlar yoki baroretseptorlar deb atashadi.
Tomirlar tonusi qon kimyoviy tarkibining o’zgarishigi sezgir bo’lgan xemoretseptorlarning qo’zg’alishi natijasida ham refleks yo’li bilan boshqariladi. Bunday xemoretseptorlar aortaning ko’tariluvchi qismidagi aortal tanachada va karotid sinusda to’plangan. Xemoretseptorlar qondagi SO2 ga va O2 etishmasligiga sezgir. Aorta va uyqu arteriyasidagi xemoretseptorlarning qo’zg’alishi natijasida tomirlarning pressor reflekslari yuzaga chiqadi, pressoretseptorlarning qo’zg’alishi natijasida esa depressor reflekslar yuzaga chiqadi.

1 (415-421),
2 (158-162)

20

Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi. Gipotalamo-gipofizar tizim, qalqonsimon bez va qalqonsimon oldi bezlar fiziologiyasi.

Ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezlar, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari, erkak va ayol jinsiy bezlari, epifiz, ayrisomn bez, yo’ldosh, hamda oshqozon-ichak yo’lidagi endokrin hujayralar. Ushbu bezlar sintezlaydigan mahsulotlar «gormon» deb nomlanadi. Ichki sekretsiya bezlarining tashqi sekretsiya bezlaridan farqli ravishda, chiqaruv yo’llari bo’lmay, ular o’z gormonlarini bevosita qonga ajratadi. Gormonlar qon bilan plazmada erigan holda, plazma oqsillari bilan birikkan holda tashiladi. Masalan, qondagi albuminlar, γ-globulinlar va tansferrin kabi oqsillar turli gormonlar bilan kompleks hosil qilishi mumkin.
Gormon molekulasidagi fragmentlar turli vazifalarni bajaradi. Masalan, gaptomerlar – gormon ta’sir etadigan joyni axtarib topish vazifasini bajaradi, aktonlar esa - gormonning hujayraga ko’rsatadigan spetsifik ta’sirini ta’minlaydi.

1 (225-236),
6 (143-147)

21

Jinsiy gormonlar. Reproduktiv funksiyada gormonlarning ahamiyati.

Jinsiy bezlarning gormonal faolligi ham adenogipofizga bog‘liq. Bu bezlarda gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar – spermatozoidlar va tuhum hujayralar hosil bo`ladi. Jinsiy gormonlarni uch guruhga bo`lish mumkin: 1) estrogenlar; 2) gestogenlar; 3) androgenlar. Birinchi va ikkinchi guruh gormonlari ayollar jinsiy gormonlari, deb ataladi. Bular ichida eng muhimi estradiol, estron va progesteron. Uchinchi guruh gormonlar erkaklar jinsiy gormonlari bo`lib, ulardan eng muhimi testosteron.

1 (314-319),
3 (192-205)

22

Nafas fiziologiyasi. Qonda gazlarni tashilishi

Organizmni kislorod bilan ta‘minlash va karbonat angidridni ajratib chiqarish nafasning mohiyati hisoblanadi. qonda kislorod ikki xil shaklda tashiladi. Biri – plazmada erigan shakli. Uning miqdori juda oz. Ikkinchisi – gemoglobin bilan birikkan shakli. Oksigemoglobin shaklida tashiladigan kislorod miqdori taxminan 98% ga teng. Qon karbonat angidridni uch shaklda tashiydi. Bu miqdorning faqat 3-6% plazmada erigan holda bo`ladi. Karbonat angidridning 15% gemoglobin bilan birikib, ikkinchi shaklni – oksigemoglobinni hosil qiladi. Qolgan 80% CO 2 uchinchi shaklda – kaliy va natriy karbonatlari shaklida tashiladi.

2(166-173)

23


Yüklə 118,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin