Suvdagi nitratlar miqdorini aniqlash
Azot kislotaning tuzlari o`simlik va hayvonot organik qoldiqlarining parchalanishi tufayli suvga qo`shilishi mumkin. Agar suvda ammiak va nitritlar mavjud bo`lmasa, unda suvdagi azotli moddalar to`liq minerallashganligidan dalolat beradi. Agar suvda nitratlar bilan birga ammiak va nitritlar ham mavjud bo`lsa, bu suv manbaining muntazam va uzluksiz ifloslanganligini bildiradi.
Agar suvda ammiak va nitritlar mavjud bo`lmasa, nitratlar bilan birga xloridlar va sulfatlar mavjud bo`lsa, unda minerallashuv jarayoni (nitrifikasiya) oxiriga etgan bo`ladi. Bunday suv sifatli hisoblanadi, ammo takroriy ifloslanishdan saqlash uchun uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turish maqsadga muvofiqdir.
Sifatiy sinash usuli.Toza probirkaga tadqiq etiladigan suv 1 ml, 2 ml (ikki usulda) konsentrasiyalangan sulfat kislota difenil amin bilan birga qo`shib solinadi. Natijada difenilnitrozoamin hosil bo`lib, suvning rangi to`qko`kbo`ladi. Bu esa suv tarkibida nitratlar mavjudligidan darak beradi.
Miqdoriy aniqlash usuli.Tiniq (shaffof) shishadan tayyorlangan probirkaga tadqiq etiladigan suvdan 1 ml solinib, 1 ml sulfofenol kislota qo`shiladi. Kislota tomchilari suv yuzasiga tushadigan qilib solinadi.
Hosil bo`lgan aralashma aralashtiriladi va 20 daqiqaga erkin qo`yiladi. So`ng jadvaldan foydalanib, rang o`zgarishining darajasiga qarab, nitratlardagi azot miqdori taxminiy aniqlanadi. Rango`zgarishininazoratqilishuchunshungao`xshashprobirkagadistillangansuvsolinib, ungasulfofenolkislotaqo`shiladi.
Quyidagijadvaldaprobirkagayontomondanqaralgandagianiqlangansuvranginingo`zgarishholativaundaginitratlarmiqdorimg/llardakeltirilgan.
Probirkaga yon tomondan qaralgandagi suvning rangi
|
Nitratlardagi azot miqdori, mg/l
|
Nazorat suv rangi bilan qiyoslanganda suvning rangi o`zgargan
|
0,5
|
Suvning rangi sarg’imtir, kam o`zgargan
|
1
|
Suvning rangi sarg’imtir, juda kuchsiz o`zgargan
|
2
|
Suvning rangi sarg’imtir, nihoyatda kuchsiz o`zgargan
|
3
|
Suvning rangi kuchsiz sarg’imtir
|
5
|
Suvning rangi kuchsiz sariq
|
10
|
Suvning rangi ochiq sariq
|
25
|
Sariq rang
|
50
|
Kuchli sariq rang
|
100
|
Tadqiq etiladigan suvda davlat standarti ko`rsatmalariga asosan, azot kislota tuzlari (nitratlar) miqdori 45 mg/l gacha bo’lishi ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: |