O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə13/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Sanoat ekologiyasi

Tadiat iqtosodiyoti deganda, tabiatdagi tirik organizmlar va ularning atrof-muhit bilan o`zaro tabiiy munosabatlariga miqdor nuqtai nazardan yondashish tushuniladi. Bunda tirik organizmlarning o`zaro va atrof-muhit bilan ta`siri natijasida hosil bo`ladigan energiya, massa (biomassa, populyatsiya sonining ko`payishi, kamayishi, biomassaning o`zgarish tezligi) va informasion o`zgarishlar inobatga olinadi.
Hayotning mavjudligi-tirik jismdan modda, energiya va informasiya oqimining o`tish jarayonidir. Buni ekologiyada hayotni saqlanish qonuni deyiladi. Tirik tabiatdagi informasiya oqimining miqdori inson sivilizasiyasidagi oqimga nisbatan 20 tartib ko`pdir. Bu fantastik darajadagi farq insonni atrof-muhitga ko`rsatadigan har qanday ta`siriga misli ko`rilmagan variantlarda javob berishini taqazo qiladi. Shuning uchun insonga bitta yo`l mavjud - hamma vaqt tabiat qonunlarini o`rganib borish va unga rioya qilish.
Hozirgi paytda mana shunday o`zgarishlar qonuniyatini o`rganish, jamiyat iqtisodiyotini tabiat iqtisodiyoti qonunlari bilan uyq`unlashtirish jahon iqtisodoyotinining negizini tashkil etadi. Masalani mana shunday tarzda qo`yilishi va uning dolzarbligi sayyoramizda yuz berayotgan turli ekologik inqirozlarning yuzaga kelayotganligi bilan asoslanadi.
Hozirgi paytda jahon iqtisodiyotining rivojlanishini yagona yo`li - tabiat iqtisodiyotining qonunlari asosida olib borishdan iborat. Boshqacha har qanday yo`l inson uchun halokatli hisoblanadi.
Jamiyat iqtisodiyotini tabiat iqtisodiyoti bilan uyq`unlashtirish uchun, avvalombor, ekologik nuqtai nazardan tabiiy resurslarni baholash lozim, zero har qanday iqtisodiy yo`nalish va rivojlanish birinchi navbatda tabiiy resurslarga tayanadi.
Jamiyat iqtisodiyotining shakllanishidan to hozirgacha o`tgan davrida iqtisodiyot nazariyasi asosan ikki iqtisodiy omilga tayanib kelgan:mehnat va kapital. Bu holatni iqtisodiyot nazariyasining yadrosi bo`lmish “ishlab chiqarish funksiyasi” yaqqol ifodalaydi: ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori Y kapital K ga va mehnat resurslari L ga boq`liq, ya`ni Y = f (KL).
Ushbu boq`liqlikni keltirib chiqarishda tabiiy resurslar umuman inobatga olinmagan va ular bitmas-tuganmas deb hisoblangan. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalanish, ularning tugaydigan va tugamaydigan, tiklanadigan va tiklanmaydigan turlari, tiklanish tezligl yoki darajasi, atrof-muhitni ifloslanishi, uni oldini olishga sarflanishi kerak bo`lgan xarajatlar, inson hayoti sifat ko`rsatgichlarining yomonlashishi mumkinligi, soq`liqini tiklashga sarflanishi mumkin bo`lgan xarajatlar, ularning iqtisodiy rivojlanishga kuchli salbiy ta`sir ko`rsatish mumkinligi kabi omillar umuman inobatga olinmagan. Bunday sistemaning maqsadga muvofiqligi XX asrning oxirlarigacha hech qanday shak-shubha tuq`dirmadi va keyinchalik jamiyat iqtisodiyoti frontal (umumiy) iqtisodiyot nomini oldi.
Oxir-oqibatda, ishlab chiqarish kuchlarining misli ko`rilmagan darajada rivojlanishi, aholi sonining muttasil o`sib bopisi (dunyoda demografik portlash yuz berishi), ekosistemalarda bosimning ortib borishi tufayli tabiiy muhit turq`unligiga kuchli salbiy ta`sir etkazildi. Bu esa tabiiy resurslarning haqiqiy iqtisodiy “qiymatini” baholash masalasini yuzaga chiqardi.
Aslida, “baholash” atamasi falsafiy “qiymat” tushunchasi bilan bir ma`noda tushuniladi. “Qiymat” - ob`ektni muhimligi, insonning shu ob`ektga bo`lgan ehtiyojini ham miqdor va ham sifat ko`rsatgichlarini ifodalaydi. Demak, resursning miqdori ko`p, ehtiyoj katta va sifat ko`rsatgichlari yuqori bo`lsa, uning qiymati ham shuncha oshadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: “Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur bo’lgan xilma-xil vositalardir”.
Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xom ashyolarni" tabiiy resurslar deb ta’riflaydi.
Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalaniishga qarab guruhlarga ajratiladi.
Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi.
Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy resurslar 2 ta asosiy guruhlarga bo’linadi:

  1. guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi.

  2. guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi.

Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi.
Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi:

  1. Tugaydigan tabiiy resurslar.

  2. Tutamaydigan tabiiy resurslar.

Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi:

  1. Tiklanadigan resurslar.

  2. Tiklanmaydigan resurslar.

Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan.



Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur.


Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va xayvovlar, daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy xossasini – umumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydadaiayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga xalaqit berishi mumkin. Masalan, hozirga vaqgda butunlay qirib yuborilgan ko’pgina o’simlik va hayvonot turlari, shuningdeq, eroziya natijasida butunlay tarkibi buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bundan tashqari, shuni ham yodda tutish kerakki, tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo’lish jarayoni ma’lum tezlikka ega bo’lishi kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo’lishi uchun bir yoki bir necha yil kerak. Ammo daraxtlari kesilib tashlangan o’rmon kamida 60 yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Er qobig’ida tuproqni unumli va hosildor qatlamini hosil bo’lish jarayoni nihoyatda sekinlik bilan kechadi. Yuz yilda 0,5 sm dan 2 sm gacha tuproq hosil bo’ladi. Tarkibi o’zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt kerak. 20 sm qalinlikdagi unumdor tuproq hosil qilish uchun tabiat 2000 yildan 7000 yilgacha vaqt sarflaydi. Shuning uchun tabiiy resurslarni ishlatish tezliga ularning tiklanish tezligi to’g’ri kelishi kerak.
Tiklanadigan tabiiy resurslar uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilsa, ular inson ehtiyojlarini qondirishga abadiy xizmat qilishi mumin.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim va kosmiq resurslar kiradi.
Suv barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bo’lib, u tabiatda uchta fizik holatda: qattiq (muz), suyuq va bug’simon holatlarda uchraydi. Er sharida suvning umumiy miqdori bitmas tuganmas bo’lib, hech qachon o’zgarmasa kerak. Biroq insonning faoliyati natijasida suvning zahirasi va miqdori Er sharining ayrim mintaqalarida turli davralarda turlicha bo’lishi mumkin.
Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli bo’lgan ichimlik suvining zahiralari 1% ni ham tashkil etmaydi. Biroq bitmas-tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o’ta ifloslanish xavfi ostida turibdi. CHuchuk suv esa, sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki insonga har qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Er sharining ko’pgina mintaqalarida suvdan samarasiz foydalanish, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqa sabablar oqibatida ichimlik suv miqdori keskin kamaymoqda. Holbuki, sug’orish, sanoat va kommunal xo’jalik uchun chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.
Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan resurslarga kiradi.
Quyosh radiasiyasi (yorug’lik, issiqlik), atmosfera havosi, shamol, suv va to’lqinlar energiyasi iqlim va kosmiq resurslarga kiradi. YOng’ingarchiliklar esa suv resurslariga ham, iqlimiy resurslarga ham kiradi.
Sayyoramizga kelayotgan Quyosh nurlarining yarmidan ko’prog’i energiyaning boshqa turlariga aylanadi. Ularning muayyan qismi tuproq, suv va atmosfera havosini isitishga sarf bo’ladi va sekin-asta fazoga tarqaladi. Ularning muayyan qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Quyoshning nurli energiya zahiralari milliard-milliard yillarga etishi mumkin. Shuning uchun Quyosh energiyasi bitmas – tuganmasdir.
Atmosfera havosi tirik organizmlar uchun hayot manbaidir. Havo bitmas-tuganmas, lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo tarkibida karbonat angidrid (SO2), radioaktiv moddalar, turli gazlarning mexanik aralashmalari, kul, chang va boshqa moddalar mavjud. Bunday iflosliklarni sanoat korxonalari va xususan, transnort vositalari chiqaradi. Bu esa inson sog’lig’iga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tugamaydigan resurslardan samarali foydalanish uchun ularni toza saqlash va eng avvalo, suvni tejab-tergab sarflash kerak. Suv resurslari etishmaydigan mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida, suvni ehtiyot qilish kerak.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan foydalanish va qayta tiklash sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli, idoraviy va muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklash sohasida yagona davlat siyosatini ta'minlash;
Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralari, korxonalar muassasalar va tashkilotlar, shuningdek alohida shaxslar tomonidan yerlar, qazilma boyliklar, suv, o'rmonlar, hayvonot va o'simlik olami, atmosfera havosidan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatining tarmoqlararo kompleks boshqaruvini amalga oshirish;
Atrof-muhitni qulay holatini ta'minlash va ekologik holatni sog'lomlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish.
Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini boshqarib turadigan qariyb 30 ta qonun va 350 dan ortiq me'yoriy huquqiy hujjat qabul qilindi.
O'zbeksitonda amal qilinayotgan tabiatni muhofaza qilish qonunlari butun mamlakat hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni asrash, oqilona foydalanish va qayta tiklash kabi tadbirlarning to'liq hajmda bajarilishini ta'minlaydi.
1. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil qilish bo'limi;
2. Atmosfera havosini nazorat va muhofaza qilish inspektsiyasi;
3. Yer, tuproq hamda chiqindilarni boshqarishni nazorat va muhofaza qilish inspektsiyasi;
4. Suv ob'ektlarini nazorat va muhofaza qilish inspektsiyasi;
5. O'simlik hamda hayvonot dunyosini nazorat va muhofaza qilish inspektsiyasi;
6. Mahalliy jamg'arma bo'limi;
7. Analitik nazoratga ixtisoslashgan inspektsiyasi;
8. Ekologik ekspertiza bo'limi:
9. Ekologik sertifikat bo'limi;
10. Fan-texnika taraqqiyoti va targ'ibot-tashviqot bo'limi;
11. Ekologiya huquq bo'limi, xodimlar bilan ishlash va buxgalteriya hisobini yuritish.



Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin