Suvni tozalash — suv ta’minoti manbalari (daryolar, ko’llar, suv havzalari, suv omborlari va boshqalar)dan vodoprovod tarmog’iga kelib tushadigan suvning sifatini belgilangan me’yorga keltirish uchun mo’ljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham o’z ichiga oladi. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi.
Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, ko’llar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmog’iga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shag’al, qum qavati, ba’zan esa g’ovak sopol filtrdan o’tkaziladi. Tiniq suvni zararsizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni o’ldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qo’sh oksid S1O2, xlorli ohak qo’shiladi, tindirilgan suv va yer osti suvlarini zararsizlantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qo’llanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori me’yordagidan yuqori) bo’lsa, yumshatiladi (q. Suvni yumshatish). Yer osti suvlari ko’pincha aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo kislorodi bilan boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasilikat kislota H2SiO3 va uning tuzlari miqdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, ba’zan kuydirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshka erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (q. Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazatsiyalanadi (. Degazatsiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamaytirish uchun suv faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali suzib o’tkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivatsiyalanadi (q. Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid bo’lsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy permanganat yoki xlor ko’sh oksid bilan ishlanadi (q. Sorbsiya).
Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar) va yog’in suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda cho’ktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi (q. Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va boshqa usullari ham bor.
Tabiiy suvlarni sanoatda qo’llanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yo’q. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan ma’lum me’yordan ko’p bo’lmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod ko’rsatkichi — r-n 6,0 dan 9,0 gacha bo’lishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. St. xalqxo’jaligida va aholi sog’lig’ini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi.
O’zbekiston shahar va tumanlarida suv ta’minoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya ko’rigidan o’tkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitariyaepidemiya st-yalari (SES) shug’ullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarida tozalab chiqariladi (yana q. Suv ta’minoti).
Оqоvа suvlarni tarkibiga anorganik moddalarning miqdоriga kura quyidаgi usullar qo’llaniladi:
• Reagent usullar
A)neytrallash.
Kislotali va ishqоriy suvlar va havzalarga tushirilishdan avvad neytrallanish shart, bunda quyidаgi usullardan foydalaniladi:
• kislotali va ishqоriy suvlarni o’zaro neytrallash;
• reagentlar yordаmidа neytrallash;
• neytrallovchi materiallardan filtrlash (ohakli suv, dolomit, magnezit).
B) ionlarni kam еriydigan birikmalarga o’tkazish. Bu usul og’ir metall ionlaridan, ftor birikmalaridan, radioaktiv еlementlardan tozalashga qo’llaniladi
B) oksidlash usuli.
Suvni zaharli moddalardan tozalashga qo’llaniladi (masalan, TSianidlardan). Oksidlantiruvchi sifatida xlor, gipoxlorid, ozon ishlatiladi.
G) qaytarish usuli.
Kaytarish usuli zaharlilik darajasi kam bo’lgаn moddalar uchun ishlatiladi. Masalan, xrom kislotalaridan suvni tozalash uchun Cr+6-Cr+3 holatigacha qaytariladi, keyin еsa Cr(OH)3 holatida ajratib olinadi.
2. Ultrafiltratsiya va qayta osmos usullari
Ushbu usul – еritmalarini bosim ustida yarim o’tkazuvchi membranalardan filtrlash jаrаyoniga asoslangandir.
3.Ion almashinish usuli.
Bu usul оqоvа suvlarni ionitlar yordаmidа tozalashdir. Ionitlar almashinayotgan ionning zaryadiga kura kationit va anionitlarga bulingandir.
4.Еlektroximiyaviy oksidlash usuli.
Bu usul еlektrodlarda oksidlash-qaytarilishi jаrаyonini amalga oshirishga asoslangan bo’lib. оqоvа suvlarni zaharli moddalardan (tsianid, og’ir metal ionlari) tozalashga qo’llaniladi.
Ushbu jаrаyon еlektrolizda amalga oshiriladi. Еlektrolizerga еlektrotok berilganda katodda qaytarilish jаrаyoni xisobiga vodorod yoki metall ajraladi, anodda еsa kislorod eki boshqa gaz ajraladi (еrimaydigan anod bo’lsa) yoki metall еriydi (еriydigan anod bo’lsa).