O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


ASOSIY QISM 1.1 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda empatiyani shakllantirishga ta`sir etuvchi ijtimoiy omillar tahlili



Yüklə 205,5 Kb.
səhifə3/9
tarix25.05.2022
ölçüsü205,5 Kb.
#59542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

ASOSIY QISM
1.1 Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda empatiyani shakllantirishga ta`sir etuvchi ijtimoiy omillar tahlili.
Shaxs hulq atvor dunyoqarashi, tasavvurlari va xulqi masalasi psixologiyada shaxsning rivojlanishi muammosi doirasidagi o`rganilgandir. Xususan, chet el psixologiyasida bu masala «Ahloq psixologiyasi» yo`nalishida maxsus tadqiqotlar doirasida o`rganiladi. «Ahloq psixologiyasi» ning predmeti shaxs hulq atvor taraqqiyoti va kamoloti masalasi bo`lib, u hulq atvor va ahloqiy ong va xulqning turli vaziyatlarda namoyon bo`lishi qonunlarini o`rganadi va fan sifatida emperik psixologiya, amaliy etika hamda amaliy, tadbiqiy pedagogikaning o`ziga xos tarzdagi sintezidir. Bu yo`nalishda faoliyat ko`rsatgan olimlar orasida Jan Piaje ishlari, uning boladagi ahloqiy fikrlashlarning paydo bo`lishiga bag`ishlangan tadqiqotlari 18 alohida ahamiyat kasb etadi. U ahloqiy tushunchalar va hulq atvor tasavvurlar shakllanishining 3-bosqichini farqlaydi: 1. Ahloqiy realizm – 10-11 yoshli bolalarda kuzatiladi; 2. Ahloqiy kooperatsiya – o`smirlar tafakkuri va fikrlashlariga taaluqli; 3. Tenglik ahloqi – o`spirinlik davriga xos tasavvurlar.
J.Piaje tadqiqotlarining bizning izlanishimiz doirasidagi ahamiyati shundaki, u o`smirlar va ilk o`spirinlik yoshida ahloq, odob, ma`naviyat borasidagi tasavvur va bilimlarning o`zgarishida shaxsni o`rab turgan muhit va munozarali sharoitlarning rolini alohida yoritib bergan. Ya`ni guruhda to`g`ri tashkil etilgan gurunglar, baxslar va munozaralar boladagi nafaqat hulq atvor tasavvurlar va tushunchalarga ta`sir etadi, balki uni egoistik mavqedan kechish, ijtimoiy motivlarning kuchayishiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatar ekan. Bu qarashlar ta`sirida paydo bo`lgan G`arb nazariyalaridan biri «Kognitiv taraqqiyot nazariyasi» bo`lib uning tarafdorlari –Lourens Kolberg, Tomas Laykon, Jon Raytlar asosiy e`tiborni shaxsdagi hulq atvor va ahloqiy taraqqiyot bosqichlariga, xususan, har bir bosqichda ahloqiy bilimlar, ularning o`zlashtirilish shartlariga qaratganlar. L.Kolberg nazariyasi shu darajada mashhur bo`lib ketganki, uni «Ahloqlashtirish nazariyasi» ham deb atashadi. Kolberg asosan diqqatni ahloqiy tasavvurlarni qanday shakllanishiga, uning shaxsdagi tushunish darajasiga bevosita bog`liqligiga hamda uni mantiqqa aloqador ekanligiga qaratadi. U bu jarayonning uch bosqichini ajradati: «ahloqqacha bo`lgan bosqich», «ahloqning konventsial bosqichi» va «avtonom ahloq» bosqichi. Har bir bosqichda shaxs tushunchasi va tasavvurlari doirasi turlicha bo`ladi. Masalan, «ahloqqacha bo`lgan» bosqichda bolani emotsional munosabatlari muhim rol` o`ynab, undagi asosiy paradigma quyidagicha:
«Men xohlagan va menga ma`qul bo`lgan narsalarning barcha yaxshi». Buning xulqida qay darajada ifodalanishiga qarab, bola normalar tilida yo rag`batlantiriladi, yoki jazolanadi.
«Konventsial ahloq» darajasining mohiyati shundaki, bola endi o`zi uchun ahamiyatli shaxslar fikriga murojaat qila boshlaydi, ya`ni referent guruh 19 shakllanadi. Konformlilik kuchli bo`lishiga qaramay, shaxs tipik holatlarga qabul qilingan ahloq normalariga bo`ysunishga o`rgana boshlaydi. Eng yuqori, mukammal bosqich hisoblangan «avtonom ahloq» bosqichi esa Kolberg fikricha, har qanday ahloqiy va hulq atvor qadriyatlarga shaxsning ichki tuyg`usi, munosabati borligi bilan izohlanadi. Ya`ni, shaxs go`yoki jamiyat bilan o`zicha, o`z nuqtai va tasavvurlari doirasida «shartnoma tuzadi» va universial etik normalarga bo`ysunishga o`zini majbur qila oladi. Aynan shu davri «vijdon» kategoriyasi asl holda paydo bo`ladi, lekin bunda tashqi muhit, tashqi ta`sirlar roli katta bo`ladi. L.Kolberg nazariyasini tahlil qilar ekanmiz, undagi ayrim jihatlarni alohida ajratishni joiz deb hisoblaymiz.
Birinchidan, bu nazariya ahloq - odob va ma`naviyatni o`ziga xos, betakror soha sifatida ajratadi, ya`ni u aynan shaxsning ahloqiy, hulq atvor taraqqiyotiga qaratilgandir.
Ikkinchidan, bu nazariya aynan tadbiqiy xarakterga ega bo`lib, tarbiyachi va pedagoglar G`arb shartsharoitlaridan kelib chiqqan holda, yoshlar hulq atvor tarbiyasiga ta`sir etuvchi omillar rolini amalda idrok qilishga imkon beradi. Bu bilimlar tarbiyaviy ta`sirlarga differentsial yondashuvni ta`minlaydi.
Uchinchidan, bu nazariya ahloqiy mulk mezonlarini tushunishga imkon beradi va bunda shaxsdagi bilimlar, tasavvur va tushunchalarni ahamiyatli ekanligiga tadqiqotchilar diqqatini qaratadi. Rus olimi I.S.Kon fikricha, bu G`arbda tan olingan va o`ta mashhur nazariyalar qatorida bo`lsa-da, lekin uni yagona va eng mukammal nazariyalardan, deb tan olib bo`lmaydi. Chunki uning dastlabki ikki bosqich to`g`risidagi g`oyalari AQSh, Angliya, Kanada, Meksika, Turkiya davlati, Gonduras, Hindiston, Yangi Zelandiya, Tayvandda sinovlardan yaxshi o`tgan bo`lsa-da, ammo qolgan mamlakatlarda yuqori qimmatga ega bo`lmagan. Qolaversa, O`zbekistonlik psixolog V.A.Tokarevaning fikricha, shaxs ahloqiy taraqqiyoti darajasini uning «bilimlari va aqliy salohiyati bilangina chamalab bo`lmaydi. Chunki u bir tomonidan ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotning mahsuli bo`lsa, ikkinchi tomondan, shaxs tomonidan ahloqiy, xulq atvor etuk bo`lish xohishi bo`lishiga ham bog`liq jarayondir». 20 Shaxs kamolotida xulq atvor tushunchalar va tasavvurlarning o`rnini o`rgangan g`arbdagi mashhur nazariyalardan yana biri neofreydizm bo`lib, uning ildizlari bevosita Z.Freydning psixoanaliz nazariyasiga borib taqaladi. Ma`lumki, Freyd «egoizm», «ahloqsizlik», «vijdon» va «ahloqiylik» tushunchalari atrofida ko`plab psixoanalitik tadqiqotlar o`tkazgan bo`lib, ularning manbaini ongsizlik sohasida ro`y beradigan psixologik jarayonlarga olib borib taqagan edi. Shaxsning jamiyat bilan munosabatlarini boshqaruvchi psixologik mexanizmlarga «vijdon» va «egoizm» hislarini kiritgan Freyd, ahloqiy tasavvurlarning mazmuni ko`proq shaxsning ustanovkalariga, hissiyotlariga, ongsiz instinktlariga bog`liq, deb e`tirof etgan edi. Hamdo`stlik davlatlarida faoliyat ko`rsatayotgan psixologlar ham ma`lum ma`noda bizni qiziqtirayotgan muammoga bag`ishlab tadqiqotlar o`tkazganlar va ularga hulq atvor ahloqiy tarbiya tamoyillarini ishlab chiqish bo`yicha yutuqlarni ham qo`lga kiritganlar. Biz ana shularning ayrimlarigagina to`xtab o`tmoqchimiz. Shaxs ahloqiy va hulq atvor taraqqiyoti kabi murakkab, keng qamrovli muammo bu tadqiqotlarda bir necha yo`nalishlar bo`yicha olib borilgan, masalan, ahloqiy tasavvur va tushunchalarni o`rganish (A.Alyakinskaya, A.P.Gutkina, G.V.Dragunova, V.A.Krutetskiy, P.I.Rasmoslov, T.V.Rubtsova, A.A.Shnirman va b.q.), shaxs ahloqiy xatti-harakatlarining motivlari va motivatsiyasi (L.I.Bojovich, N.A.Jidaryan, e.V.Subbotskiy, P.M.Yakobson, S.G.Yakobson va b.q.), shaxsning ahloqiy ideallarini o`rganish (V.Bitsev, F.R.Gonsales, Z.I.Grishanova, N.I.Zagorenko, L.Yu.Dukat, M.G.Kazakina, L.e.Raskin, Z.Safonov, N.I.Sudakov va b.q.), alohida ayrim ahloqiy hislatlarning shakllanishi (N.B.Andrianova, R.Ibroximova, K.Muzdiboev, M.Sh.Rasulova, V.A.Tokareva va boshqalar), ahloqiy e`tiqodlarning shakllanishi (A.M.Bardian, I.M.Krasnobaev, A.L.Maliovanov va b.q.) bo`yicha ilmiy ahamiyatga moyilik ishlar amalga oshirilganki, ular ahloqshunoslik nazariyasi va amaliyotini qimmatli ma`lumotlar bilan boyitadi.



Yüklə 205,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin