Birinchi bosqich-tayyorgarlik bosqichi. Unda har xil vositalar yordamida material o`rganiladi, dastlabki ma’lumotlar to`planadi, Birinchi bosqich yakunida tadqiqotchi o`z taxminining to`g`ri yoki noto`g`rilgi haqida tasavvurga, nima qilingan, nimadan boshlash haqidagi gipotezaga ega bo`ladi.
Ikkinchi bosqich - eksprimental (tajriba) bosqichi bo`lib, bunda tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o`z navbatida bu bosqich birin-ketin qo`llaniladigan qator bo`g`inlarga – eksperiment seriyalariga bo`linadi. Tadqiqotning uchinchi bosqichi - tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik appartini - dastlab ilgari surilgan gipotezaning tasdig`i tarzida olingan xulosalarning haqqoniyliligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli xildagi statistik usullarni va ehtimollik nazariyasining asosiy qoidalarini qo`llashning taqozo qiladi.
Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi - olingan ma’lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilingan, gipotezaning to`g`ri yoki noto`g`riligini uzil - kesil aniqlashdan, ularni sinab ko`rib, aniq xulosaga kelish bosqichi.
XULOSA O`quvchining empatiya hususiyatlari juda ko`p psixolog olimlar tomonidan yoritilganligiga qaramasdan, bu muammoning fanda hali ishlanmagan muayyan qirralari mavjuddir. Hozirgi davrda milliy qadriyatlarga nisbatan e`tiborning ortganligi tufayli milliy xarakter, milliy qiyofa, milliy his-tuyg`ularga qiziqish ko`chayayotganligini ko`rish qiyin emas. Shuning uchun biz o`z tadqiqotimizda mana shunday muammolarga oid shaxsiy izlanishlarimizni amalga oshirdik.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning empatiya shakllanishida tashqi muhitning, ya`ni milliy an`ana va urf-odatlarning ta`siri uqidagi mavjud qarashlar, nazariyalar va yo`nalishlar tahlili bu muammoni davr uchun dolzarb ekanligini dalillab berdi.
Birinchidan, tajriba natijalariga ko`ra, empatiya hususiyatlari faoliyatning u yoki bu turiga nisbatan munosabatida aks etishidan kelib chiqib, milliy an`ana va urf-odatlarga ilk o`spirinlarning munosabatini tekshirish, ular xulq-atvorida namoyon bo`ladigan kelishuvchanlik, hukmronlik, mustaqillik, mas`uliyatlilik, bo`ysunuvchanlik, hamkorlik, tobelik, uyatchanlik, shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik, jamoatchilik, tashkilotchilik singari hislatlar ustuvorligi namoyon bo`ldi.
Ikkinchidan, shaxs empatiya hususiyatlarining shakllanishi uning xulq-atvorida ma`lum sifatlarni namoyon qilish mumkinligi borasidagi mustaqil davlatlar xamdo`stligi mamlakatlari va respublikamiz olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy nazariyalar va ilmiy qarashlarga tanqidiy yondoshildi va o`rganildi. Ularning bu borada olib borgan ilmiy ishlarining salmog`i belgilandi.
Uchinchidan, kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning empatiya hususiyatlari milliy an`analar va ijti.moiy omillar ta`sirini o`rganishning muhim metodologiyasi hamda tadbiq etish usullari maqsadli tarzda ishlab chiqildi. Aniq maqsad va mazmunga ega ijtimoiy ta`sirlar dars va darsdan 65 tashqari tashkil etilgan tadbirlar o`quvchilar hulq atvor tasavvurlariga bevosita ta`sir etishi va undagi adaptiv-o`zgaruvchan va moslashuvchan sifatlarini shakllantirishi isbot qilindi. Ya`ni adaptiv hislatlarning ayni vaziyatlarda takrorlanishi shaxsning hulq atvor fazilatlari shakllanishiga asos bo`ldi.
To`rtinchidan, mahalla, oila, maktab muhitida milliy urf-odat va an`analar o`spirin hulq atvor tasavvurlaridagi barqaror hislatlar shakllanishi uchun shartsharoit ekanligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlandi. Olingan natijalar tahliliga qaraganda, oila ta`sirida kelishuvchanlik, bo`ysunuvchanlik, tobelik, uyatchanglik, itoatkorlik hislatlarining shakllanishi muqarrardir. Tajribalarda to`plangan ma`lumotlarga binoan maktab va mahalla jamoatchiligi ta`sirida hukmronlik, mustaqillik, hamkorlik, javobgarlik, mas`uliyatlilik, ustunlilik, kelishuvchanlik, boshliqlik, rahbarlikka intilish, xushchaqchaqlik, vazminlik kabi hislatlar, shuningdek, shaxsning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalovchi manmanlik, shubhalanuvchanlik, ishonchsizlik kabi illatlar o`spirinlar xulq-atvorida shakllanishi ko`zga tashlandi. Etik suhbatlarda milliy odob-ahloq namunalari aks etgan materiallar, donishmandlarning tarbiya borasidagi qarashlari, rivoyat va afsonalari, o`quvchilarning fikr-mulohazalari, uni o`z xatti-harakatiga tadbiq qilishlari kuzatildi. Bularning barchasi ilgari surilgan gipotezalarning tasdiqlanishiga to`la imkon yaratdi. Darslardagi milliy urf-odatlar, udumlar aks etgan o`zbek yozuvchilarining asarlaridagi milliy xususiyatlarga e`tibor hozirgi kunimizdagi urf-odatlarga solishtirilib, xalqimiz tomonidan ularga amal qilinayotganligi, o`quvchilar esa ularga bevosita kundalik xayotda ahamiyat berayotganliklari tug`risidagi fikrlar ijobiy ta`sir natijasidir. Asar qahramonlarining milliy madaniyati va ma`naviyatiga alohida e`tibor berilib, hozirgi kundagi kishilar hulq atvor tasavvurlari bilan solishtirilishi evaziga sinaluvchilarda milliylik tuyg`usi shakllandi. Mashg`ulotlardagi o`zbek milliy urf-odatlari va udumlarining kelib chiqishi, mohiyati, kishilar xulqini boshqarishdagi roli to`g`risidagi ma`lumotlar, rolli o`yinlar ularda hulq atvor tasavvurlarini barqarorlashtirishga ta`sirchan vosita ekanligini ko`rsatdi. Mahalla jamoatchiligi ta`sirida uning faollari ko`magi bilan uyushtirilgan ijtimoiy faollikka etaklovchi tadbirlar (hasharlar) taqlid, ta`sirot, ta`sirga berilish vositalari ijobiy hislatlar tarkib toptirishga olib kelishi dalillandi. Noan`anaviy darslar ta`sirida o`quvchilarni mustaqil dars tashkil qilishlari, faol ishtirok etishlari, mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil ravishda o`rganishlari, o`z fikrlarini bayon etishlari, o`zaro qo`llab-quvvatlashlari, o`rtoqlari fikrini tinglashlari va mulohaza qilishlari hulq atvor tasavvurlari shakllanayotganligidan dalolat beradi.