O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganish



Yüklə 205,5 Kb.
səhifə5/9
tarix25.05.2022
ölçüsü205,5 Kb.
#59542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

1.3.Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatlari va tasavvurlarini o`rganish.
Biz shakllantiruvchi eksperimentda o`zida milliy an`ana va udumlar mazmunini mujassam etgan ijtimoiy omillarni o`rganishdan avval tadqiqotimiz ob`ekti bo`lmish kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning shaxs sifatidagi hislatlarini o`rgandik va shu maqsadda tekshiriluvchilarni ikki guruhga – nazorat va tajriba guruhlarga bo`ldik. Maqsadimiz–eksperimental vaziyatlarda xulq atvor tasavvurlar o`zgarishi oqibati sifatida adaptiv hislatlar o`zgarishini kuzatish edi.
Tadqiqotimizda kichik maktab yoshidagi o`quvchilar xulq atvor tasavvurlarini, ularning milliy an`ana va urf-odatlarga nisbatan munosabatlarini anketa va kuzatish metodlari yordamida o`rganishni davom ettirdik. Ular xulqatvorining qay darajada shakllanganligini aniqlash uchun mukammal, standartlashgan, amaliyotda qo`llanilgan, mashhur Timoti Lirining «Xarakter xususiyati» deb nomlangan testidan foydalandik. Bu test inson xarakter xususiyatlarining qay darajada rivojlanganligini, o`z-o`ziga nisbatan munosabatini baholashga yordam beradi. Bu test yordamida insonning xarakter xususiyatlari 8 ta bo`limda to`la, batafsil aniqlanadi va ular quyidagilardan tashkil topadi.
1. Ustunlilik-hokimlikka intilish.
8 va undan past ballar to`plagan o`quvchi o`ziga ishonadigan, yaxshi maslahatchi bo`la olish, tashkilotchilik va murabbiylik, yo`lboshchilik hislatlarini namoyon qiladi. 8 balldan yuqori ball olgan o`quvchi tanqidni yoqtirmaslik, o`z imkoniyatlarini yuqori baholash, donishmandlarcha gapirish, 40 boshqalar ustidan xukmronlik qilish, buyruq berish ehtiyojining kuchliligi kabi hislatlarni namoyon qiladi.
2. Mustaqillik-xudbinlik.
8 va undan past ballarni yiqqan o`quvchilarda o`ziga ishonch, mustaqillik, kurashuvchanlik xususiyatlari namoyon bo`ladi. 8 dan yuqori ballarga ega bo`lgan o`quvchilarda esa o`ziga bino qo`yish, o`zini boshqalardan ustun qo`yish, boshqalar fikrini mensimasdan va o`z fikrini to`g`ri, deb tasdiqlash hislatlari mavjuddir.
3. Talabchanlik-tajovuzkorlik.
8 ballgacha ko`rsatgichga erishgan o`quvchilarda samimiylik, to`g`riso`zlik, maqsadga erishish yo`lida sobitqadamlilik ustunlik qiladi. 8 balldan yuqori o`rinni egallaganlarda esa haddan tashqari qaysarlik, o`jarlik, o`zini tuta olmaslik kabi hislatlari mavjudligi kuzatiladi.
4. Ishonchsizlik-shubxalanuvchanlik.
8 ballgacha ko`rsatkichni egallagan o`quvchilarda fikrlash va faoliyatni aniqligi, shubxalanish, kelisha olmaslik illatlari kuzatiladi. 8 balldan yuqori darajada esa qasoskorlik, tanqidni yoqtirmaslik, atrofdagilarga ishonchsizlik bilan qarash kabi hislatlar namoyon bo`ladi.
5. Uyatchanlik-yuvoshlik.
8 balldan kam to`plagan o`quvchida kamtarlik, uyatchanlik, boshqalar vazifasini o`z zimmasiga olish kabi xususiyatlar kuzatiladi. 8 balldan yuqorida esa batamom bo`ysunuvchanlik, o`zini pastga urish, aybdorlik xissasining yuqoriligi ko`zga tashlanadi.
6. Ishonuvchan-tobelik.
8 ballgacha boshqalarning yordami va ishonchiga muhtojlik, tan olinishga nisbatan muhtojlik, 8 balldan yuqorida esa to`la tobelik, faqat boshqalar fikri bilan ish yuritish kabi hislatlar ko`zga tashlanadi.
7. Rahmdillik-hamkorlik.
8 ballgacha boshqalar bilan hamkorlik qilish, atrofdagilarga nisbatan samimiy bo`lish kuzatilsa, 8 balldan yuqorida esa o`ta kelishuvchanlik, o`z 41 do`stligini haddan ziyod bildirib turish, boshqalar manfaati yo`lida tinimsizligini namoyish qilish kabi hislatlar uchraydi.
8. Xushmuomalalik-fidoyilik.
8 ballgacha har doim yordam berishga tayyorlik, javobgarlik xissining yuqori darajadaligini ko`rsatadi. 8 balldan yuqori ball to`plagan o`quvchilar esa ko`ngilchanglik, o`ta javobgarlik, o`zgalar manfaati uchun kurashish, altruizm hislatlarining namoyon bo`lishi tavsiflanadi.
Qo`llanilgan metodika qisqa tavsifnomalar tizimi ko`rinishiga ega. Ular bo`yicha har bir sinaluvchi o`ziga, o`z «Men»ga baho beradi. Ushbu kuzatish jarayonidagi shaxsning «men»i uning obrazidir. Undagi 128 ta savol tavsifining har biri o`zining tartib raqamiga egadir. Metodikasining modifikatsiyalashtirilgan turida maxsus setka, ya`ni javob varog`i ko`zda tutilgan. Unda 1 dan 128 gacha bo`lgan raqamlar shunday ballarni hisoblashga va tez bajarishga imkon beradi.
Sinaluvchi o`zini punktlar bo`yicha baholayotganda setkada o`ziga mos keluvchi tavsiflarning 1 raqami bilan belgilashi, o`ziga to`g`ri kelmagan savollarni esa ochiq qoldirishi mumkin.
Tajribada quyidagi ko`rsatmadan foydalanish sinaluvchilarga taklif etiladi: sizning qarshingizda insonga xos turli fazilatlar jamlangan savollar varog`i turibdi. Siz ularning har birini diqqat bilan o`qib chiqishingiz va ular sizga to`g`ri kelishi yoki kelmasligini aniqlashingiz zarur. Aniqlashingiz zarur. Agar u to`g`ri kelsa, sizning javoblaringizni qayd etuvchi maxsus setkada kerakli tartib raqamiga «1» sonini qo`ying, mabodo to`g`ri kelmasa, u holda hech qanday belgi qo`ymang. Iloji boricha diqqat bilan oshkora bajaring. Toki sizni qaytadan tadqiq etish zarurati tug`ilmasin. Shunday qilib, «siz, qanday shaxs – siz?».
Shu o`rinda biz olingan ma`lumotlarni qayta ishlash uchun metodikaning ba`zi bir muhim tomonlarini tushuntirib o`tamiz.
0 dan 16 gacha bo`lgan oktantlar bo`yicha son ko`rsatkichlari oktantning raqamiga mos keladigan koordinataga joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa 4 ga 42 bo`linadi: 0, 4, 8, 12, 16 har bir oktant bo`yicha olingan ballarga muvofiq satxda chiziqlar tortiladi. Ko`proq belgilangan oktantlar individning shaxslararo munosabatlarining ko`pincha namoyon bo`ladigan xususiyatlariga to`g`ri keladi. 8 balldan oshmagan xususiyatlar uyg`un rivojlangan shaxslarga taaluqliligini bildiradi. 14-16 sathga etadigan ballar ijtimoiy moslashuvning qiyinligidan dalolat beradi.
Shaxslar orasidagi munosabatlarning birinchi tipi – I, II, III, IV, ya`ni I va II oktantlar fikrlashda mustaqillik, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, liderlikka, ustunlikka moyillik bilan farqlansa, III va IV oktantlar esa salbiy oqimlarning ortiqliligi va janjalga, konfliktga, nizoga moyilligi bilan tavsiflanadi.
Qolgan boshqa 4 ta oktantlar V, VI, VII, VIII, - umumiy qarama-qarshi ko`rinishga ega. Bu oktantdagi ballarning mavjudligi atrofdagilarga qo`shilish, murosaga moyillik, qat`iyatsizlik xususiyatlarining namoyon bo`lishi bilan farqlanadi.
Shuni eslatib o`tish joizki, bu eksperiment ob`ektidagi maktablarning 226 nafar yuqori sinf o`quvchilaridan 80 nafari pedagogik-psixologik tajriba uchun tanlab olindi. Bulardan tashqari boshqa ob`ektlarda ham qo`shimcha tajribalar o`tkazildi va qo`shimcha metodikalardan foydalanildi.
Ushbu test bo`yicha olingan natijalar 1-jadvalda mujassamlashtirildi.
Har ikkala guruh o`quvchilarining har bir oktantlar bo`yicha to`plagan ballarining yig`indisini ularning soniga bo`lib, so`ng har ikkala guruh qatnashchilarida mazkur hislatlarning qay darajada rivojlanganligini o`rtacha arifmetik qiymati hisoblab chiqildi.



Yüklə 205,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin