O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar empatiya shakllanishiga ta`sir etuvchi omillarni o`rganishning metodologiyasi



Yüklə 205,5 Kb.
səhifə4/9
tarix25.05.2022
ölçüsü205,5 Kb.
#59542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

1.2. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar empatiya shakllanishiga ta`sir etuvchi omillarni o`rganishning metodologiyasi.
Har bir xalqning psixologik xususiyatlari milliy xarakterida, qobiliyatlari, didida, uning ijtimoiy tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanib kelayotgan barqaror hislatlarida mavjud bo`ladi. Xalqning ruhiy holati uning milliy madaniyatida, tilida, ya`ni adabiyotida, me`morchiligida, qo`shiq, musiqa, kiyinish va urf-odatlarda aks etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot xalq madaniyatining umumiy mazmunini o`zgartirsa ham, ajdodlar yaratgan ma`naviyatdagi ilg`or mazmun va shakllarini, xalqning milliy va ruhiy xarakterini ifodalovchi va bashariyatga xizmat qiladigan tomonlarini saqlab qoladi. Ana shularga ko`ra an`analarni avlodlar birligi va bolanishini ifoda etuvchi vosita sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq. An`analar tarixiga nazar tashlasak, madaniyatshunos olim U.Qoraboevning ma`lumot berishicha, an`analarning ilk shakllari ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Olim o`sha paytdagi «Orgaist bayramlar»ni misol qilib keltiradi. Bu an`anadagi «erkaklikka o`tish» marosimini u quyidagicha ta`riflaydi:
«O`spirin bu marosimga uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rib, o`zining hayotga tayyorligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. U marosimda qiynalgan, sinalgan, xullas, imtixondan o`tkazilgan. So`ng esa u bolalik odatlarini tashlab, kattalarga qo`shilgan, birga ovga borib mehnat qilgan». An`analar, urf-odat va marosimlar ana shu tariqa paydo bo`lib, avloddanavlodga o`tib, shakllanib, rivojlanib, har bir avlod, xalq millat taraqqiyotining ijtimoiy tarixiy bosqichlarida o`zining o`chmas izini qoldirib kelmoqda.
An`ana grekcha «tradition» so`zidan olingan bo`lib, «o`tkazaman» degan ma`noni anglatadi. Agar unga ta`rif beradigan bo`lsak, an`ana ijtimoiy hodisa bo`lib, kishilar ongida va hayotida o`z o`rnini topgan, ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo`lgan, hodisalarning juda keng doirasini qamragan, avloddan-avlodga o`tib, takrorlanib turadigan, umum yoki ma`lum guruh tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalardir. 29 Urf-odat – ma`lum sharoit ta`sirida vujudga kelib, kishilar turmushiga singib ketgan, kundalik hayotda uchrab va ma`lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko`pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalaridir.
Marosim-inson hayotida muhim burilish daqiqalarini qayd etadigan, rasmiylashtiradigan, bevosita kishilar guvohligida va ruhiy ko`tarinkilik vaziyatida o`tadigan, bajarilish qat`iy ketma-ketlikda talab qilinadigan, o`zining umum qabul qilingan ramziy harakatlariga va tuzilishiga ega bo`lgan hayotiy tadbirdir. Milliy an`analar va urf-odat ahamiyat jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalardir, lekin teng kuchli tushunchalar deya olmaymiz. Chunki birinchidan, milliy urf-odat va an`analarning umumiyligi hulq atvor hayot mahsulidir. Ikkinchidan, avloddan-avlodga o`tib boradi, uchinchidan, kishilar fikri va tuyg`ularini mustahkamlaydi, qolaversa, ularni birlashtirib turuvchi kuchli vositaga aylanib qolishligidir. Biroq ularning teng kuchli emasligi, birinchidan, urf-odatlar an`analardan ilgari yuzaga kelganligi, ikkinchidan, «an`ana» tushunchasi «urf-odat» tushunchasidan kengroq ma`noga ega ekanligi, uchinchidan, urf-odatlar an`analardan harakat doirasi bo`yicha emas, balki ijtimoiy funktsiyasi bilan farqlanishidir. Urf-odatlar u yoki bu aniq holatda, marosimda inson qanday amallar bajarishi kerakligini aniq ko`rsatib beradi. An`analar esa aniq holatlar uchun emas, balki xulq atvor sifatlarni namoyon etishga qaratilgandir.
Masalan: yigit va qizning voyaga etib uylanishi yoki turmushga chiqishi an`ana, uning o`tkazilishi marosim, marosimdagi amallarning bajarilishi esa urf-odatdir. Keyingi yillarda an`ana, urf-odat masalariga qiziqish ortib bormoqda. Bunday qiziqishinig ortib borishi, birinchidan, jamiyat tomonidan milliy qadriyatlarga nisbatan alohida munosabatning shakllanayotganligini, ya`ni bolalar xarakteri shakllanishida milliy urf-odatlardan foydalanish bilan, ikkinchidan, ularning tarbiyasida yo`l qo`yilgan ba`zi kamchiliklar va xatolar natijasida turli qonunbuzarliklar, o`spirinlar orasidagi uyushgan 30 jinoyatchilikning kelib chiqishi, noxushliklarning oldini olishda maktab, oila va mahalla jamaotchiligining inson xarakteriga, unda shaxsga oid hislatlarni rivojlantirishga nisbatan ta`sirining kuchayishi bilan tushuntirish mumkin. Respublikamiz xududida yashovchi har bir millatning o`ziga xos madaniyati mavjud bo`lib, bu madaniyat milliylikni ifodalaydi.
O`zbek oilalarida milliy o`ziga xoslikning xulq-atvorda, shaxs sifatlarida, hattoki, uy qurilishi, oziq-ovqat va oilaviy munosabatlarda qanchalik aks etishi, isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Misol uchun non, bu tiriklik mazmuni, hayot manbaidir va u shu bilan birga dasturxonimiz ko`rkidir. Shu boisdan ajdodlarimiz nonni muqaddas deb bilganlar va u haqida qo`shiqlar, dostonlar to`qiganlar. erda yotgan bir burda nonni ham darhol olib ko`zimizga surtishimiz, ehtiyotlab, pokiza joyga qo`yishimizning boisi ham nonga bo`lgan buyuk muhabbatimiz va e`tiqodimizning ongimizga singdirilgan tarbiyaviy ta`sirning mahsulidir. Non bilan bog`liq milliy udumlar ham ota-bobolarimizning behad donishmandligidan dalolat beradi.
Zero, xalq nazarida hamma narsa: or-nomus, vijdon ham, iymon ham nonni e`zozlashdan boshlanadi. Inson xulqi va xatti-harakatini tartibga solish va boshqarishda ijtimoiy odatlar alohida ahamiyatga egadir. Ahloq, xulq namunalari ko`p marta takrorlanib odamning sezgi e`zolarida mustahkamlanib boradi va asta-sekin odatga aylanadi. Ularni kundalik hayotda uzluksiz ravishda takrorlanib turishi ehtiyojga aylanib boradi.
Milliy urf-odatlar shaxs xulqini solishga xizmat qiladi va ular ongni ortiqcha zo`riqishlardan holi etib, insonning istak va maqsadlari mushtarakligini yuzaga keltiradi. Tashqi qo`zg`atuvchilar bo`lib hisoblanmish milliy urf-odatlar va an`analarni bola o`zlashtirmaganiga qaramay, unga ta`sir eta oladi. Inson odatlarni to`liq o`zlashtirib olganidan so`ng uning ichki boshqaruv funktsiyasiga aylanadi. An`analar, urf-odatlar ijtimoiy psixologik holat sifatida insonning ideallarini, didini, ehtiyojlari va dunyoqarashini, ishonch va e`tiqodini, shaxs faolligini belgilaydi. 31 Masalan, qadimdan uzoq safarga otlanilganda «sening sha`ningga gard yuqtirmay qaytayin», degan ma`noda ostona o`pilib, garchi ko`zga surtiladi. Safardan qaytilgandan so`ng ham ostona hurmati bajo keltiriladi. Oilada voyaga etayotgan farzandlar kattalarning bu xatti-harakatlarini anglab etmasalar-da, lekin kuzatib boradi. Hamda sekin-asta ularning mohiyatini tushuna boshlaydi. O`spirin ostonani muqaddasligi, uning sha`ni, oila, mahalla, qarindoshurug`larning obro`si ekanligi ko`cha-ko`yda, do`stlar orasida xizmatda va mehmonda bo`lganda ham ijtimoiy odatlarga amal qilish kerakligini, shu an`analar ta`sirida uning xulqini ba`zi bir hislatlari shakllanib borayotganligini anglay boradilar. Har bir harakat va faoliyatga undovchi kuch bu motiv hisoblanadi. Ehtiyoj, esa harakatga undovchi anglanilgan motiv vazifasini bajarishi mumkin.
An`analar tarkibidagi odatni ado etish kezida shaxsning hulq atvor ehtiyojini milliy urf-odatlar va an`analarni bajarish vujudga keltiladi. U yoki bu urf-odat va an`anani bajarish uchun shaxsda unga nisbatan qiziqish tuyg`usi paydo bo`lishi lozim, bu esa o`z navbatida uning xulqini ma`lum qoidalar asosida tartibga solib turadi. Ehtiyoj bilan uzviy bog`liq bo`lgan motivlar uni harakat qilishga undaydi. Masalan: milliy urf-odat hisoblanmish hasharni olib qaraylik. Ko`pchilik, umumiyat bilan bajarilgan hamkorlikdagi mehnat hamisha qatnashchilarda jo`shqinlik, xo`sh kayfiyat, o`z kuchiga ishonch tuyg`ularini uyg`otadi. Bu esa o`z navbatida mehnat mahsulini mukammal, puxta, chidamli bo`lishini ta`minlaydi. Hasharda shaxslararo munosabatning tub mohiyatini yuzaga kelishi tufayli norasmiy liderlar paydo bo`lishi natijasida kimdir maslahatchi bo`ladi, kimdir boshqaradi, yana kimdir o`zining nimaga qodirligini namoyish qilishga intiladi. Umumiyat bilan ijro etilgan faoliyat mahsulining sifati yuksak bo`ladi. Hasharda qatnashish orqali shaxslarning bir-biri bilan muomila va muloqotda bo`lish ehtiyoji qondiriladiki, bunday ruhiy holatlar hazil-mutoiba, olqish-duolar va ma`qullash shaklida amalga oshiriladi.
Ularning hayotiyligi, ruhiy taskin bera olishi, ishtirokchiga nisbatan psixologik ta`sir 32 o`tkazishning eng o`tkir, eng kuchli vositalaridan biri hisoblanganligi bilan odamlarni umidvorlikka, ijobiy hislatlar sari chorlaydi. Shaxs tomonidan urf-odatlar va an`analarning nechog`lik o`zlashtirilganligi, ongga singdirib yuborilganligi uning xulqini boshqaruvchanlik omilligidan dalolat beradi. Inson u yoki bu tarzdagi aniq harakatni amalga oshirishda motivlar kurashi yuz beradi, lekin haqiqiy qo`zg`atuvchi kuch uning qiziqishi va ehtiyojlarida yotadi. Muayyan mezonni tanlashda kishi o`z xatti-harakati va ahloqiga mos ibrat namunasini, ma`lum bir harakatni amalga oshirish uchun tayyorgarlik bosqichini boshidan kechiradi. Agarda motivlar undovchi yunktsiyani bajarsalar, u holda odatlar tartibga soluvchi vazifani ijro etadilar. Insonning hayoti davomida urfodatlar va an`analarning uzluksiz va ko`p muddatli ta`sir etishi natijasida aniq bir ahloqiy tayyorgarlik, ya`ni uni faoliyatga yo`naltiruvchi tayyorgarlik vositalarini shakllantiradi. Masalan, har bir millat, elatning uyatga nisbatan qarashi bir-biridan keskin farq qiladi. Uyat tushunchasi nihoyatda nisbiy xususiyatga egadir. Janubiy Amerikadagi qadimgi hindular bir umr yalong`och yurganliklari sababli kiyim kiyishdan uyalishar ekan.
O`zbek milliy urf-odatlarimizda esa (uyatning sodda ko`rinishlari) dasturxonga kattalardan oldin qo`l uzatish, kattalarni yoki mehmonlarning gapini bo`lish, voyaga etgan qizning o`z otasiga tik boqishi kabi xatti-harakatlar uyat hisoblanadi. Uyat u yoki bu xatti-harakatni nazorat etib turuvchi yuksak tuyg`udir. Muayyan urf-odat tusini olgan baror qoidadan chetga chiqish odamda ana shu tuyg`uni darhol ishga solib yuboradi, natijada regulyativ yugktsiya faoliyat ko`rsata boshlaydi. An`analarning o`z mohiyati va xususiyati bilan ta`sir etishini quyidagicha tushuntirish mumkin: ilmiy ishlardan ma`lumki, an`analardagi takrorlanish xususiyati uning eng ta`sirchan omilidir. Shaxs xarakter hislatlarining shakllanishida urf-odatlardagi takrorlanuvchanlik xususiyati muhim rol o`ynaydi. Ana shu takrorlanish xususiyati an`ananing shaxsga ta`sir o`tkazishning asosiy omili hisoblanishi mumkin. Bu o`rinda masala shundaki, 33 qanday ijtimoiy ta`sir va tadbirlar vositasida bu jarayonni boshqarish va zarur adaptiv hislatlarni shakllantirishdadir. Kichik maktab yoshi davridagi asosiy va etakchi faoliyat turi o`qishdan iborat. Bundan tashqari, bu yoshda ularda o`zini-o`zi anglashdagi siljish ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu davrda o`z ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aqlzakovatlarini, qobiliyati hamda imkoniyatlarini anglashga intilish kuchayadi, faollashadi.
Xulq-atvorini boshqarish, xis-tuyg`ulari va ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi. Yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo`la boshlaydilar. O`zini-o`zi anglash kegizida o`zini-o`zi tarbiyalash istagi tug`iladi. O`z-o`zini tarbiyalashda ilk o`spirinlik o`zida mavjud bo`lgan nuqsonlarini yo`qotishga harakat qiladi va o`zida ijobiy sifatlarni shakllantirishga intiladi. Bunday faoliyatda o`spirinning eng muhim individual-psixologik xususiyatlari hamda hulq atvor hislatlari shakllanadi. Bizningcha, an`anadagi takrorlanuvchi, avloddan-avlodga o`tadigan xattiharakatlar tizimi m`naviy tasavvurlarning shakllanishidagi takrorlanish jarayonida hamda shaxsning asosiy faoliyat ehtiyojini qondirishda namoyon bo`ladi. Shaxs xulq atvor tasavvurlarning shakllanishi uning butun hayoti davomida o`zgarib, rivojlanib boraveradi. Lekin xulq atvor qiyofasining asosiy qirralari ularni oila a`zolarining faol ishtiroklari bilan, atrofdagi omillarnig ta`siri va omillarga shaxsning munosabati natijasida xulq-atvorning yangi hislatlari paydo bo`la bordi. Xulq atvor tasavvurlar nihoyatda mustahkam va doimiy xususiyatlar hisoblanib, uning har bir odamdagi hislatlari yaqqol tarixiy sharoitda ijtimoiy munosabatlarining taraqqiyoti bilan bog`liq holda yuzaga kelgandir. Ana shu jihatdan olganda, har bir tarixiy davrda yashagan odamlarning xuddi shu davrdagi ijtimoiy tuzum manfaatlari bilan bog`liq bo`lgan xulq atvor hislatlari mavjuddir. 34 Odatda har bir shaxsning xulq atvor xususiyati va ularga bog`liq tasavvurlari juda xilm-xil bo`lib, bular uning irodaviy va ahloqiy sifatlariga uzviy bog`liqdir. Bu hislatlarga iroda kuchi, mustaqillik, qat`iylik, chidamlilik, matonat, o`zini tuta bilish kabilar kiradi.
Xulq-atvorning ahloqiy-hulq atvor sifatlari–intizomlilik, mas`uliyatlilik, muruvvatlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonpavvarlik, kamtarlik, kengfe`llilik, tortinchoqlik, kelishuvchanlik, mehnatsevarlik kabilardan iboratdir. Insonda ma`lum bir hulq atvor hislatning paydo bo`lishi va shakllanishi ma`lum bir qadriyatga moslanishi (yo`nalishi), ularga taxminiy baho berishida o`z aksini topadi. Sub`ekt ma`lum bir hislatni ongida loyihalashtirib olganidagina qadriyatga yo`naltirish haqida gap ketishi mumkin. Qadriyatga nisbatan yo`naltirishning shakllanishi ehtiyoj hamda faoliyatga moslashish orqali faollashadi. Ma`naviyat to`g`risidagi mulohaza yuritiladigan odamlarning xatti-harakatlariga e`tibor beriladi. Xuddi shu boisdan ma`naviyatning mohiyati xatti-harakatlarda to`la aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchining psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, oila, mahalla va ta`lim jarayonining talablari darajasi bilan u erishgan psixik kamoloti o`rtasidagi ziddiyatdan iborat bo`lib, ushbu qarama-qarshiliklar uni xulq atvor tasavvurlarining tezkor o`sishi orqali bartaraf qilinadi.
«Xulq atvor tasavvur» shaxsning umumiy tasavvurlari tarkibida bo`ladi. Tasavvur – shaxsning atrof borliq to`g`risidagi bilimlari, uning shaxsiy tajribasi bilan bog`liq hodisalar tizimi. U yoki bu ob`ekt yoxud hodisa bilimning yo`qligi tasavvurning ham yo`qligidan darak beradi. Hulq atvor tasavvurlar «ma`naviyat» tushunchasi bilan uyg`unlashib, jamiyatning, millatning hamda aynan shaxsning ichki ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchadir.



Yüklə 205,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin