Bakalavr
mutaxassisligi : 5111800 – Maktabgacha ta’lim
Guliston-2017
Ushbu uslubiy ko`rsatma pеdagogika fakultеti 5111800 – Maktabgacha ta’lim mutaxassisligi bo’yicha ta'lim olayotgan talabalarga “Maktabgacha pedagogika” fanidan kurs ishini bajarishlari uchun mo’ljallangan.
Kurs ishida talabalar “Maktabgacha pedagogika” fanidan egallagan nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Shu fanning bo’limlari, ta’lim va tarbiya mazmuni, tarbiya turlari bo’yicha uni tashkil etish metodlari kabi masalalarni tahlil qila bilish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Tuzuvchi: Katta o’qituvchi Umarova G.
Taqrizchi: “Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi dotsent Bolibekov A.
Muharrir: o’qituvchi Eshonqulova M.
Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma Guliston davlat universitetining 2017 yil “___” _____ dagi -sonli Ilmiy Kengashida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan.
Kirish O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab, barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasiga jumladan, umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinfga tarbiyaviy ishlar metodikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Har tomonlama yetuk, erkin fikrlay oladigan shaxs, malakali mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari va nutqlari, davlat hujjatlarida ko’p bora takidlanmoqda va bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim tizimidagi islohotlar, eng avvalo, erkin fikrlay oladigan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan shaxs tarbiyasiga qaratilgan.
Talabalarning maktabgacha pеdagogikaga oid bilimlarini o’zlashtirib borishlari yuzasidan olib boriladigan ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etish va mustaqil ishlash ko’nikmasi tufayli talabalar maktabgacha pеdagogikadan mukammal bilim oladilar. Talabalar kurs ishlarini tayyorlashda ko’pgina qiyinchiliklarga duch kеlishlari mumkin. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari o’z navbatida ulardan chuqur mustahkam bilim egallashni talab qiladi. Mustaqil bilimlarsiz amaliy, o’quv – tarbiyaviy ishlaga yondashish mumkin emas. Talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlari avvalo kurs ishlarini bajarish jarayonida shaklanib boradi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida talabalar faqat nazariy ma’lumotlar va tahlillar bilan cheklanib qolmasdan, balki ilmiy tadqiqot metodlari asosida olib brogan kuzatuvlari, o’quv-biluv faoliyatlariga oid suhbatlari, o’quvchi faoliyatini yorituvchi hujjatlar tahlili va boshqa materiallardan unumli foydalangan holda o’zining fikrlari va metodik tavsiyalarini unumlashtiradi. Bu faoliyat kurs ishi rahbari va ayni paytda, talabalarning o’ziga ham alohida mas’uliyat byuklaydi. O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 10 iyun 183- sonli buyrug’iga muvofiq kurs ishlariga rahbarlik, taqriz yozish, reyting nazorati, kurs ishi himoyasini o’tkazish ishlarini har biri uchun vaqt meyorlariga asosan ilmiy rahbarga 3 soat vaqt ajratilishi belgilab qo’yilgan.
Kurs ishlari asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
-talabalarda maktabgacha pеdagogikaga doir adabiyotlar ustida mustaqil
ishlay olish malakasini shakllantirish;
-talabalarni maktabgacha pеdagogikaga doir amaliy tadqiqotchilik
malakalari bilan qurollantirish;
-talabalarni maktabgacha pеdagogikadan egallagan nazariy bilim va amaliy
malakalarini pеdagogik jarayonga tadbiq qila olishga o’rgatish:
-pеdagogik tadqiqot natijalariga tayangan holda mustaqil xulosa chiqarish
ko’nikmasini shakllantirish;
-talabalarda maktabgacha pеdagogikadan egallagan bilimlarini asosli,
ishonchli va erkin bayon qilib bеra olish malakasini tarbiyalash;