166
OTLARNI ISHCHANLIK SIFATIGA KO‗RA BAHOLASH.
Darsning maqsadi:
Har xil yo‗nalishdagi otlarni ishchanlik sifatiga ko‗ra
baholash usullarini o‗rganish.
Kerakli jihoz va materiallar:
Otlarning bonitirovkasi to‗g‗risida
uslubiy
ko‗rsatma, kalkulyator, ruchka, qalam
Nazariy tushuncha:
Otlarning ishchanlik sifatini,
eng avvalo, uning tashqi
ko‗rinishi (suyaklarining baquvvatligi,
muskullarining rivojlanishi, oyoqlarining
baquvvat va to‗g‗ri qo‗yilishi) ga ko‗ra baholash mumkin.
Shuningdek,
dinamometr (kg) yordamida tortish kuchini aniqlash natijalari bo‘yicha maksimal
miqdorda yuk ko‗tara olishi,
yukni tezda yetkaza olishligi, odimlab yuruvchi ot
zotlarida qishloq xo‗jalik ishlarini bajara olishligi, yo‗rtoqi va chopqir ot zotlarida
esa chopqirligi va kompleks sinov natijalariga ko‗ra baholanadi.
Otlarning quvvatini(N)
quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
N
=
t
A
;
mexanikadagi ish formulasi
A = P
s
(tortish kuchining yo‗lga
ko‗paytmasi) ga tengligiga binoan:
N =
t
s
P
ko‘rinishda yozish mumkin. Bunda
v
t
s
ga tengligini hisobga olsak,
N = P
v
shaklida ifodalanadi.
Quvvatning o‗lchov birligi - ot kuchida(o.k.) hisoblanadi, 1 o.k.=75 kg/m/sek
deb qabul qilingan. Ishchi otlarning o‘rtacha quvvati 0,6 – 0,7 o.k. ga teng.
Yo‗rtoqi va chopqir otlarning chopqirligi otchopar (ippodrom)
da sinab
ko‗riladi. Har qanday sinov turi uchun maxsus mashq qilingan 2-6 yoshdagi
otlarga ruxsat beriladi. Otlarni sinash uchun belgilangan
standart masofa va shu
masofalardagi rekord ko‗rsatkichlar quyidagi jadvallarda keltirilgan (19, 20, 21
jadvallar).