28
namayon bo‘lib, ota-onalariga nisbatan yirikligi,
nasldorlik, yashovchanlik va
tashqi muhit sharoitiga moslashish qobiliyati ham ancha yuqori.
Duragay avlod
vakillari tashqi ko‘rinishi jihatidan ko‘pincha dramoder (bir o‘rkachli) tuyalarga
o‘xshaydi, lekin ularning o‘rkachlari old va orqa tomonga qarab ko‘proq
cho‘zilgan bo‘ladi.
Boshining shakli, bo‘yni va junlarining o‘sishi baktrianlar
shakliga xos. Sut va jun mahsuldorligi bo‘yicha oraliq ko‘rsatkichlarga ega.
Туяларни
Туяларни
дурагайлаш
дурагайлаш
Нортуя
Бактриан
Драмодер
23-rasm. Baktrian × Dramoder = Nortuya (Nar, iner)
Uy hayvonlarini ularning yovvoyi ajdodlari yoki yovvoyi ajdodlariga yaqin
bo‘lgan boshqa turdagi hayvonlarni chatishtirib
mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirish, ishchanlik va yashovchanlik qobiliyatini oshirish,
estetik zavq olish
va boshqa xil maqsadlarda foydalanish bo‘yicha turli-tuman seleksiya ishlari olib
borilgan. Shularga misol tariqasida olingan ayrim ma‘lumotlarni keltiramiz.
Zebroid.
Bunday duragay hayvonlarni olish uchun zebra ot,
eshak yoki
ponilar bilan chatishtirilgan. Otalik sifatida odatda zebradan foydalanadi,
ayrim
holatlarda otalik vazifasini hangi eshaklar o‘taydi. Zebroidlar zebradan ayrim
belgilari bo‘yicha farq qiladi: ularning ustiga
minib yurish ancha qulay, tashqi
ko‘rinishi bilan ham ajralib turadi – yarmi otga o‘xshasa, qolgan qismi zebra tusiga
o‘xshash bo‘ladi (24-rasm). Lekin ularni qo‘lga o‘rgatish juda qiyin kechadi.
29
Ulardan olingan avlodlari juda kasalmand bo‘lib, tug‘ilgandan
keyin tez kunda
nobud bo‘ladi. Aksariyat hollarda ulardan nasl olishning ham iloji bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: