25
Xonakilashtirish ta‘sirida hayvonlarda yuz bergan o‘zgarishlar.
Xonakilashtirilgan hayvon va parandalar ustida tanlash, saralash va naslchilik
ishlari olib borildi. Natijada ko‘plab
sermahsul, tezetiluvchan, serpusht zotlar
yaratildi. Nasl berishining mavsumiyligi o‘zgardi, ya‘ni
istagan vaqtda ulardan
nasl olishga erishildi.
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida uning tashqi ko‘rinishi va jussasida
katta o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, qoramollar o‘zining yovvoyi ajdodlari (tur)
ga nisbatan birmuncha kichikroq bo‘lib qolgan bo‘lsa, ot va cho‘chqalarning
hozirgi zotlari aksincha, o‘zlarining yovvoyi ajdodlariga nisbatan kattalashgan.
Yovvoyi hayvonlarga xos bo‘lgan, tashqi qiyofasining
bir xil rangdaligi,
xonakilashtirish jarayonida turli xil rang va qiyofaga o‘zgardi. Qo‘ylarni
xonakilashtirish natijasida, ularning juni mayinlashdi, ko‘pchilik
zotlarida tulash
barham topdi, jun mahsuldorligi bir necha baravarga oshdi. Xonakilashtirish
jarayonida chorva mollarining sut va boshqa xil mahsuldorligi,
nasl berish
qobiliyati ham oshdi. Ularning xulq-atvorida ham o‘zgarish yuz berdi: xonaki
hayvonlar yovvoyi ajdodlariga nisbatan yuvosh bo‘lib qoldi.
Hayvonlarning yovvoyi vakillarini xonakilashtirish ishlari hozirda ham
davom etmoqda. Masalan, tog‘ echkisi (marallar), antilop, los, tuyaqush, qunduz,
tulki, norka, nutriya, ondatra, shinshilla va xokazolar shular jumlasidandir.
Hayvonlarni xonakilashtirish ularning mahsuldorligini
keskin oshirish
imkonini berdi. Shuningdek, yangi zot va gruppalarni yaratish, chorva
mollari va
parandalarni duragaylash natijasida inson ehtiyoji uchun ko‘plab sifatli, arzon
mahsulot etishtirishga erishildi.
Dostları ilə paylaş: