O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

12- rasm. Yovvoyi bankiv tovug‘i. 
13-rasm. Yovvoyi o‘rdak. 
14-rasm. Yovvoyi xitoy g‘ozi 


22 
Kurkalarning qadimgi ajdodi Markaziy va Shimoliy Amerikaning janubiy 
qismidagi o‘rmonlarda keng tarqalgan yovvoyi kurka (Meleagrus gallopono) 
hisoblanadi, ularni Meksika hindulari xonakilashtirgan (15-rasm). 
15-rasm. Yovvoyi kurka 
Tuyalar
- qumloq erli cho‘l va sahrolarda yashashga moslashgan. Ularning 
ikki turi: 
ikki o‘rkachli yoki baktrian 
(Camelus bactrianus) va 
bir o‘rkachli
 
yoki dromedar (Camelus dromedarus) 
mavjud (16 va 17-rasmlar).
16-rasm. Bir o‘rkachli tuya 17-rasm. Ikki o‘rkachli tuya 
Tuyalar eramizdan taxminan 1000 yil avval Markaziy va O‘rta Osiyoda 
hamda Hindistonning ayrim erlarida qo‘lga o‘rgatilgan degan ma‘lumotlar bor. 
Baktrian tuyalar yirikroq bo‘lib, asosan Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, quyi 
Povoljeda, dromedar tuyalar esa Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyoda, Kavkazda 
boqiladi. O‘zbekistonda ikki o‘rkachli, Turkmanistonda esa bir o‘rkachli tuyalar 


23 
ko‘proq yashaydi. Baktrian tuyalar serjun va sergo‘sht, dromedar tuyalar esa sersut 
va vazni jihatidan kichikroq bo‘ladi. 
Cho‘chqalar 
O‘rta dengiz, Shimoliy Evropa, O‘rta Osiyo va Sharqiy Osiyo 
o‘lkalarida oddiy yovvoyi cho‘chqa – to‘ng‘iz (kaban – Sus scrofa) dan kelib 
chiqqanligi aniqlangan. 
Hozirgi cho‘chqa zotlarining deyarli hamma dastlabki ajdodlari: 
Evropa 
to‘ng‘izi, Hindiston to‘ng‘izi va ola to‘ng‘iz
dan tosh asrining oxirlarida kelib 
chiqqan (18-rasm). 
18-rasm. To‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) 
19-rasm. Таrpаn. 


24 
Otlar
qachon va qanday ajdodlardan kelib chiqqanligi to‘g‘risida har xil 
fikrlar bor. Lekin, arxeologik qazilmalar, olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
izlanishlar natijalariga ko‘ra, otlar bundan 10-11 ming yil avval (muzlik davrining 
oxirlarida) o‘rmon otlari va dasht tarpanlaridan kelib chiqqan (19-rasm).
Ular janubi-sharqiy Evropa o‘rmonlari va Osiyoda yashagan. Lekin

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin