O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Seleksiyada hayvonlarning yovvoyi ajdodlaridan foydalanish



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Seleksiyada hayvonlarning yovvoyi ajdodlaridan foydalanish. 
Har xil turga mansub bo‘lgan hayvonlarni o‘zaro chatishtirish duragaylash 
yoki gibridizatsiya deyiladi. Hayvonlar seleksiyasida chatishtirish usularidan 
foydalanishning asosiy maqsadi hayvonlar bioxilma-xilligini saqlab qolish va 
rivojlantirishdir. Hayvonlar genotipi jihatidan qancha bioxilma-xil bo‘lsa, ular 
bilan olib boriladigan seleksiya ishlarining samaradorligi, shuncha yuqori bo‘ladi. 


26 
Buni gibridizatsiya natijasida birinchi avlod duragaylarida yuz beradigan 
geterozislik hodisasini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. 
Hayvonlar seleksiyasida gibridizatsiya usuli bilan quyidagi hayvon turlari va 
zotlari yaratilgan: 
Arxaromerinos.
Ushbu 
zot 
1934-1950 
yillarda 
Qozog‘iston 
Respublikasining Alma-ata
 
viloyatida tog‘li o‘lkalarda yashovchi yovvoyi arxar 
qo‘chqorlarining urug‘i bilan mayin junli prekos zotli sovliqlarni sun‘iy 
urug‘lantirish natijasida yaratilgan. Duragay zotning yaratilish tarixiga nazar 
soladigan bo‘lsak, dastlab Qirg‘iziston tog‘larida yangi otib o‘ldirilgan yovvoyi 
arxar qo‘chqorining urug‘i bilan Novokavkaz zotli mayin junli qo‘ylar 
urug‘lantirildi va ulardan olingan to‘rt bosh birinchi avlod duragay qo‘chqorlarini 
Qozog‘iston Respublikasiga keltirib, ularning urug‘i bilan prekos zotli sovliqlar 
sun‘iy urug‘lantirildi va ikkinchi avlod duragaylari olindi. Ikkinchi avlod 
duragaylari yana sof zotli prekos qo‘chqorlari bilan chatishtirilib, uchinchi avlod 
duragaylari olindi. Ikkinchi avlod duragaylarida mayin jun qoplamlari etarli 
darajada bo‘lmasada, uchinchi avlod duragaylarida, maqsadga muvofiq bo‘lgan 
tipdagi hayvonlar soni anchagina ko‘p edi va ularni ―o‘z-o‘ziga‖ chatishtira 
boshladilar. Duragay hayvonlar yil davomida qo‘shimcha oziqasiz baland tog‘li 
(dengiz sathidan 2,5-3 ming m balandlikda) yaylovlarda boqildi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin