O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Uzluksiz
rivojlanish asosida organizmda muayyan moddalar almashinuv 
jarayoni yotadi. Bu jarayon to‘xtasa, individual rivojlanish ham to‘xtaydi, demak, 
organizm nobud bo‘ladi. 
Notekis 
rivojlanishda organizmning o‘sish tezligi har xil to‘qima va 
organlarda sodir bo‘ladigan modda almashinuv jarayoni hisobiga (vazifasi va 
tarkibi jihatidan) muayyan ravishda o‘zgarib boradi. Masalan, dastlabki rivojlanish 
kunlarida embrionning vazni sekin ortadi, lekin o‘sish jadalligi (vazniga nisbatan) 
tezlashadi. Embrionlik davrining so‘nggi kunlariga borib, aksincha bo‘ladi, ya‘ni 
murtaknng vazni tez ortib boradi, lekin o‘sish jadalligi susayadi. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlari (qoramol, qo‘y, cho‘chqa va hokazolar) 
tug‘ilgach, vaznining nisbiy o‘sish sur‘atlari dastlabki oylarda jadallik bilan ortib 


35 
boradi va qoramollarda 4—6 oyligidan 15—18 oyligigacha, qo‘ylarda 2 oyligidan 
5—6 oyligigacha va cho‘chqalarda 4— 6 oyligida u maksimal darajaga etadi, 
so‘ng asta-sekin pasayadi. Demak, hayvonlarning individual rivojlanishida to‘qima 
va organlari bir xil tezlikda o‘smaydi: embrionlik davrida organ va tana qismlari 
sekinlik bilan o‘sib, tug‘ilgandan so‘ng tezlashadi. 
Rivojlanish
 
barcha hayvonlar organizmida murtaklik davridan hayotining 
oxirigacha davom etadi. Lekin bunda 
navbatlanish
xususiyati kuzatiladi. U ikki 
davrdan: ya‘ni 
embrional va postembrional
(tug‘ilgandan keyingi) davrdan iborat 
bo‘ladi. Shuningdek, har bir davr yana bir necha bosqichlardan tashkil topadi. 
Masalan, L.M. Vinters embrionlik davrini uch bosqichga bo‘ladi: I 
tuxumlik davri 
— 
ya‘ni tuxum hujayra urug‘langandan to segmentlanishigacha va bachadon 
devoriga yopishib olgunicha bo‘lgan vaqt; II 
murtaklik davri — tana 
qismlari va 
organlarining shakllanishigacha bo‘lgan davr; III 
homila davri — 
tana qismlarining 
o‘sish davri. I davr hayvon turiga ko‘ra 7 — 11 kun, II davr — qo‘ylarda 34 
kun, qoramolda 45 kunligida vujudga keladi. 
Professor G. A. Shmidt tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga ko‘ra 
embrional rivojlanishni uchta, ya‘ni: 
murtaklik, xomila oldi 
va 
homila davriga 
bo‘linadi. Murtaklik davri — qoramollarda 34, qo‘ylarda 28, cho‘chqalarda 22 kun 
davom etsa, homila oldi davri — qoramollarda 26, qo‘ylarda 18 va cho‘chqalarda 
16 kun davom etadi. Homila davri esa barcha organ va tana qismlarining o‘sishi, 
ovqat hazm qilish, ayirish kabi organlarning shakllanishi va birlamchi vazifasini 
bajarishi bilan xarakterlanadi. 
Professor P. D. Pshenichniy hayvonlarning postembrional rivojalanishini besh 
davrga, ya‘ni: 
yangi tug‟ilgan davri, emiziklik, jinsiy balog‟atga etish davri, nasl 
berish va qarish davri
ga bo‘ladi. 
Hayvon bolalari tug‘ilgach, 
birinchi davr — 
yangi tug‘ilgan davri boshlanadi 
va u 2 — 3 hafta davom etadi. Bu davr ancha mas‘uliyatli bo‘lib, tug‘ilgan hayvon 
bolalari onasining og‘iz sutidan bahramand bo‘lishi va yaxshi parvarish qilinishi, 
ularning tez o‘sishi va ulg‘ayishiga yordam beradi. 


36 
Ikkinchi davr 
— emizikli davri hisoblanadi va u har xil hayvonlarda turlicha 
bo‘ladi. Bu davrda ham yosh organizm uchun asosiy oziq - ona suti hisoblanadi va 
asta-sekin ular o‘simlik oziqalari bilan oziqlanishga o‘rgatiladi. 
Uchinchi davr 
— 
jinsiy balog‘atga etish davri, 
to‟rtinchisi 
— nasl berish davri va nihoyat 
beshinchisi 
qarish davri boshlanadi. Bunda organizm o‘sishdan to‘xtaydi, moddalar 
almashinuvi jarayoni susayadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin