86
zotlargina sof holda urchitiladi va ular o‘z irsiy xususiyatlarining
ustunligi bilan
ajralib turadi.
Chorva mollari va paranda zotlarini sof holda urchitishda quyidagi
tadbirlardan foydalaniladi: 1) nasl uchun eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan
mahsuldor
vakillarni tanlash; 2) juftlashtirish uchun erkak va urg‘ochi vakillarni
seleksion xususiyatlariga ko‘ra
ajratish; 3) olingan naslni maqsadga muvofiq
boqish va parvarish qilish.
Dunyoga mashhur bo‘lgan mayin junli merinos zot qo‘ylar, arabi zot otlar,
qimmatbaho qorako‘l qo‘y zoti ana shu sof zotli urchitish asosida yaratilgan. Bu
usulning
kamchiligi shundan iboratki, zotning
sifatini
yaxshilash va
takomillashtirish juda sekinlik bilan davom etadi. Lekin bu usulda boshqa yo‘l va
usullardan foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, qorako‘l teri(mo‘yna)sining sifatini
yaxshilash uchun boshqa zot qo‘ylardan foydalanib bo‘lmaydi, aks holda terining
sifati yomonlashib ketadi. Binobarin, urchitish ishlari
faqat muayyan zot ichida
olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: