O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

galma-gal chatishtirish
(geterozislik hodisasini bir necha avlodlarda saqlab 
qolish uchun
);
3) 
qon singdirish
(kam mahsuldorli zotlarni yaxshi zotlarga aylantirish);
4) 
qon quyish
 
( bir martali chatishtirish natijasida bir zotni boshqa zotning 
irsiy belgilari bilan qisman yaxshilash); 
5)
yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish
.
Chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarning kelib chiqishi to‘g‘risida 
xulosa chiqarish uchun, ularning 
qon ulushi
hisoblab chiqiladi. Qon ulushi deganda 
chatishirish uchun foydalanilgan ota-ona zotiga mansub vakillarining 
irsiylanish 
darajasi
tushuniladi. Duragay hayvonning qon ulushi ota va onasining qon 
ulushlarini qo‘shib, olingan natijani ikkiga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Masalan, 
3/4 nisbatda qon ulushiga ega bo‘lgan hisor zotli qo‘chqorlar, shu zotga mansub 
bo‘lgan 1/2 nisbatdagi sovliqlar bilan urchitildi deylik, bunda ulardan olingan 
duragay avlodlarining qon ulashi: 

4
3

2
1
﴿ : 2 =
2
4
2
3


= 5/8 ga teng bo‘ladi. 
Qon ulushini aniqlashda toza zotli yaxshilovchi hayvon 1(bir), 
yaxshilanuvchi zotga mansub hayvon esa – 0(nol) bilan belgilanishi qabul 
qilingan. 
Sanoat maqsadida chatishtirish
Sanoat maqsadida chatishtirishda birinchi bo‘g‘in duragaylarida 
geterozis 
(ota-ona ko‘rsatkichidan o‘zib ketish) hodisasidan to‘la foydalanish uchun ikki xil 
zotni bir-biri bilan chatishtirish tushuniladi. Olingan duragaylar nasl uchun 
qoldirilmaydi, chunki keyingi avlodlarda geterozis hodisasi sust takrorlanadi. Bu 
usuldan ko‘proq go‘sht etishtirish maqsadida foydalaniladi. 
Sanoat maqsadida chatishtirishning quyidagi variantlari qo‘llaniladi: 
1)
oddiy sanoat maqsadida chatishtirish (krossbriding); 
2)
uchzotli sanoat maqsadida chatishtirish (triplkrossing); 
3)
duragay erkak hayvonlar orqali amalga oshiriladigan uchzotli sanoat 
maqsadida chatishtirish. 


91 
Sanoat maqsadida chatishtirish usuli qadimdan (xachir etishtirish davridan 
boshlab) chorvachilik amaliyotida qo‘llanila boshlagan. 
Sanoat maqsadida chatishtirish usuli cho‘chqachilikda go‘sht etishtirish 
maqsdida va parandachilikda broyler hamda tovar tuxum etishtirish maqsadida 
keng qo‘llaniladi. Keyingi vaqtlarda qoramolchilik amaliyotida ham bu usul keng 
joriy qilinmoqda. Bu sohada quyidagi ikki yo‘nalishda qo‘llash belgilangan: 
1)
Ikkita go‘sht yo‘nalishidagi zotlarni o‘zaro chatishtirish, masalan sharole 
zotini shortgorn, gereford va aberdin-angus bilan hamda qozoqi oqboshni sharole 
va aberdin-angus zotlari bilan chatishtirish.
2)
Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi buqalar 
bilan chatishtirish (masalan, qora-ola zotli sigirlarni sharole buqalari bilan). 
Respublikamizda bunday chatishtirish ishlari «Qizil shalola» tajriba 
xo‘jaligida olib borilgan. Bunda go‘shtdor aberdin-angus buqalari bilan qora-ola 
zot sigirlar chatishtirilgan va yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan. 
Tovar xo‘jaliklarda, nasl uchun qoldiriladigan yosh mollardan ortiqchasini
yuqoridagi usullar bilan qochirish, go‘sht etishtirishni ko‘paytirishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Sanoat maqsadida chatishtirishni amalga oshirish uchun, odatda, shu 
hududda keng tarqalgan sigirlardan foydalaniladi. Ular mahalliy sharoitga yaxshi 
moslashgan. Boshqa hududlardan keltirilgan sigirlarda ushbu usulni qo‘llash, 
birinchidan mahsulot tannarxini keskin qimmatlashtirib yuborsa, ikkinchidan, ular 
yangi sharoitga yaxshi moslasha olmaydi va ko‘pchiligi kasallanishi mumkin. 
Sanoat maqsadida chatishtirish usulida sigirlarning nasllilik sifatiga uncha 
e‘tibor berilmaydi, chunki bu usul tovar xo‘jaliklarda go‘sht ishlab chiqarish uchun 
mo‘ljallangan. Eng asosiysi, chatishtirish uchun ajratib olingan ona mollar nasl 
bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va naslini emizish uchun sut etarli darajada 
bo‘lishi zarur. Bunda vazndor va duragaylik qon ulushi 3/4, 7/8 va undan yuqori 
bo‘lganlardan yaxshi natijalar olishga erishish mumkin. 


92 
Sanoat maqsadida chatishtirish uchun erkak hayvonlarni tanlashda, ularga 
nisbatan birmuncha qattiq talab qo‘yiladi. Ularni tanlashda sofzotli hayvonlarga 
yon bosiladi. 
Oddiy sanoat maqsadida chatishtirishda biryo‘la uch guruh hayvonlar: ona 
mollar zoti bilan, erkak hayvonlar zoti bilan va ikki zotni chatishtirish natijasida 
olingan 1-avlod duragaylari bilan ish olib boriladi (46-rasm). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin