O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə20/34
tarix03.10.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#151772
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
download-edfiles-22184

Nonning mog’orlanishi. Mog’orlar rivojlanishi uchun qulay bo’lgan sharoitlarda saqlanganda non mog’orlanishi mumkin. Non va non mahsulotlarining mog’orlanishi ko’p hollarda Aspergillus, Penicilium, Mucor, Monilla candida zamburug’lari ta`sirida yuzaga keladi.
Mog’or zamburug’lari tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ular har doim donda mavjud bo’ladi. Ammo xamir zuvalalarini pishirishda zamburug’lar va ularning sporalari butunlay halok bo’ladi. SHuning uchun unda mog’or zamburug’larining bo’lishi mog’orlashga sabab bo’lmaydi.
Mog’or bosishiga mog’or zamburug’ sporalarining pishgan nonga tushishi sabab bo’ladi. Ular rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo bo’lishi bilan mog’orlanish boshlanadi. Mog’orlarning o’sishi va rivojlanishi uchun harorat 5°S dan 50°S gacha bo’lishi kerak. Non mahsulotlarining muzlatib qo’yilishi mog’orlanish bilan bir qatorda kartoshka kasalligi bilan kasallanishning ham oldini oladi. Xonada havo nisbiy namligining yuqori bo’lishi ham mog’orlar rivojlanishini tezlashtiradi.
Mahsulotning namligi mog’orlanishda asosiy omillardan hisoblanadi. Namligi 40-50% oralig’ida bo’lgan non mag’zi qobig’iga qaraganda mog’orlarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. SHuning uchun non mag’zining mog’orlanishi qobiq yorilgan, nami qochmagan joylaridan boshlanadi.
Non qobig’i namligining keskin ortishiga olib keladigan plyonkali materiallarga o’rash nonni mog’orlashiga olib kelishi mumkin. Bo’laklanib plyonkaga o’ralgan nonning mog’orlanish xavfi yuqori.
Zero, nonning bo’laklashda mog’or sporalari ular uchun eng qulay bo’lgan muhitga - non mag’ziga tushadi.
Bir ikki sutka davomida saqlashda (uyda, savdo tarmog’ida) nonning mog’orlanishi kam uchraydi. Biroq uzoq vaqt davomida saqlash uchun mog’orlanishning oldini olishga zarurat paydo bo’ladi. Uzoq muddat saqlanadigan non ekspedisiya xodimlari, geologlar, o’rmonchilarga, kemachilarga mo’ljallangan.
Non tashiladigan va saqlanadigan jihozlarning mog’or sporalari bilan zararlanishining oldini olish uchun ishlab chiqarish binolarida maksimal darajada tozalik saqlanishi va shamollatilishi lozim. Tayyor mahsulotni tashishga va saqlashga mo’ljallangan jihozlar yuvib, dezinfeksiyalanishi kerak.
SHuningdek, quyidagi tadbirlar ham amalga oshirilishi kerak:
 xamirga kimyoviy konservantlar qo’shish. Bu maqsad uchun natriy yoki kalsiy propionatdan (0,3-0,4 %) foydalanish ko’p tarqalgan;
 nonni issiqlikka bardoshli germetik nam o’tkazmaydigan plyonkaga o’rab, mag’zi markazidagi harorat 85-90°S ga yetgunicha qizdirish. Bu usul nonning bir necha oy davomida mog’orlanmasligiga yordam beradi.
 non yuzasi 90 %li spirt bilan sterilizasiyalab, maxsus germetik mahkamlanadigan plyonka materiallarga, qutilarga joylash. Bu yo’l bilan 2-6 hafta ichida mog’orlanishning oldini olish mumkin.
 nonni sorbit kislotasi singdirilgan qog’oz yoki plyonkaga o’rab, germetik mahkamlash. Bu usul nonning 4-6 oy davomida mog’orlamasdan saqlanishini ta`minlaydi.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin