O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari»



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə21/34
tarix03.10.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#151772
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
download-edfiles-22184

Nonning boshqa kasalliklari. Mikroorganizmlar ta`sirida vujudga keladigan bur kasalligi va nonning mag’zi qizil dog’lar bilan qoplanishi turlari ham mavjud. Ammo nonning bu kasalliklar bilan kasallanishi kamdan-kam hollarda yuz beradi. Kasallangan nonning mag’zida bur rangidagi quruq dog’lar paydo bo’ladi. Bu kasallik un orqali xamirga, keyin nonda Endomyces fibuliger achitqi zamburug’larining tushishi va rivojlanishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday non inson salomatligi uchun xavfli emas, ammo iste`mol qilish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Nonda qizil dog’larning paydo bo’lishiga non mag’zida Micrococcus prodigiosum bakteriyalarining rivojlanishi sabab bo’ladi. Bu bakteriya hujayralari rangsiz bo’ladi. Мag’zining qizil rangga bo’yalishi esa, ular ajratayotgan bo’yovchi modda (prodigiozin) ta`sirida sodir bo’ladi. «Mo’`jizali tayoqchalar» deb nomlangan bu mikroorganizmlar spora hosil qilinmaydigan bakteriyalar bo’lib, ular tuproq va suvda uchrashi mumkin. Bu bakteriyaning rivojlanishi uchun qulay harorat 25-30°S atrofida bo’ladi. SHuning uchun non mag’zining bunday bo’yalishi ko’pincha yozda uchraydi. «Mo’`jizali tayoqchalar» bakteriyalari inson organizmi uchun xavfli moddalarni hosil qilmaydi, ammo bunday non iste`mol qilish uchun yaroqsiz.
Kasallik rivojlanishining oldini olish uchun xona devorlari, pollari, deraza va eshiklari, jihozlar va anjomlar qaynoq suv bilan ishlov berilishi lozim. chunki 40°S haroratda bu mikroorganizmlar halok bo’ladi.
Nonning oziqaviy zararsizligi. Nonning ovqatlanishdagi ahamiyati shunchalik kattaligi sababli, uning inson uchun oziqaviy zararsizligi qat`iy tarzda kafolatlangan bo’lishi darkor. O’simlikning rivojlanishi vaqtida kimyoviy o’gitlar, insektisidlar va gerbisidlarning keng qo’llanilishi bu moddalardan ayrimlari inson salomatligiga sezilarli salbiy ta`sir qilishini hisobga olgan holda ularning dondagi qoldig’ini nazorat qilish shart.
Keyingi yillarda donda yadroviy parchalanishning ikkilamchi radioaktiv moddalari mavjudligi kuzatilmoqda. Bu moddalar bilan atmosfera havosi, tuproq, suv, atmosfera yog’inlarining va shundan kelib chiqib don, sabzavotlar, mevalar va sut, baliq mahsulotlarining zararlanishiga, yadroviy qurol sinovlarini o’tkazilishi, yadroviy reaktorlar va qurilmalaridagi baxtsiz hodisalar (masalan, chernobil AESidagi portlash) sabab bo’lmoqda. SHu munosabat bilan don va don mahsulotlarining radioaktiv zararsizligini nazorat qilish dolzarb muammoga aylandi. Don va don mahsulotlarini zararsizlantirish usullari ishlab chiqilgan.
Daladan yig’ishtirib olinmagan va qishda atmosfera yog’inlari ostida qolgan g’alla ekinlarining doni zaharli bo’lishi mumkin. Zamburug’larning don yog’ fraksiyasiga ta`sir qilishi natijasida, odamda alimentar septik angina kasalligi rivojlanishi mumkin. Nonning zaharlanishiga Asp.flavus zamburug’lari ajratib chiqaradigan zaharlar (toksinlar) ham sabab bo’lishi mumkin. Bu zamburug’lar ajratib chiqaradigan zaharli moddalar mikotoksinlar deb ataladi. Zamburug’lar donda, unda va nonda rivojlanishi mumkin. SHuning uchun bu zaharli moddalarning donda, unda, nonda, va mog’or zamburug’laridan olinadigan ferment preparatlarda mavjud bo’lishini nazorat qilish lozim.



Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin