O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə16/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Evropada Vedalarga qiziqish
Ma’lumki, Sharq azaldan o’zining jozibasi bilan dunyo xalqlarini qiziqtirib kelgan. Xususan, hind madaniyati va falsafasi ham doimo tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolmagan. Shunday tadqiqotlarning aksariyati G’arbiy Evropa mamlakatlari olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Evropada Vedalarga qiziqish XIX asr boshida paydo bo’lgan (Angliyada G.T.Kolbruk, keyinchalik R.Rot, T.Benfey, T.Aufrext), A.Veber (Germaniya), M.Myuller (Angliya), D.Uitni (Amerika). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashagan yirik olimlar G.Grasman, G.Oldenberg, A.Xillebrand, R.Pishel, K.Geldner, A.Lyudvig (Germaniya), A.Bergen (Frantsiya), M.Baumfild (Amerika), A.Kit, A.Makdonell (Angliya), oxirgi o’n yilliklarda esa, L.Renu (Frantsiya), I.Xertel, G.Ertel, G.Lyuders, P.Time (Germaniya) va boshqalar Vedalarni o’rganishga muhim hissa qo’shganlar.
Budda ta’limotining yoyilishi va unda insonlarning tengligining e’lon qilinishi
Budda (to’g’rirog’i Buddha, sanskrit tilida – oydinlashgan, nurlangan ma’nosida) Guatama urug’idan chiqqan Siddxartxa ismli shaxs bo’lib, budda­viylik an’anasiga ko’ra, buddaviylik falsafasi va dinining asoschisidir. Siddxartxa Shakyamuni podsho Shuddxodan xonadonida tug’ilgan bo’lib, yoshligida braxman o’qituvchilarining nasihatlarini tinglagan. 29 yoshida saroyni tark etib, Uruviyava o’rmonida tarki dunyochilik holatida mushohada orqali dunyoning abadiy ravishda shakllanib turishini tushunib etgan. Arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, eramizdan oldingi uchinchi asrda kishilar uni erdagi buddaviylik dinining asoschisi hisoblashgan va ushbu din ijtimoiy holatdan yuz o’girishni, zo’rlikka qarshi chiqmaslikni va taqdirga tan berishni targ’ib etgan. Hozirgi zamon fani Budda hayotini eramizdan oldingi 563-483 yillarga taalluqli ekanini ta’kidlaydi.
Buddaviylik qadimgi hind jamiyatida mavjud bo’lgan tabaqalarga (kasta) bo’linish va kohinlarga qarshi chiqqan. Barcha insonlarning tengligining e’lon qilinishi buddaviylikning keng yoyilishiga sabab bo’lgan. Yirik davlatlar tashkil topishi sharoitida braxmanlik dinining kohinlariga qarshi qaratilgan bo’lganligidan, buddaviylik katta davlatlar hukmdorlariga foydaliroq edi. Eramizdan oldingi III asrda shoh Ashoka buddaviylikni qabul qilib, uni Hindistondan chetga chiqib yoyilishiga hissa qo’shgan edi. Budda dini o’z navbatida urf-odatlar, sig’inish marosimlari va aqidalar tizimini ishlab chiqqan. Qadimgi Hindistonda mavjud bo’lgan ruhlarning ko’chib yurishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib, buddaviylik tirik mavjudotlarning qayta tug’ilish aqidasini olg’a surgan. Uning ta’kidlashicha, tirik mavjudotning o’limi uning zarrachalardan tashkil topgan tanasining sochilib ketishi bo’lib, shundan keyin uning yangi unsurlari bo’lgan – dxarmalarning yangidan tashkil topishi yuz beradi.
Dxarmalarning yangi kombinatsiyasi ilgarigi ko’chib yurish doirasida vujudga kelgan barcha xayrli ishlar va gunohlar majmuasiga bog’liq bo’lgan karma orqali tayin etiladi. Buddaviylikning ezgu orzusi – ruhning ko’chib yurish jarayonini to’la barham topishi va shu yo’l bilan go’yo hayot mohiyatini tashkil etuvchi azob-uqubatdan qutulish holati – nirvanaga erishish edi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin