O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə17/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Buddaviylikning falsafiy mazmuni
Buddaviylikning falsafiy mazmuni ikki jihatni o’z ichiga oladi: narsalar tabiati haqidagi ta’limot va bilish yo’llari to’g’risidagi ta’limot. Buddaviylikning narsalar tabiati haqidagi ta’limoti asosida draxmalar – “o’zining belgilariga ega bo’lgan zarrachalar” yoki “bo’lakchalar”, “unsurlar” to’g’risidagi tushunchalar yotadi. Bu ta’limotga ko’ra, draxma-zarrachalar dunyoviy ashyolarning hujayralari kabi butun moddiy va ruhiy olamning jarayonlarida ular tarkibida harakatda bo’lib, har lahza shu’lalanib va o’chib turadi. Uning har bir o’chishi yangidan shu’lalanish va boshqatdan o’chishni anglatadi. Buddaviylik falsafasida dunyoni azaldan doimo o’zgarishda, qaytadan tug’ilishda ko’rish va oqib turgan daryo bilan taqqoslash g’oyasi yotadi.
Buddaviylikda dxarma – unsurlari uchun bir necha tasniflash ishlab chiqilgan. Ilk buddaviylik namoyon bo’lgan borliq – sansara va namoyon bo’lmagan borliq – nirvanaga bo’linishni qayd etgan edi. “Namoyon bo’lgan borliq” charxida bo’lish azob-uqubatlar tortish bilan hamroh bo’lib, undan qutulish – “axloqiy amalning sakkiz a’zoli yo’li”ni tushunishga olib boradi. Buddaviylik moddiy va ruhiy dunyolar yagonaligini ta’kidlaydi. Buni ta’kidlash madxyaliklar falsafa maktabi namoyondalari tomonidan tizimga solib ishlab chiqilgan.
Buddaviylikning bilish nazariyasi
Buddaviylikning ikkinchi jihati, ya’ni bilishning yo’llari haqidagi ta’limot yogacha usulda mushohada qilishning sub’ektiv-g’oyaviy usuli bilan bog’liqdir. Buddaviylik ruhning mavjudligini, ya’ni inson ichidagi alohida ruhiy mohiyatni inkor etadi. Buddaviylik aqidasidagilar inson shaxsining moddiy va ruhiy xususiyatini tashkil etuvchi besh guruh unsurlardan tashqarida alohida mavjud bo’lgan atmanni inkor etadilar. Bu besh unsurlar quyidagilar: 1) ong, 2) tasavvurlar, 3) his-tuyg’u, 4) karma kuchlari, 5) inson tashqi sezgilari (2-ilova). Ushbu sxemada qandaydir o’zgarmaydigan, abadiy ibtidoga o’rin yo’q. Sabab oqibatdan oldin keladi. Inson shaxsi, dunyodagi barcha narsalar kabi o’n ikki a’zoli “sababiy tug’ilish” ifodasida mujassamlashgan sabab va oqibat qonuniga bo’ysunadi. Mavjud insoniy hayot – faqat ilgarigi mavjudlikning xulosasidir, xolos. Ong erdagi hayotning “shaxsiy oqimi” orqali oqib, o’rtadagi holatlar orqali va undan keyin keladigan yangi qayta tug’ilish bosqichlarini bosib o’tib, har lahzada o’z mazmunini o’zgartirib turadi. Ushbu abadiy tashkil topish ko’pincha qadimgi hind falsafiy adabiyotidagi chirog’ shu’lasiga o’xshatiladiki, undagi yonish va o’chish jarayoni to’xtovsiz davom etib, doimiylik tasavvurini tug’diradi.
Namoyon bo’lmagan borliq, ya’ni nirvanaga mansublik esa, chirog’da shu’laning o’chishiga qiyoslanadiki, undagi yog’ ta’mini tamom bo’lgani sababli, u o’chadi. Ammo o’chgan shu’la, yo’qolgan o’t emas, balki boshqa holatga o’tgan shu’ladir. Buddaviylik dialektikasi bo’linib turuvchi oqim tushunchasini ishlab chiqqan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin