O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə61/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Alisher Navoiy va tasavvuf (1441-1501)
Alisher Navoiy XV asrning oxirgi o’n yilligida o’zining “Majolis un-nafois” va islom ma’naviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini yozadi. Bu asarlar nihoyatda muhim manba bo’lib, o’sha davr ma’naviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida qimmatli ma’lumotlarni o’zida jam’ etgan. Bundan tashqari nafaqat tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki islom davri ma’naviyatining boshqa muhim jihatlari haqida ham ko’plab nazariy mulohazalar ushbu asarlar qatidan joy olgan bo’lib, ularni mufassal tadqiq etish milliy ma’naviyatimizni xolis anglab etishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos bo’lib xizmat etadi38. Navoiy 1498 yilda “Lison ut-tayr” (“Qush tili”), 1499 yilda “Muhokamat ul-lug’atayn”, 1500 yili “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib “Muhokamat ul-lug’atayn” (“Ikki til muhokamasi”)da o’zining butun ijodiy yo’lini sarhisob qilib, turkiy tildagi she’riyatning qudratini ta’kidlagan. Unda, jumladan, quyidagi ma’lumot bor: “Chun “Lison ut-tayr” ilhomi bila tarannum tuzup­men, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz suratida ko’rguzupmen”. Alisher Navoiy go’daklik chog’laridan tasavvuf she’riyatining ustozi Faridid­din Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qo’ygan edi. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, o’zining shungacha yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari Borliqning yagona mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab etish imkoni darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni “Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-ma’naviy bosqichdagi sharhi, talqinidir. Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros nihoyatda jo’shqindir.
Navoiy esa, bosiq voqeaband tasvirga urg’u beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni kuchaytiradi. Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga qaraganda olg’a ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi.
Nihoyat Navoiy oxirgi asari “Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) risolasida barcha savollarga yana o’zi javob bergan. Bu asar tom ma’noda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g’oyalarga to’liq bo’lib, XV asrda mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy hodisalarning o’zaro bog’liqligi, yaxlitligi ishonarli ta’kidlangan.
Alisher Navoiy o’zi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “majoz tariqi”, deb nomladi va unda Haq asrori “majoz suvratinda” aks etishini ta’kidlagan. Bu Borliqni o’ziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning: “Dil ba yoru, dast ba kor”, qoidasiga muvofiq bo’lib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga ko’z ochardi. Tavhid ta’limoti va e’tiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi bo’lgan bu diniy dunyoqarash tizimi “Xamsa” va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir lirikasida badiiy in’ikosini topgan.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin