II bob asosiy qism. LOLANAMOLAR QABILASI (Liliales)
Lolanamolar qabilasi 20 yaqin oilaga ega bo‘lib, ular xilma-xil ekologik muhitda uchraydi. Ko‘pchilik vakillari ko‘p yillik o‘t o‘simliklaridir.Gullari yirik, ochiq rangli, ikki jinsli, asosan aktinomorf, 3 a’zoli bo‘lib, 5 doirada joylashgan.Gul qo‘rg‘oni tojsimon, ba’zi vakillaridagina kosachasimon bo‘lishi mumkin. Androtseyi 6 ta erkin changchilardan iborat bo‘lib, 3 tadan 2 doirada joylashgan. Ginetseyi sinkarp, asosan, 3 ta mevabargdan hosil bo‘ladi. Tugunchasi 3 uyali bo‘lib, ustki (chuchmomadoshlar va sapsardoshlar oilasidan boshqa).Mevasi - ko‘sak (chanoq), ba’zi vakillaridagina rezavor.Barglari butun, parallel yoki yoysimon tomirlanishga ega.Bu qabilaning ba’zi turlari oziq-ovqatda, ba’zi turlari esa tabobatda yoki manzarali o‘simliklar sifatida keng qo'llaniladi.Mazkur qabilaga mansub loladoshlar oilasining (10/470) ko‘pchilikturlari en- dem o‘simliklar bo‘lib, ba’zi bir turlari «O`zbekiston qizil kitobi»ga kiritilgan. Boychechak, lola, shirach kabi turkumlari ko‘pgina turlarga ega bo‘lib, cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarida keng tarqalgan. Ko‘pchilik vakillari ildizpoyali yoki piyozli. Gul qo‘rg‘oni tojibargsimon, ikki doira bo‘lib joylashgan (67-rasm). Masalan,lolaning gul formulasi: (1-rasm)
Lola guli (1 rasm)
Qabila 9 ta oilani o'z ichiga oladi.
Savrinjonnamolar qabilasi (Colchicales)Savrinjondoshlar oilasi (Colchicaceae)Qabiladagi eng yirik bu oilaga 47 turkumga
Savrinjon(2-rasm) mansub,400 taga yaqin tur kiradi. Ular ildizpoyali va piyozchali ko'p yillik o'tIar kiradi. Yer yuzida ancha keng tarqalgan. Gullari aktinamorf, ikki jinsli, gulqo’rg’on bo’laklari erkin joylashgan yoki qisman tutashib naycha hosil qiladi. Changchisi odatda 6 tadan, urug` chisi 3 ta mevachibargdan tashkil topgan. Mevasi ko'p bargakli ko'sakcha.O’ zbekistonda 2 ta turkumga mansub 3 ta turi o’sadi.Ta’kidlash joizki, Merendera bilan Colchicium turkumlari oldinlari loladoshlar(Liliaceae) oilasi tarkibida bo'lgan. Manzaraligi jihatdan ular alohida o'rinda turadi.Kesselrring savrinjoni (Colchicum kesselringii) O zbekiston Respublikasi«Qizil kitobi»ga kiritilgan Merendera.sp Kesselrring savrinjoni.(2-rasm)
Gulsafsardoshlar oilasi (Iridaceae)
Bu oilaga 70-80 turkumga mansub, 1800 ta tur kiradi. Ular ildizpoyali, piyozliyoki ildiz tugunakli ko'p yillik o’tlardan iborat.Oila vakillari Yer sharining hamma mintaqalarida uchraydi. Ayniqsa Yerosiyo, Amerikaning janubidagi tropiklarda, 0'rta Yer Dengiz bo yi mamlakatlarida keng tarqalgan. 0'zbekistonda 6 turkumga oid 30 turi o’sadi. Gullari zigomorf, ikki jinsli, gulqo'rgoni 6 bo’lakdan iborat. Mevasi ko'p.
O’zbekistonda o’sadigan gulsafsardoshlardan gladiolus (Gladiolus), za’faron (Crocus), iridodiktium (Iridodictyum) va yunona (Junono)larga oid 5 ta tur 0'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan.Gladiolus (GladioIus.sp), Za’faron(Crocus.sp) Iridodiktium(Iridodictyum.sp) Yunona(Junono.sp)Loladoshlar oilasi (Liliaceae)Bu oilaga 10 turkumga mansub.(3-rasm)