47
uchun har bir taksonomik birlikning oxirini quyidagi qo'shimchalar bilan tugashini
tavsiya qiladi. Bo’lim -
phyta
, ajdod -
opsida
, qabila -
ales
, oila -
aseae
, turkum - us.
O'simlikning nomi yozilganda uning ikkinchi qismi (tur nomi odatda lotin tilida,
atoqli yoki turdosh ot bo’lishidan qat'iy nazar kichik harf bilan yoziladi. Masalan,
Triticum durum
-qattiq bug’doy,
Tulipa qreigi
- Greygi lolasi. Misollardan ko'rinib
turibdiki, bu qoida o'zbek tili qoidalariga to’g'ri kelmaydi. O'zbek tilida o'simlik
nomlari aytilganda uning nomi turkum nomidan oldin turadi. Masalan, Bibershteyn
lolasi -
Tulipa Biebersteinia
; Oq qayin -
Betula alba
- kattik bug’doy -
Triticum durum
va hokazo. Agar lotin tilidan aynan tarjima qilinsa, qayin oq, bug’doy qattik, lola
bibershteyn bo'ladi. Bu qoidaga mos kelmaydi. Lekin lotin tilida o'simlik nomlari
yozilganda
yuqorida
keltirilgan
qoidaga
rioya
qilmoq
zarur.
Botanika
nomenklaturasidagi qoidalardan yana biri shuki, o'simlikning nomi yozilganda albatta
uni birinchi bor tavsifini bergan muallifning familiyasi tur nomidan so'ng to'liq yoki
qisqartirilgan holda yoziladi
Rosa canina Linnaeus
. Bunda Linneyni bosh xarfi, - L
yoki bosh bo'g'ini beriladi: Masalan: Zakirov - Zak, Maximovitschi -Max va xokazo.
Quyida sizga Sistematik birliklarning nomlari va qo’shimchalari shuningdek Dala va
Shoxlangan qirqbo’g’im, Oq gulli namatak o’simliklari sistematik tahlili havola
etilgan. Diqqat bilan tanishib chiqing.
Dostları ilə paylaş: