O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə121/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proyektor,

O‘qitish shakli

Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.

O‘qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.

Monitoring va baholash

Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.



Amaliy mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).

1.1.Eshitadi, yozib oladi

2-bosqich.


Asosiy
(60 min.)

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).

2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Dars ishlanmalarini o‘rganish, tahlil qilish va unda didaktik o‘yin texnologiyasiga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.



Dars ishlanmalarini o‘rganish, tahlil qilish va unda didaktik o‘yin texnologiyasidan foydalanish. (1-ilova)
1.Reja: “O‘ylab top” didaktik o‘yini.


O‘yinning sharti. Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga qarab uchunchi ko‘rinishini topish.
Maqsad. O‘quvchilarga chizmalarni o‘qish va uning ko‘rinishlarini tahlil qilishni, ziyraklik va topqirlikni o‘rganish. Ularda chizmalarni o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Jihozlar. Detallarning ikkitadan ko‘rinishlari sinfdagi hamma o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinadigan kattalikda tasvirlangan plakat - chizmalar. Har bir bosh ko‘rinishlar yoniga uchunchi ko‘rinishni joylashtirish uchun moslamalar (karmonchalar). Maskur detallarning uchunchi ko‘rinishlari chizilib aralashtirib qo‘yiladi. O‘quvchilar detallarning uchunchi ko‘rinishlarini aniqlash paytida ularga ko‘maklashish maqsadida, shu detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellari tayyor qilinib, yashirib qo‘yiladi.
O‘yinning tafsiloti. Detallarning ikkita ko‘rinishlari tasvirlangan chizma doskaga ilib qo‘yiladi. O‘qituvchi birini chaqirib, chizmalar ichidan bitta detalning uchunchi ko‘rinishini tez topib berishni so‘raydi. O‘quvchi esa chizmalar orasidan detalning ikkita ko‘rinishini o‘qib, unga mos uchunchi ko‘rinishni topadi va chizmadagi moslamaga joylashtiradi. O‘yin shu tatibda davom ettiriladi. O‘yin paytida o‘quvchilar detallarning uchunchi ko‘rinishini topishda qiynlasalar, ularga oldin yashirib qo‘yilgan yaqqol tasvirlari yoki modellari ko‘rsatiladi va bular ichidan shu ikkita ko‘rinishga mos keladigan detalni ko‘rsatish so‘raladi. Agar o‘quvchi to‘g‘ri topa olsa, detalning uchunchi ko‘rinishini aniqlash osonlashadi.
O‘qituvchi vazifani tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilarni g‘oliblar deb e'lon qiladi.
Eslatma. O‘yinni baholashdan oldin bir-biridan katta farq qiladigan detallar tanlanib, ularning ikkitadan ko‘rinishlari orqali uchunchi ko‘rinishlarini aniqlash mashq qilinsa, keyinchalik detallarning farqi kamaytirilib boriladi va detalning uchunchi ko‘rinishini topish osonlashadi. Mashq uchun tanlangan detallarni asta - sekin murakkablashtirib borishga e'tibor berish tavsiya etiladi.

2.Reja:“Topib moslashtirish” didaktik o‘yini.




O‘yinning sharti. Detallarning tarqoq joylashtirilgan ko‘rinishlarini jamlab, bir butun kompleks chizma tayyorlash.


Maqsad. O‘quvchilarning chizmalarini o‘qish ko‘nikmalarini tahlil qilishni, topqirlikni o‘rgatish, ularning fazoviy tafakkurini o‘stirish.
Jihozlar. Detallarning uchtadan ko‘rinishlari chizilib, ularni bir-biridan qirqib, karta singari aralashtirib qo‘yiladi. Maskur detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellari ham tayyorlab, yashirib qo‘yiladi.
O‘yinning tafsiloti. O‘qituvchi detallarning aralashtirib yuborilgan ko‘rinishlarini o‘quvchilarga bittadan tarqatadi va ularga har qaysi detalning uchtadan o‘zaro mos ko‘rinishlarini topib kompleks chizma tayyorlashni buyuradi. O‘quvchilar bir-birining qo‘llaridagi chizmalari orqali kompleks chizma tuzishga kirishishadi. O‘quvchilar kompleks chizma tuzishga qiynalishsalar, o‘qituvchi ularga yashirib qo‘yilgan detallarning yaqqol tasvirlarini yoki modellarni ko‘rsatib, ular orqali bosh ko‘rinishlarini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Detalning uchchala ko‘rinishini to‘g‘ri topib kompleks chizma bajarganlar g‘oliblar hisoblanadi.
Bu o‘yinni boshqacha yo‘sinda o‘tkazish ham mumkin. O‘qituvchi detallarning bosh ko‘rinishlarini ma'lum masofada qator qilib magnitli doskaga ilib qo‘yadi va ularning ustdan hamda chapdan ko‘rinishlarini o‘quvchilarga tarqatib beradi. O‘quvchilar detallarning yaqqol tasvirlari yoki moddellariga qarab, ularning bosh ko‘rinishlari ostiga va yoniga ko‘rinishlarini mos ravishda qo‘yib chiqadilar.



2.Reja: “Eng to‘g‘risini topish” didaktik o‘yin.


O‘yinning sharti. Detalning yaqqol tasviriga mos bir nechta ko‘rinishlari orasidan eng to‘g‘risini topish (7.1-chizma).
Maqsad. O‘quvchilarda chizmalarni o‘qish va tahlil qilish masalalarini takomillashtirish, standart talabiga doir bilimlarni tarkib toptirish.
Jihozlar. Diametri 250 mm li beshta doira yasaladi va bittasining diametri to‘rtga, qolganlari uchga bo‘linadi va markazi bilan tutashtirilib sektorlari hosil qilinadi. To‘rt sektorli doiraga to‘rtta turli detallarning chizilgan yaqqol tasvirlari qo‘yiladi. Uchta sektorli doiralarga har bir detalning uch xil variantdagi ko‘rinishlari chizib chiqiladi (7.1-chizma). To‘rt sektorli doiraga qo‘zg‘almas, qolganlari unga urinadigan hamda aylanadigan qilib joylashtiriladi. Uch sektorli doiralardagi ko‘rinishlar markazdagi detallarga mos keladigan vaziyatda joylashtirilishi lozim.
O‘yinning tafsiloti.. O‘qituvchi o‘rtadagi qo‘zg‘almas doiraga chizilgan to‘rt xil detalning yaqqol tasvirlarini ko‘rsatib, atrofidagi aylanadigan doiralarda tasvirlangan uch xil variantdagi ko‘rinishlar ichidan eng to‘g‘ri, standart talabidagi ko‘rinish (lar)ni topib, o‘rtadagi detalning yaqqol tasviriga moslab aylantirib qo‘yish lozimligi tushuntiriladi. Bu vazifani bajarishda chizmachilikdagi ko‘rinishlarga oid barcha standart talablarni qondiradigan variant tanlanishi zarurligi ta'kidlanadi.
O‘quvchilar uch xil ko‘rinishda tasvirlanganlar ichidan eng to‘g‘ri variantni topishga qiynalsalar, ularga standart talabini, ya'ni detalni eng kam ko‘rinish orqali tasvirlashga ahamiyat berish kerakligi eslatib o‘tiladi.
Detallarning yaqqol tasvirlariga mos eng to‘g‘ri ko‘rinishlarni birinchi bo‘lib aniqlagan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
7.1-chizma
Kim tezroq model yasay oladi.
O‘yinning sharti. Simdan yasalgan detallarning ko‘rinishlariga qarab ularning modellari yasalsin.
Maqsad. O‘quvchilarning chizmalarni o‘qish ko‘nikmalarini, fazoviy tafakkurini, ko‘z bilan chamalash qobiliyatini takomillashtirish, turli narsalar yasash mahoratini oshirish.
Jihozlar. Simdan yasalgan detallarning o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinadigan kattalikda chizilgan ko‘rinishlari va yaqqol tasvirlari (7.2-chizma). Alyuminiy yoki mis sim bo‘laklari.
O‘yinning tafsiloti. Simdan yasalgan detallarning ko‘rinishlari tasvirlangan plakatni doskaga ilib, yaqqol tasvirlari esa to‘sib qo‘yiladi. Hamma o‘quvchilarga sim bo‘laklari tarqatiladi va simdan yasalgan detallarning ko‘rinishlarga qarab, ularning modellarini yasash tavsiya etiladi. Simdan yasaladigan model qismlari orasidagi nisbatlar taxminiy olinishi, sim bo‘lagining ortib qolgan qismini kesib tashlash yoki buklab qo‘yish mumkin.
O‘quvchilar modelni yasashda qiynalsalar, detallarning yaqqol tasvirlari biroz vaqt ochib qo‘yiladi.
Eslatma. O‘yinni o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar bilan bilan simdan har xil burchaklar, kvadrat, parallelogram, romb, aylana va hokazolarning modellarini yasab, ularning ko‘rinishlarini chizish yaxshi natija beradi.




Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin