O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Reja: Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining ahamiyati



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə15/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2. Reja: Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining ahamiyati.
Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi-o‘quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish - o‘rganishdir.
Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rganish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni muslahkamlash, tahsil olishda ma'suliyat hissini shakllantirishni nazarda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyatiga olib kelishini aniqlagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil qilishning bir nechta metodlari mavjud. Ular:

  1. Komandada o‘qitish metodi.

  2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish metodi.

  3. Hamkorlikda o‘qitishning “zigzak” yoki “arra” metodi.

  4. Hamkorlikda o‘qitishning “birgalikda o‘qiymiz” metodi.

  5. Kichik guruhlarga ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.

Quyida har bir metod haqida qisqacha axborot beriladi.

  1. Komandada o‘qitish metodi.

Komandada o‘qitish metodini professor r.savin ishlab chiqqan. Bu metodda o‘quvchilarda teng sonli ikkita komanda tuziladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o‘quv topshiriqlarni hamkorlikda bajaradi. Har bir o‘quvchi maqsadni mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qaratadi.

  1. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish metodi.

Bu metodni professor R. Savin ishlab chiqqan. Kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘quvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarni 4 qismga ajratib, har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi. Keyin guruh a'zolari tomonidantopshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘quvchi har bir kichik guruh axboortini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyatini didaktik o‘yinlar shaklida, individual tarzda ham tashkil qilish mumkin.

  1. Hamkorlikda o‘qitishning “Zigzak” yoki “Arra” metodi.

Bu metodni professor E.Arnson ishlab chiqqan. Pedagogik amaliyotda bu metod qisqacha “arra” deb nomalanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tuziladi. Dars o‘zlashtiriladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o‘quvchilar guruhi berilgan topshiriqlarning bittaisni bajaradi va shu qism bo‘yicha “mutaxassisi”ga aylanadi. Keyin guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism “mutaxassisi” bo‘lishi shart. Guruhdagi mutaxassislar o‘zlari egallagan bilimlarni xuddi arra tishlari kabi ketma-ket kelganidek, navbat bilan o‘rtoqlariga bayon qiladi. Mazkur guruhlarda o‘quv materialni mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqadi.
Ushbu “arra” metodini professor R. Savin qisman ovzgartirib “Arra-2” deb nomladi. “Arra-2” metodi endi 4-5 nafar o‘quvchidan tashkil topgan kichik guruhga aylandi. Barcha a'zolar o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o‘quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan kichik guruhlarga o‘tkaziladi. O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a'zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh go‘lib sanaladi.

  1. Birgalikda o‘qiymiz” metodi.

Ushbu metodni professor D. Jonson va R. Jonsonlar ishlab chiqishgan. Bu metodda sinf o‘quvchilari 3-5 boladan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarni to‘liq bajarishlari natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari komandani taqdirlash, o‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.

  1. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.

Bu metod professor Sh.Sharon tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e'tibor qaratilgan.
O‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib borishadi. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh
umumiy xulosa chiqariladi. O‘quvchi har bir kichik guruh axboortini tinglaydi va
test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyatini didaktik o‘yinlar
shaklida, individual tarzda ham tashkil qilish mumkin.
A'zolari birgalikda ma'ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari natijasini e'lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni hisoblanadi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o‘quvchining muntzam va faol aqliy mehnat qilishga, kichik guruhlarni umuman, sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilagan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanilib, yangi bilimlarning o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan barcha metodlarning o‘ziga xos hususiyati, maqsad va vazifalarining ummumiyligi, o‘quvchilarning tahsil olishi va muloqatdagi shaxsiy ma'suliyatini taqozo etishi shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning mavjudligidadir.
Hamkorlikda o‘qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan muntazam ravishda egallab borilayotgan bilish faoliyatini boshqarib boradi va faollashtiradi:

  1. Buning uchun: Qaysi mavzularni hamkorlikda o‘qitish metodlaridan foydalanib o‘rganishni aniqlaydi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilaydi.

  2. Tanlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tavsiya etiladigan o‘quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar tayyorlaydi.

3. O‘tiladigan dars turi, strukturasi va borishini loyihalashtiradi.
4. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida o‘zlashtirilayotgan mavzu yuzasidan test savolli topshiriqlarni tayyorlaydi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin