2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).
2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.
3.3. Uyga vazifa:Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.
3.3.Topshiriqni yozib oladi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi va uning muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishdagi o‘rni. (1-ilova) 1. Reja: Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining mazmuni.
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi barcha o‘qitish metodologiya va metodikalarning ilmiy tahlili natijasida asta-sekin maydonga kelgan hosilidir.
Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi didaktikada dastlab Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Niderlandiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Yaponiya, Amerika Qo‘shma shtatlari, Isroil kabi mamlakatlarning ta'lim muassasalarida keng ko‘lamda sinala boshlanadi. Ushbu hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi turli mamlakatlarada turli yillarda rivojlantira boshlangan. Masalan, AQShda dastlab Kaliforniya universiteti professori J.Arnson tomonidan joriy etilgan. Minesot Universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonsonlar va J.Hopkins Universiteti professori H.Slavin hamda Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sheron tomonidan ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan hamkorlikda o‘qitish asosan, o‘quvchilarda DTS (Davlat ta'lim standarti) va fan dasturlarida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga e'tibor berilgan.
Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda о‘qitish ko‘proq o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralari olib borishni ko‘zda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini to‘ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqoza etadi.