O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə22/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar o‘quvchilarning chizmachilik kursini o‘rganishlari va grafik topshiriqlarni bajarishlarida yordamlashish maq-sadida tayyorlanadi. O‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tekis (plakatlar) va hajmli (modellar va detallar namunalari) qo‘llanmalarga ajratish mumkin. O‘z kasbiga ijodiy yondashadigan chizmachilik o‘qituvchilari faqatgina standart o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan chegaralanib qolmasdan mustaqil ravishda original plakatlarni tayyorlab dars jarayonida foydalanishi ham mumkin. O‘rganilayotgan mavzuning xarakterli tomonlarini ochib beradigan bunday plakatlar ayniqsa o‘quvchilar uchun yangi, tushunishlari qiyin bo‘lgan mavzularda juda katta yordam beradi. Foydalanish usullari va tuzilish printsiplariga ko‘ra ularni statik va dinamik plakatlarga bo‘lish mumkin. Ko‘zlangan mavzuni bitta tekislikda bajarilgan tasvir va shakllar orqali ochib berishga mo‘ljallangan plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamikplakatlar deyiladi.
2-Reja:Dinamik plakatlar.
Standartlar va chizma bajarish asoslariga tegishli plakatlarning doimiy ravishda chizmachilik kabinetida yoki koridorlarda joylashtiri-lishi ularning o‘quvchilar ko‘z o‘ngida bo‘lib, beixtiyor o‘quvchilarning xotirasida saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Yangi mavzularni bayon qilishda “dinamik plakat”lardan foydalanish ayniqsa yaxshi samara beradi. “Dinamik plakat”lar odatda biror chizmani bajarish ketma-ketligi tartibini ochib beruvchi plakatlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bu o‘qituvchiga chegaralangan vaqt ichida o‘quvchilarda nisbatan katta hajmdagi grafik ma'lumotlarni ko‘rsatish va tushuntirish imkonini beradi. “Dinamik” ko‘rgazmali qo‘llanmalarda turli yasashlarning o‘ziga xos xususiyatlari va mohiyatini, chizmalardagi tasvirlarni o‘qish usullari va ketma-ketligini ochib berish imkoniyati katta (1-shakl).


1-shakl. Qirqim hosil bo ‘lishini namoyish qilish uchun dinamik plakat


2-shakl. Qirqim hosil bo‘lishini namoyish qilish uchun dinamik plakat

1- va 2-shakllarda qirqim hosil bo‘lishini namoyish qilish uchun tayyorlangan dinamik plakatlarga misollar keltirilgan. Shakllardan ularni tayyorlash va darsda foydalanish usullarini tushunib olish oson. Bunga o‘xshash plakatlarni o‘qituvchi kursning boshqa mavzulari bo‘ yicha ham loyihalashtirib, maktab ustaxonasida o‘ quvchilar bilan birgalikda tayyorlashi mumkin.
Dinamik plakatlar tayyorlash uchun o‘qituvchidan ko‘proq bilim, mavzuni ularni statik va dinamik plakatlarga bo‘lish mumkin. Ko‘zlangan mavzuni bitta tekislikda bajarilgan tasvir va shakllar orqali ochib berishga mo‘ljallangan plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamikplakatlar deyiladi.
Dinamik plakatlar tayyorlash uchun o‘qituvchidan ko‘proq bilim, mavzuni ochib berishga ijodiy yondashish hamda muammoning noan'anaviy yechimini topish ko‘ nikmalarini egallagan bo‘ lishlik talab qilinadi. O‘qituvchi chizmachilik mavzularini dinamik plakatlardan foydalanib tushuntirsa, o‘quvchilar uni qiziqib tinglaydilar va oson tushunib, o‘rganilgan material ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin