portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
0 0
■ 1
Ш
a о
л
г
■3
Ф
r-t-n Ш
& Ш
4
4
■5
s о
n
Ш
4.1-chizma 4.2-chizma
O'yinning tafsiloti. O‘yinni eng kam ikki o‘quvchi ishtirokida boshlash mumkin. Chizmalar ham domino toshlari kabi aralashtirib teskarisi bilan qo‘yiladi. O‘quvchilar ularni bittalab yettitagacha oladilar. O‘yin qur'aga binoan o‘qituvchi rahbarligida boshlanadi. O‘yinchi o‘zi hohlagan “tosh”ni o‘rtaga tashlaydi. Ikkinchi o‘yinchi o‘rtaga tashlangan detalning ko‘rinishlariga mos yaqqol tasvirini yoki yoki detalning yaqqol tasviriga mos ko‘rinishlarini “tosh”ga ulab qo‘yadi (4.3-chizma). O‘yin shu tartibda davom etadi. Bunda detalning yaqqol tasviriga yoki ko‘rinishlariga mos kelmaydigan chizma qo‘yilsa, noto‘g‘ri yurilgan hisoblanadi. O‘yinchining qo‘lida mos keladigan chizma bo‘lmasa, o‘rtadagi chizmalar to‘dasidan toki mos kelguncha olaveradi. Agar o‘rtadagi chizmalardan mosi topilmasa, u holda yurish navbatini o‘tkazib yuboradi, ya'ni domino o‘yinining qoidasiga rioya qilinadi. Bu yerda yaqqol tasvirga yaqqol tasvir, ko‘rinishlarga ko‘rinishlar qo‘yilmaydi. Faqat yaqqol tasvirga unga mos ko‘rinishlari qo‘yiladi. Ko‘rinishlariga esa mos yaqqol tasviri qo‘yiladi. O‘yinchilar ushbu qoidani eslab qolishlari shart hisoblanadi.
Kim birinchi bo‘lib qo‘lidagi chizmalarni to‘g‘ri qo‘yib tugatsa, o‘yinning g‘olibi hisoblanadi. Agar o‘yin “riba” (“baliq”) bilan tugasa, ya'ni o‘yinchilarning qo‘llarida “toshlar” bo‘lsa-yu, yurish imkoniyati bo‘lmasa, qo‘lida eng kam “toshlar” qolgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. Agar hammada barobar “toshlar” qolsa о‘yin durang bilan yakunlanadi.
Eslatma. O‘yinda to‘rt nafargacha o‘yinchi o‘ynashi mumkin. Unda bir nechta komanda tuzilib, har bir komandadan ikki nafardan g‘oliblar aniqlanadi, ulardan yana komandalar tuzib, eng oxirida ikkita o‘yinchidan bittasi chempion bo‘lishi mumkin. Birinchi turda g‘olib chiqqanlardan tuzilgan komandalarga o‘rtacha murakkablikdagi, ikkinchi tur qatnashchilariga murakkabroq va final qatnashchilariga yanada murakkabroq detallarni tanlash tavsiya etiladi. Yuqorida keltirilgan domino o`yini jadvaliga asosan Tayyorlanadigan 49ta “tosh” quyida berilgan. Bu yerdagi raqamlar o`yindan oldin olib tashlanadi.